11.Mavzu: Kabel muftalarining turlari va qo‘llanilishi
Reja:
Kabellarning qo‘rg‘oshin muftalarida tutashtirish
Qo’rg’oshin muftalarni montaj qilish
6,10 kV va undan yuqori kuchlanishli kabellarni ulash uchun qo‘rg‘oshin muftalardan foydalaniladi. Ular montaj jarayonida tegishli diametrli qo‘rg‘oshin trubalardan, ularga tegishlicha ishlov berib, tayyorlanadi. Qo‘rg‘oshin muftalar harflar va raqamlar bilan belgilanadi. SS harflari qo‘rg‘oshinli ulaydigan (“soedinitelnqe svinsovqe”) hamda 60, 70, 80, 90, 100 va 110 sonlar mufta diametriga mo‘ljallab hisoblangan diametrini ko‘rsatadi. Muftalar olti xil tip o‘lchamda (SS–60, SS–70, SS–80 va va h.k.) bo‘ladi. Muftaning tip o‘lchami bilan shu muftada ma’lum kuchlanishga ega bo‘lgan kabel tomirlarining kesimi diapazoni ham aniqlanadi. Qo‘rg‘oshin muftada montaj qilinadigan kabellarning uchlariga ishlov beorish va ularning tok o‘tkazuvchi tomirlarini ulash operatsiyalari prinsip jihatidan kabellarni cho‘yan muftalarda montaj qilish da bajariladigan operatsiyalaridan farq qilmaydi. Tomirlarga ishlov berilgandan va ular ulangandan so‘ng qo‘rg‘oshin muftani montaj qilish davom ettiriladi. Ishlov berilayotgan qismdan qog‘oz izolyasiyasi poona tarzida toshlar osilgan po‘lat ip (6.20–rasm, a) yordamida 16 mm uzunlikda (6 kV li kabellar uchun) va 24 mm uzunlikda (10 kV li kabellar uchun) qirqib olinadi.
Birikmalar roliklar va rulonlardan olinadigan eni quyidagicha bo‘lgan, tarkib shimdirilgan qog‘oz–lentalar bilan izolyasiyalanadi: 5 mm–gilza bilan poona tarzidagi zavod izolyasiyasi orasida; 10 mm–gilzaning ustidan zavod izolyasiyasining ustki qismigacha va tutashadigan joydan hamda zavod izolyasiyasining ustki qismigacha qo‘shimcha 6–7 qatlam (6.20–rasm, b). 50 mm–tutashmaning hamma qismida. Alohida izolyasiyalangan tomirlar yaqinlashtiriladi va eni 50 yoki 100 mm li rulondan echib olingan qog‘oz bandaj bilan mahkam o‘rab qo‘yildi. Bandaj ikki joyidan paxta ip bilan bog‘lab qo‘yiladi. Kabelning bolbo izolyasiyasi ustidagi halqasimon kamari olib tashlanadi, so‘ng har bir kabelning qobig‘i ochiladi (6.20–rasm, v) va mufta bilan tutashtirish uchun elektr maydoni kuchlanganligining kabel izolyasiyasining diametridan mufta izolyasiyasi diametriga bir tekisda o‘tishi uchun, egov bilan egovlanadi. Tomirlar izolyasiyasini olib ishlov berishda, tomirlarga qog‘oz izolyasiyasini o‘rashda va kabellarning qobig‘ini ochishda tutashadigan barcha qismlar 130S gacha qizdirilgan MP–1 kabel mastikasi bilan 1–2 marta kuydiriladi (part qilinadi, ularga namlikni, iflosliklarni va metall qoldiqlarini, shuningdek nobud bo‘lgan shimdirilgan kabel mastikasini o‘rnini to‘ldirish va shunday qilib kabelning izolyasiyasini tiklash uchun. Sferik shakl berish uchun yog‘och valik bilan trubaning oldin bir uchini keyin boshqa uchi ishqalanadi (6.20–rasm, g). Bunda hosil bo‘lgan muftaning uchlari butun aylanasi bo‘yicha ulanadigan kabellarning ochilgan qobiqlari chetiga tegib turishi kerak. Mufta kabel qobiqlariga (6.20–rasm, d) kavsharlab biriktiriladi, bunda kavsharlash vaqti 2–3 minutdan oshmasligi lozim. Mufta tomonlari 25–30 mm li teng tomonli uchburchak ko‘rinishdagi ikkita quyish teshigi ochiladi (6.20–rasm, e) va hosil bo‘lgan tilchalar vaqtincha muftaning korpusiga egib qo‘yiladi. Mufta kavsharlash lampasini harakatlantirib turib 40–50S gacha qizdiriladi va unga (quyish teshigiga qo‘yilgan voronka orqali) 170–180S gacha qizdirilgan MB kabel mastikasi qo‘yiladi. Kabel mastikasi bir teshikdan qo‘ya boshlanadi va boshqa teshikdan mastika bilan birga havo pufakchalari va ko‘pik chiqishi to‘xtaganda to‘xtatiladi. Sovigandan va mufta mastika cho‘kkandan keyin ikkala teshikdan mufta to‘lguncha yana mastika qo‘yiladi. Keyin muftada ochilgan tilchalar qayirib to‘g‘rilanadi, shu asosda quyish teshiklari yopiladi va kavsharlab quyiladi. To‘la montaj qilingan muftani egiluvchan sim sim bo‘lagi bilan erga ulanadi. Sim bo‘lagi ikkala kabelning qobiqlariga va zirh qoplamalariga, shuningdek muftaning korpusiga kavsharlab qo‘yilgan yoki sim bandajlar bilan bog‘lab qo‘yilgan. Erda yoki kabel inshootida o‘rnatiladigan qo‘rg‘oshin muftani mexanik shikastlanishlardan saqlash uchun K z CH tipidagi germetiklanmagan cho‘yan kojuxga yoki K z S tipidagi oyna–plastik kojuxga joylashtiriladi. Qo‘rg‘oshin muftalar erda, er osti suvlari darajasidan rastda, lekin erning muzlash darajasidan yuqorida joylashganda ularni maxsus germetiklaydigan mastika bilan to‘ldiriladigan K z CHG tipidagi cho‘yan kojuxlar bilan himoyalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |