4-§. Falsafada milliylik va umuminsoniylik.
Falsafada milliy va umuminsoniy jihatlar о‘zaro uyg‘un tarzda mavjuddir. Bu uyg‘unlik falsafa tarkibiga kirgan masalalarda milliy va umuminsoniy jihatlarning uzviy bog‘liqligi bilan izohlanadi. Jumladan, axloq, san’at, din singari ijtimoiy hodisalarda ham milliy, ham umuminsoniy jihatlar mavjud bо‘lib, ularning mutanosibligi falsafada milliylik va umuminsoniylik mutanosibligini belgilaydi. Masalan, ma’naviyat falsafasi - har bir xalqning ma’naviyatidagi umuminsoniy ta’moyillari, axloqidagi va ruhiyatidagi umummilliy va umuminsoniy jihatlari adabiyot va san’ati bilan qо‘shilib, falsafiy xususiyatlarini shakllantiradi. Misol uchun, о‘zbek xalqining falsafiy tizimlari tarixan о‘ziga xos xususiyatga ega bо‘lgan. Arastu va neoplatonizm an’analari bu yerda islom an’analari va tabiiy-ilmiy bilimlar rivojining yuksak darajasi bilan qо‘shilib ketgan.
Yoki bо‘lmasa, Afrikadagi falsafa milliy о‘ziga xoslikka ega: Senegalning sobiq prezidenti Leopold Sedar Sengorning negrlar falsafasi “negritoid” va Aleksis Kagamaning bantu-ruanda etnofalsafasi. L.S.Sengor qora kontinent qadriyatlarining о‘ziga xosligini his etish, ichki kechinma va ritmda, guruhiy hissiyot va diologda kо‘radi4. Shuningdek, zamonaviy lotinamerikacha fikrlashning ham milliy va umuminsoniy koloritga ega falsafiy nazariyalari mavjud: “ozodlik falsafasi”, “autentik(haqiqiy) falsafa”, “Lotinamerika mohiyati falsafasi”, “Meksika mohiyati falsafasi” va h. Lotinamerika falsafasi va madaniyatini о‘ziga xosligi tо‘g‘risida meksika faylasufi L.Sea quyidagi xulosani ifodalaydi: “Buni hohlashadimi, yо‘qmi, Amerikamiz odamlari tarix yaratib, о‘z mohiyati ifodasining shunday shaklini bunyod etadilarki, bunaqasi boshqa tarix va odam ifodasidan topilmaydi. Shuning uchun ularning fikrlashi boshqalarnikidan farq qiladi, shuningdek, fikr mazmuni ham farq qilishi kerak. Har bir inson va xalqning paydo bо‘lishi о‘ziga xos bо‘lgani kabi tarix, fikrlash va mazmun ham о‘ziga xosdir”.5
Shu jihatdan, bugungi kunda, tezliklar va yuksak texnologiyalar asrida falsafa kerakmi, u eskirgani yо‘qmi? Uzluksiz axborot oqimi va surunkali vaqt tanqisligi sharoitida muayyan bilim falsafani siqib chiqarmaydimi? Bunday savollar mutlaqo о‘rinlidir, lekin ularga javobni hayotning о‘zi beradi, u hozirgi zamon odami oldiga kо‘p sonli, shu jumladan ilgari hech qachon mavjud bо‘lmagan, butunlay yangi falsafiy muammolarni qо‘yadi.
Jahon hamjamiyati III ming yillikning boshlanishini, biosfera holati va Yerda hayotning davom etishi uchun о‘z javobgarligini tobora teranroq anglagan holda qarshi oldi. Ayni shu sababli insonning barkamol rivojlanishi, odamlar, xalqlar о‘rtasida, shuningdek jamiyat va tabiat о‘rtasida insoniy, yaxshi qо‘shnichilik munosabatlarini о‘rnatish masalalari azaliy falsafiy mavzular bilan bir qatorda falsafiy tadqiqotlarda birinchi о‘ringa chiqmoqda. Shu munosabat bilan faylasuflar avvalo Yer yuzida ta’limning holati va rivojlanish darajasidan qattiq tashvishda ekanliklarini bildirmoqdalar. Kо‘pgina faylasuflar fikriga kо‘ra, hozirgi muammolarning aksariyati zamirida aynan qoniqarsiz ta’lim va lozim darajadagi tarbiyaning yо‘qligi yotadi. Bu muammolarni yechishda falsafa ham о‘z rolini о‘ynashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |