1.Fanning maqsadi va vazifalari.
O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim turlarida mamlakatshunoslik fanini o’qitishdan maqsad ta’lim oluvchilarni madaniyatli dunyoda maishiy, ilmiy va kasbiy sohalarda faoliyat yuritishi uchun kommunikativ kompetentsiyani shakllantirishdan iborat.
Kommunikativ kompetentsiya ishtirokchilarning o’zlari tomonidan qo’yilgan aniq maqsadlarga qaratilgan nutq faoliyatini shakllantirishga imkon beradigan bilim, ko’nikma va malaka shaxsiy fazilatlar yig’indisini ifodalaydi.
Kommunikativ kompetentsiya talabalarning tilni o’rganilayotgan mamlakat madaniyati bilan tanishish, o’z mamlakati madaniyatini yanada yaxshiroq anglashi, uni muloqot jarayonida ko’rsata olishini nazarda tutadi.
Mamlakatshunoslik fanini talabalar o’rganish jarayonida maqsaddan kelib chiqib ingliz tilida so’zlashayotgan mamlakatlarning jahon hamjamiyatdagi mavqei, u mamlakatning tabiiy sharoiti va foydala qazilmalari, ma’muriy-hududiy bo’linishi, ta’lim tizimi, aholisi, urf-odatlari va bayramlari, sanoat tarmoqlari, transport geografiyasi hamda tashqi iqtisodiy aloqalarini kengroq o’rganishni asosiy vazifa etib, bu sohadagi ma’lumotlari kengayib borib o’z bilim, tushuncha va kunikmasiga ega bo’lishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |