1. Fanning maqsad va vazifalari. Biotexnologiya fani rivojlanish tarixi



Download 100,1 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana02.09.2022
Hajmi100,1 Kb.
#848039
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Mavzu

Biotexnologiyaning ob`ektlari
mikroorganizmlar, hayvon va o`simlik hujayralari, transgen
hayvon va o`simliklar, hamda hujayralardagi ko`p komponentli ferment sistemalari va alohida
fermentlardir.
Ko`pgina zamonaviy biotexnologik ishlab chiqarishning asosi 
mikrobli sintez,
ya`ni turli biologik
aktiv moddalarni mikroorganizmlar yordamida sintezlash hisoblanadi. Bir qancha sabablarga ko`ra
o`simlik va hayvon ob`ektlaridan keng qo`llanilmaydi. 
Ob`ektning tabiatidan qat`iy nazar, istalgan biotexnologik jarayonning 1-bosqichi organizmlar
(mikroblar bo`lsa), hujayra yoki to`qimalarning (o`simlik yoki hayvonlar bo`lsa) toza kul`turasini olish
hisoblanadi. Mikrob hujayralari kul`turasi, o`simlik va hayvon to`qimalari kul`turalari metodik nuqtai
nazardan mikroorganizm kul`turalaridan farq qilmaydi.
Hozirda mikroorganizmlarning 100 000 ortiq turiga tavsif berilgan. Bular prokariotlar (bakteriyalar,
aktinomitsetlar, rikketsiyalar, tsianobakteriyalar) va eukariotlarning bir qismi (achitqilar, ipsimon
qo`ziqorinlar, ayrim suvo`tlari)dir. Mikroorganizmlar turli-tuman bo`lishiga qaramay, qaysi mahsulot
olinishi kerakligiga qarab ularni to`g`ri tanlay bilish kerak. Eng ko`p va chuqur o`rganilgan
mikroorganizmlar - ichak tayoqchasi
(E. Soli),
pichan tayoqchasi
(Bac. Subtilis)
va
xamirturushlar 
(S.cerevisiae)
dir.
Biotexnologik ob`ektni tanlashda (masalan, mikroorganizm-produtsent) yaxlit mahsulotni sintezlash
xususiyati asosiy mezon sanaladi. Bunda mikroorganizmlar quyidagi xususiyatlarga ega bo`lishi kerak:

Tez o`sish sur`atiga ega;

O`zining hayot faoliyati uchun arzon substratlarni sarflashi;

Tashqi mikrofloraga nisbatan chidamli, ya`ni raqobatbardosh bo`lishi.
Bularning barchasi yaxlit mahsulot olishga ketadigan sarf-harajatlarni kamaytiradi. Tabiatda
barcha talablarga javob beradigan organizmlar uchramaydi. Masalan:
1. Bir hujayrali organizmlar yuqori organizmlarga nisbatan tez o`sadi va ularda sintetik jarayonlar
tez ketadi. Lekin bu barcha mikroorganizmlarga tegishli emas. Masalan, oligotroflar juda sekin
o`sishiga qaramay, ko`plab qimmatli mahsulotlarni olish uchun qulay.
2. Hayoti faoliyati davomida quyosh nuri energiyasidan foydalanuvchi fotosintezlovchi
mikroorganizmlar. Ularning bir qismi (tsianobakteriyalar va fotosintezlovchi eukariotlar)
uglerod manbai sifatida SO
2
ni sarflaydi, tsianobakteriyalarning ayrimlari esa atmosfera azotini
yutadi. Fotosintezlovchi mikroorganizmlar ammiak, vodorod, oqsil va bir qancha organik
birikmalar uchun produtsent hisoblanadi. Lekin ularning genetik tuzilishi va hayot faoliyatining
molekulyar-biologik mexanizmlari yaxshi o`rganilmagan.
3. 60-80
0
S da o`sadigan termofil mikroorganizmlarning xususiyati tashqi mikroflorani o`sishiga
to`sqinlik qiladi. Bular spirtlar, aminokislotalar, fermentlar, molekulyar vodorodning produtsenti
hisoblanadi.


Termofillar sintezlaydigan fermentlar issiqlik, ayrim oksidlovchilar, detergentlar, organik
erituvchilar va boshqa noqulay omillarga nisbatan ancha chidamli hisoblanadi. Oddiy temperaturada esa
ular ham faol. Masalan, ayrim termofil mikroorganizmlardan olinadigan proteazalar 75
0
S dagiga nisbatan
20
0
S da 100 marta kam faoldir. Uning bu xususiyati ayrim ishlab chiqarish sanoatida muhim ahamiyatga
ega. Masalan, 
Thermus aquaticus
– termofil bakteriyasining Taq-polimeraza fermenti gen injeneriyasida
keng ishlatiladi.

Download 100,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish