1. Fanning maqsadi va vazifasi. Dunyo siyosiy kartasining shakllanishi


Dunyoda ingliz tilida so’zlashuvchi davlatlar geografiyasi



Download 65,81 Kb.
bet7/7
Sana01.01.2022
Hajmi65,81 Kb.
#294792
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
33047 1-мауза

4. Dunyoda ingliz tilida so’zlashuvchi davlatlar geografiyasi.
Buyuk Britaniya, Amerika Qo’shma SHtatlari, Kanada, Avstraliya, Hindiston, Yangi Zellandiya, Janubiy Afrika Respublikasi.

Ishchi rejaga muvafiq keyingi mavzularda ushbu mamlakatlarning tabiiy sharoiti va foydala qazilmalari, ma’muriy-hududiy bo’linishi, ta’lim tizimi, aholisi, urf-odatlari va bayramlari, sanoat tarmoqlari, transport geografiyasi hamda tashqi iqtisodiy aloqalarini kengroq o’rganishni belgilangan.


2. Ingliz tilida so’zlashuvchi jahon mamlakatlariga qiyosiy ta’rif.

Qo’yidagi jahon mamlakatlari (43 tasi)da ingliz tili davlat tili sifatida (26 tasida ba’zilarida ikkinchi asosiy til sifatida) o’rganiladi.


Davlat Tili (Ingliz)

Inliz tili va boshqa qo’sh. tillar

  1. Avstraliya

Bangladesh

  1. Amerika Qo’shma SHtatlari

Bruney

  1. Antigua va Barbuda

Vanuatu

  1. Angliya

Gonkong

  1. Bagam orollari

Janubiy Afrika Respublikasi

  1. Barbados

Irlandiya

  1. Beliz

Kamerun

  1. Bermud orollari (BB)

Kanada

  1. Botsvana

Keniya

  1. Buyuk Britaniya

Lesoto

  1. Virgin orollari (AQSH)

Malavi

  1. Virgin orollari (Buyuk Britaniya)

Namibiya

  1. Gayana

Nauru

  1. Gambiya

Panama

  1. Gana

Papua-Yangi Gvineya

  1. Gibraltar (BB)

Pokiston

  1. Grenada

Puerto-Riko

  1. Guam (AQSH)

Ruanda

  1. Dominika

Svazilend

  1. Zambiya

Seyshel orollari

  1. Zimbabve

Singapur

  1. Kayman orollari (BB)

Tanzaniya

  1. Kiribati

Tongo

  1. Liberiya

Tuvalu

  1. Mavrikiy

G’arbiy Samoa

  1. Marshall orollari

Hindiston

  1. Mikroneziya




  1. Montserrat (BB)




  1. Muqaddas Yelena orollari (BB)




  1. Nigeriya




  1. Palau




  1. Sent-Vinsent va Grenadin




  1. Sent-Kits va Nevis




  1. Sent-Lyusiya




  1. Solomon orollari




  1. Serra-Leone




  1. Terks va Kaykos orollari




  1. Trinidad va Tobago




  1. Uganda




  1. Fidji




  1. Folklend orollari




  1. Yamayka




  1. Yangi Zellandiya





1. Bagama orollari. Bagama orollari Hamdo’stligi — Markaziy Amerikadagi davlat. Karib dengizida, Florida yarim orolining janubi-sharqidagi 700 oroldan iborat. Bagama arxipelagida joylashgan. Maydoni 13,9 ming kv.km.. Aholisi 300 ming kishi. Aholining o’rtacha zichligi 1 km.kv.ga 16 kishi. Ularning 80% negrlar va duragaylar. Aholining 58% shaharlarda yashaydi. Mamlakat poytaxti  Nassau shahri. Rasmiy tili — ingliz tili. Dindorlarning aksariyati protetsantlar.

2. Bermud orollari. Rasmiy nomi — Bermud orollari (Buyuk Britaniya mulki). Poytaxti - Gamilton. Hudu­di — 58,8 kv.km.. Aholisi – 100 ming.kishidan ortiq (2012). Davlat tili — ingliz. Dini -xristianlik. Pul birligi -Bermud dollari.

 Orollar Atlantika okeanining shimoli g’arbiy qismida joylash­gan, 360 lar atrofidagi orollar va qoyalardan iborat, ular­dan 20 tasida odam yashamaydi. 10 ta orol o’zaro ko’priklar bilan birlashib asosiy orol — Meyn-Aylendni tashkil etadi. Iqlimi — tropik, issiq.  Davlat tuzilishi — Buyuk Britaniya mulki. Davlat boshlig’i — Buyuk Britaniya qirolichasi tomonidan tayinlanadigan gubernator. Ma’muriy-hududiy jihatdan 9 okrug va 2 munitsipalitetga bo’linadi.

Tarixi. Orollar 1522-yilda ispan dengiz sayyohi X. Bermudes tomonidan kashf etilgan. 1609-yilda orollarga inglizlar kelib joylasha boshladi. 1684-yilda bu hududlar Angliya mustamlakasiga aylandi. 1968-yilda orollarga ichki o’z-o’zini boshqarish huquqi berildi. 1989-yilda Britaniya hukumati Bermud orollariga Mustaqillik berish talabini rad etdi. 1995-yil avgust oyida o’tkazilgan referendumda aholining ko’pchilik qismi qaram hudud maqomini saqlab qolish uchun ovoz berdi.

3. Grenada. Rasmiy nomi — Grenada. Poytaxti — Sent- Jorjes. Hududi — 344 kv.kv.. Aholisi – 100 mingdan ortiq kishi (2012). Davlat tili — ingliz. Dini — katolik va protetsantlik. Pul birligi — sharqiy karib dollari.  Karib dengizi havzasida joylashgan davlat. Mamlakat hududi Grenada oroli, Janubiy Grenadin arxipelagi bir nechta orollari va Kichik Antil orollaridan tashkil topgan. Bu orollarning barchasi vulqonli orollar bo’lganligi uchun kichik-kichik tog’liklardan iborat. Eng baland nuqtasi Sent-Katerin tog’i (840 m).

 Davlat tuzumi — konstitutsion monarxiya. Britan hamdo’stligi a’zosi. Grenada 1974-yil 7-fevralda Buyuk Britaniyadan Mustaqillikka erishgan. Davlat boshlig’i Britaniya tomonidan tayinlanadigan general-gubemator.

 Tarixi. Grenada oroli ispanlar (X. Kolumb) tomonidan 1498-yil kashf qilingan. 1650-yil Frantsiya mustamlakasiga aylantirilgan. 1762-yil Buyuk Britaniya Grenadani o’z mulkiga aylantirdi. 1967-yildan Britan hamdo’stligi a’zosi. 1974-yil 7-fevralda Mustaqilligini e’lon qilgan.

4. Zambiya. Zambiya Respublikasi — Markaziy Afrikadagi davlat. Maydoni 752,614 kv.km.. Aholisi 14,222,233 kishi (2013). Poytaxti — Lusaka shahri. Davlat tili ingliz. Ma’muriy jihatdan 9 viloyat (provinsiya)ga bo’linadi. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo’stlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiya 1996-yilda qabul qilingan. Davlat boshligi — prezident. U umumiy va to’g’ri ovoz berish yo’li bilan 5 yil muddatga saylanadi. Aholisining 99% bantu oilasining turli guruhiga mansub afrikaliklar; asosiylari bemba, tonga, lozi, lunda, malavi va boshqa Yevropaliklarning aksariyati ingliz va afrikanerlar. Rasmiy til — ingliz tili. Aholisining 80%i xristianlar bo’lib, ularning ko’plari mahalliy an’anaviy dinlarga ham e’tiqod qiladi. SHahar aholisi 42%. Eng baland joyi — Muchinga tog’idagi Mumpu cho’qqisi (1893 m).

Yirik daryolari: Zambezi va uning irmoqlari — Kafue va Luangva. Daryolari serotsona bo’lganidan kemalar daryolarning ba’zi joylaridagina qatnaydi. Zambezi daryosida Viktoriya sharsharasi bor. Eng yirik ko’li — Bangveulu; Tanganika ko’lining janubiy, Mveru ko’lining sharqiy qismi ham Zambiya hududida.



5. Zimbabve. Zimbabve Respublikasi — Afrika janubidagi davlat.  Maydoni 390,76 ming kv.km.. Aholisi 13 mln. kishi. Davlat tili ingliz. Poytaxti  Harare shahri. Ma’muriy jihatdan 8 viloyat (provintsiya)ga bo’linadi. Avvalgi nomi — Janubiy Rodeziya. Britaniya Hamdo’stligi tarkibiga kiradi. 1980 yilda mamlakat Mustaqillikka erishgach, Zimbabve Respublikasi deb ataladi. Amaldagi konstitutsiyasi 1980 yilda qabul qilingan. Davlat boshlig’i — prezident.

6. Gonkong Xitoydagi  shahar-mamlakat. Gonkong (Hongkong) — Syangan hududining inglizcha nomi. Gonkong - Syangan — Xitoy tarkibidagi mahsus ma’muriy rayon. Mamlakatning janubi-sharqiy qismida, Janubiy Xitoy dengizi sohilida. Syangan oroli, Szyulun yarim oroli, shuningdek, yakin atrofidagi 235 ta orolni o’z ichiga oladi. Maydoni 2905 kv.km., shundan qurukdik qismi 1095 kv.km., qolgan qismi dengiz akvatoriyasi. Davlat tili ingliz. Ma’muriy markazi — Syangan shahri. Aholisi 7,5 mln. kishi. Asosan, xitoylar (98%), shuningdek, tibetmyanmalar, hind, inglizlar va portugallar ham yashaydi. Aholi buddizm, daosizm, konfutsiylik, islom, hinduizm, xristian dinlariga e’tiqod qiladi. Rasmiy tili — xitoy va ingliz tili.

Gonkongning o’z boshqaruv organlari bo’lib, ular tashki siyosiy faoliyat va mudofaadan tashqari barcha sohalarni Mustaqil ravishda boshqaradilar. Gonkongda siyosiy demokratiyaga amal qilinadi. Gonkongning boshqaruv organlari — ma’muriyat boshlig’i, xukumatdan iborat. SHuningdek, Ma’muriy majlis, qonun chiqaruvchi majlis va Sud faoliyat ko’rsatadi. Ma’muriyat boshlig’i mahalliy aholi orasidan saylov yoki konsulьtatsiya yo’li bilan 5 yilga saylanadi. Pul birligi erkin konvertatsiya qilinadigan — Gonkong-syangan dollari.



7. Irlandiya. Irlandiya — G’arbiy Yevropada, Irlandiya orolida joylashgan davlat. Maydoni 70,3 ming kv.km.. Aholisi 4,2 mln. kishi. Davlat tili irland va ingliz. Ma’muriy jihatdan 26 graflikka bo’linadi, ular 4 tarixiy viloyat (provintsiya)ga birlashadi. Poytaxti — Dublin shahri. Irlandiya — respublika. 1937 yil 29 dekabrda qabul qilingan konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshlig’i — prezident .

8. Namibiya. Namibiya Respublikasi — Afrikaning janubi-g’arbiy qismida joylashgan davlat. Maydoni 825,4 ming kv.km.. Aholisi 2,5 mln. kishi. Poytaxti — Vindxuk shahri. Davlat tili ingliz, nemis, afrikans, bantu. Ma’muriy jihatdan 13 tuman (distritsiya)ga bo’linadi.

Namibiyaning amaldagi konstitutsiyasi 1990 yil 9 fevralda qabul qilingan. Davlat boshlig’i — prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — ikki palatali parlament (Milliy assambleya va Milliy kengash.



9. Panama. Panama Respublikasi — Markaziy Amerikaning Panama bo’ynida joylashgan davlat. SHimoldan Karib dengizi, janubdan Tinch okean o’rab turadi. Maydoni 78,2 ming kv.km.. Aholisi 3,3 mln. kishi. Poytaxti — Panama shahri. Davlat tili ispan va ingliz tili. Ma’muriy jihatdan 9 viloyat (provintsiaya) va 5 muhtor indeys rezervatsiyasiga bo’linadi. Panamaning amaldagi konstitutsiyasi 1972 yilda qabul qilingan. Davlat boshlig’i — prezident. Qanun chiqaruvchi hokimiyatni Qonun chiqaruvchi assambleya (bir palatali parlament), ijrochi hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.

10. Papua- Yangi Gvineya. Papua - Yangi Gvineya Respublikasi. Davlati  poytaxti — Port Morsbi shahri.  Okeaniyada, Tinch okeanning janubi-g’arbiy qismida joylashgan davlat. G’arbda Indoneziya bilan chegaradosh, qolgan qismi dengizlar bilan o’ralgan. Papua – Yangi Gvineya tarkibiga Yangi Gvineya orolining sharqiy qismi va unga yondosh 200 ga yaqin katta-kichik orollar kiradi. Umumiy maydoni 462,8 ming kv.km.. Aholisi 5,3 mln. kishi. Rasmiy tili — ingliz tili. Ma’muriy jihatdan 20 viloyat (provintsiya)ga bo’linadi. Papua – Yangi Gvineya - parlamentli monarxiya, Buyuk Britaniya Hamdo’stligi tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1975 yili 16 sentyabrda qabul qilingan. Davlat boshlig’i — Buyuk Britaniya qiroli (qirolichasi); hukumatning takdimiga binoan va parlamentning qaroriga muvofiq tayinlanadigan general-gubernator uning nomidan ish ko’radi. qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali Milliy parlament, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi Milliy ijroiya kengash (hukumat) amalga oshiradi.

Aholisining aksariyati papuaslar, melanezlar, shuningdek, yevropaliklar, asosan, ingliz-avstraliyaliklardan iborat. Ko’pchilik dindorlari — xristianlar, qolganlari mahalliy an’anavii dinlarga e’tiqod qiladi, ammo aholining ko’pchiligi papuas tillarida, melanezlar malay-polinez tilida so’zlashadi, guruhlararo muomalada motu tilidan foydalaniladi. Aholining ko’p qismi qishloq joylarda, borish qiyin bo’lgan olis qishloklarda yashaydi. SHu sababli mamlakatda urf-odat va tillar juda ko’p (700 dan ortiq). qishloq joylarda an’anavii turmush tarzi saqlanib qolgan.



11. Pokiston. Pokiston Islom Respublikasi — Osiyo janubidagi davlat. Maydoni  803,9 ming kv.km.. Aholisi 193,238,868 kishi (2013). Poytaxti — Islomobod shahri. Davlat tili urdu va ingliz. Ma’muriy jihatdan 4 provintsiya, federal poytaxt hududi va federal hukumat tomonidan boshqariladigan qabilalar hududiga bo’lingan. Pokiston — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo’stlik tarkibiga kiruvchi islom respublikasi. Amaldagi konstitutsiyasi 1973-yil qabul qilingan.  Davlat boshlig’i — prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (Senat va Milliy assambleya), ijrochi hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Bosh vazirni prezident tayinlaydi. Pokiston hududining shimoliy va shimoli-g’arbiy qismini, asosan, tog’lar va qirlar egallagan, sharqiy va janubi-sharqiy qismi esa Hind tekisligi (Hindgang tekisligining bir qismi)dan iborat. Hind daryosi havzasining tekislik qismida Panjob va Sind tabiiy, tarixiy-madaniy viloyatlari bor. Mamlakat hududining katta qismini Hindukush, Himolay va Eron tog’ tizmalari egallagan (eng baland joyi Tirichmir cho’qqisi, 7690 m). Hind vodiysiga yaqinlashgan sayin tog’ tizmalari pasayib boradi va tog’lararo yirik havzalar — Ko’hat, Bannu, Peshovar vodiysiga aylanadi. Hindukush va Himolay tog’larida muzliklar bor. Pokistonning sharqiy pasttekislik qismi Hindiston platformasining shimoli-g’arbiy chekkasida va tog’liq qismi O’rta dengiz burmali mintaqasida joylashgan.

12. Puerto-Riko. Puerto-Riko AQSH mustamlakasi bo’lib, Karib dengizidagi arxipelagdir. Puerto-Riko Hamdo’stligi Vest-Indiyada Katta Antil orollari arxipelagining sharqiy qismidagi Puerto-Riko, Vekes, Kulebra va Mona orollarida joylashgan AQSH mulki. Maydoni 8,9 ming kv.km.. Aholisi 4,2 mln. kishi. Davlat tili ispan, ingliz. Ma’muriy jihatdan 78 munitsipal okrug (ditsritsiya)ga bo’linadi. Ma’muriy markazi — San-Xuan shahri. Puerto-Riko AQSHga "erkin qo’shilgan" davlat maqomiga ega. Amaldagi konstitutsiyasi 1952 yil 3 iyulda qabul qilingan. Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyat AKSH kongressiga tegishli. Puertorikanlar rasman AQSH fuqarolari hisoblanadi, ammo AQSH prezi-denti saylovida katnashmaydi. Muxtoriyat doirasidagi qonun chiqaruvchi hokimiyatni gubernator amalga oshiradi.

13. Singapur.  Singapur Respublikasi — Janubi- sharqiy Osiyodagi davlat. Singapur oroli va unga tutash mayda orollar hamda Malakka yarim orolning janubiy chekkasida joylashgan. Maydoni 640 kv.km.. Aholisi 4,5 mln. kishi. Davlat tili ingliz, xitoy, malay, tamil. Poytaxti — Singapur shahri. Singapur Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo’stlik tarkibiga kiruvchi respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1963 yil kabul qilingan. Davlat boshlig’i — prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Singapur oroli Johor bo’g’ozi orqali Malakka yarim orolidan, Malakka va Singapur bo’g’ozlari orqali Indoneziya orollaridan ajralib turadi. Sohillari pasttekislik, bir oz botqoqlashgan, janubi-g’arbiy sohillarida marjon riflari bor. Relьefi tekislik (balandligi 176 metrgacha). Iklimi ekvatorial, mussonli. O’rtacha havo harorati yanvarda 26°, iyulda 27°. Yillik yog’in 2500 mm. Katta daryosi — Singapur. Ichimlik suv yetishmaydi, u Malayziyadan keltiriladi. Aholisining ko’pchiligi xitoylar (76%). Malayyalar (14%), Hindiston, Bangladesh, Pokiston, SHri Lankadan kelganlar (7%), yevropaliklar va boshqalar yashaydi. Rasmiy tillar — xitoy, ingliz, malayya, tamil tillari. Dindorlari buddaviylik. konfutsiylik, islom, hinduiylik, xristian dinlariga e’tiqod qiladi.
14. Nigeriya. Nigeriya Federativ Respublikasi— G’arbiy Afrikada Gvineya qo’ltig’i sohilida joylashgan davlat. Maydoni 923,8 ming kv.km.. Aholisi 129,93 mln. kishi. Poytaxti — Abuja shahri. Davlat tili ingliz. Ma’muriy jihatdan 36 shtat va poytaxt okrugiga bo’linadi. Nigeriya — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1999 yil 29 mayda qabul qilingan. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo’stlikka. a’zo. Davlat boshlig’i prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy assambleya (ikki palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.

15. Yamayka. Yamayka — Vest-Indiyadagi davlat. Yamayka orol va unga yondosh bir necha mayda orollarda joylashgan. Maydoni 11,5 ming kv.km.. Aholisi 3 mln. kishi. Poytaxti — Kingston shahri. Davlat tili ingliz. Ma’muriy jihatdan 3 graflikka bo’lingan. Yamayka — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo’stlik tarkibiga kiruvchi Mustaqil davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1962 yilda qabul qilingan. Davlat boshlig’i — Buyuk Britaniya qirolichasi, uning nomidan davlatni general-gubernator boshqaradi. qirolicha general-gubernatorni mamlakat bosh vaziri tavsiyasi bilan tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (senat va vakillar palatasi), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

DISCUSSION AND STUDY QUESTIONS


  1. What is the planet’s current human population?

  2. What happens when overpopulation occurs? Do we know the earth’s carrying capacity?

  3. Where are the earth’s three main high-density population regions?

  4. Outline the four basic shapes of population pyramids. What do they indicate?

  5. What is the difference between culture and ethnicity?

  6. Approximately how many languages are there in the world? Which continent has the most?

  7. What are the five most widely spoken languages in the world? Where would each be mainly spoken?

  8. What are the four major world religions by percentage of followers?



Muohaza uchun savollar.

1.Yer sayorasi aholisi haqida nima bilasiz?

2.Aholini bir joydan ikkinchi joyga ko`chishi oqibatlari?

3.Yer yuzasining qaysi qismi aholisi zich bo`lgan uch mintaqa hisoblanadi?

4. Aholi to`rt asosiy piramidasi haqida ma`lumot bering.

5. Madaniy va etnik tarkibi farqlari nimalardan iborat?

6. Dunyoda taxminan nechta til bor? Qaysi qit`ada ko`p?

7. Eng ko`p tarqalgan besh tilga qaysilari kiradi? Qaysi mamlakatlarda bu til asosiy til hisoblanadi?

8. Asosiy yirik dinlar ?




Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


  1. Maxкамова Г.T. Koнцепция формирования межкультурной компетенции студентов факультета английского языка T. Фан, 2010

  2. Baxritdinov B.A. Jahon ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi. T.: 2008. (91-106 betlar)

Qo`shimcha adabiyotlar:


  1. World Regional Geography People, Places and Globalization.

Royal Berglee, Morehead State University 2012 (15, 18-19- bet)


        1. 2. Mamadaliev R. Dunyo mamlakatlari T.: “Muxarrir nashriyoti” 2012 (3,22,75,205,242,391,413-betlar)

Elektron ta’lim resurslari

www.ziyonet.uz

www.nuu.uz

www.connect.uz

www.gov.uz






1 World Regional Geography People, Places and Globalization. Royal Berglee, Morehead State University 2012 (19- bet).

11 World Regional Geography People, Places and Globalization. Royal Berglee, Morehead State University 2012 (15- bet).

Download 65,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish