1. Falsafa mavzusi va falsafiy bilimlar mohiyati.
1. Qadimgi davrda falsafa barcha nazariy fikrlarni, manaviy hayotning hamma tomonlarini qamrab oluvchi fikrlar tizimi sifatida Qadimgi Yunoniston va Rimda er.avv. VII-III asrlarda paydo bolgan. Agar falsafa sozining kelib chiqishi (etimologiyasi)ga etibor bersak, falsafa Yunoncha «filio» - sevaman, «sofiya» - donolik sozlaridan olingan bolib, donolik, donishmandlik bilan shugullanish deb qaraladi. SHu manoda Donishmandlikning ozi nima?Qadimgi Yunon faylasufi Diogen (e.o. 400-325) dan donishmand kim? - deb sorashganda, u: «Haqiqiy donishmand xudodir, biz donishmandlikni sevguvchilarmiz» - degan. Demak, donishmandlikni sevguvchilar donolik tafakkuri bilan dunyoni, ozligini anglashga intiluvchilardir. Grek mutafakkiri Geraklit (520-460) shogirtlariga murojaat qilib, “Dostim, sen hali yoshsan, umringni bekor otkazmay desang, falsafani organ, deb uqtiradi.Sokrat (e.o. 470-399 y) oz ozini erga urish tubanlashish, ozligini anglash, ozligini Yuqori tutish esa donishmandlikdir degan.Diogen Laertskiy (eramiz II asri oxiri - III asr boshlari) sozlariga qaraganda, ozini birinchi marta faylasuf deb atagan kishi Yunon mutafakkiri va olimi Pifagordir. Faylasuflarning qanday ekanliklariga tarif berib, u shunday degan: «Hayot oyinga oxshaydi: bazilar unga musobaqalashgani kelsa, ayrimlar savdolashgani, eng baxtlilari esa tomosha qilgani keladilar; hayotda ham xuddi shunday, bazilar qullar kabi shuhrat va boylikka och bolib dunyoga keladi, vaholanki faylasuflar - faqat haqiqat uchun keladi».Bugungi kunda haqiqatni izlash faqat falsafagina taalluqli degan fikrga qoshilib bolmaydi. Faylasuf bolmasdan ham fizika, tibbiyot, badiiy ijodda yoki kundalik hayotda bilim va haqiqatga intilish mumkin. Biroq haqiqatni ongli izlash aynan falsafadan boshlangan.
2. Dunyoqarash va uning tarixiy turlari.
Dunyoqarash - bu insonni orab turgan dunyo va uning unda tutgan orniga nisbatan qarashlar majmuidir. Dunyoqarashning asosiy masalasi - «Men» (subekt dunyosi) va «Men - emas» (subektga nisbatan tashqarida bolgan dunyo) ortasidagi munosabatdir. Dunyoqarash dunyo togrisidagi umumiy goyalar, qarashlar, insonning dunyoda tutgan orni, hayotiy yonalishi, ishonch etiqodi, ideali, bilim tamoyillari, ozi va boshqalarning hayotdagi ornini belgilab olishi, inson mohiyatini, ozligini anglashi haqidagi qarashlar tizimidir.Dunyoqarashning tuzilishi dunyoni sezish, dunyoni idrok etish va dunyoni tushunish kabi eng muhim elementlardan iborat.Dunyoni sezish bu ozini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy idrok etishdir. Bunda tuygular, kayfiyat dunyoni goyoki ranglarga boyaydi, uning obrazini subektiv, sof individual sezgilar orqali aks ettiradi. Masalan, bemor odamga haddan tashqari yorug bolib tuYulishi mumkin bolgan nur, soglom odam uchun normal boladi; daltonik ranglar gammasini, korish qobiliyati normal bolgan odamga qaraganda butunlay boshqacha idrok etadi. Bundan dunyoni sezishning har xil, xususan optimistik, pessimistik, fojeaviy tiplari kelib chiqadi. Dunyoni idrok etish bu atrof borliqni ideal obrazlarda tasavvur qilishdir. Dunyoni idrok etish togri yoki notogri bolishi, yani borliqqa mos kelmasligi mumkin. Bu holda borliq notogri tasavvur qilinadi yoki illYuziyalar, suv parilari, alvastilar, kentavrlar haqidagi tasavvurlarga oxshash fantaziyalar paydo boladi. Dunyoni tushunish insonning va uni qurshagan dunyoning mohiyatini aniqlash, shuningdek tabiatda Yuz beruvchi voqealar va jarayonlarning ozaro aloqalarini tushunishga qaratilgan aqliy-bilish faoliyatidir. Har qanday dunyoqarash tarkibiga: bilim, baholash, etiqod va aqidalar kiradi. Dunyoqarash turli shaklda mavjud bolishi mumkin: kundalik, mifologik, diniy, badiiy, falsafiy va ilmiy tusdagi tasavvurlar. Dunyoqarash shaxsiy ong va ijtimoiy ong dalili tarzida bolishi mumkin. Masalan, afsonaviy dunyoqarash togrisida gapirganda biz muayyan shaxsning olam togrisidagi tasavvurlari emas, balki qadimgi zamon jamoasi tasavvurlari haqida fikr Yuritamiz. yohud biz xristianlar, musulmonlar, buddaviylar va boshqa diniy guruhlar dunyoqarashi togrisida gapiramiz. SHu bois dunyoqarash shaxs, ijtimoiy guruh (diniy, milliy, yoshga oid, jinsiy, kasbiy va b.), davlat, davlatdan tashqari tuzilmalar dunyoqarashi sifatida ham bolishi mumkin. Tarixiy taraqqiyot turlari jihatidan: 1) afsonaviy (mifologik), 2) diniy, 3) falsafiy qarashlardan va 4) fandan iborat.1) Mifologiya (Yunoncha metos naql, rivoyat logos fikr talimot degani) - ibtidoiy ongda voqelikning xayoliy inikosidir. Mifologik dunyoqarashda olamning kelib chiqishi, tuzilishi, tabiat va jamiyatning turli hodisa va voqealarini umumlashtirib hayoliy shakllarda tasvirlanishidir. Mifologiya tabiat va ijtimoiy turmushning shunday shaklini ozida xalq xayolan gayritabiiy ongsizlarcha badiiy qayta ishlab chiqqan. Masalan: Gomerning «Iliada», hind eposi «Romayana», ozbek xalq eposi «Alpomish» va boshqalar. Bulardan xalqning otmishdagi ijtimoiy iqtisodiy va manaviy hayoti, madaniyati, urf-odatlari, ananalari, ahloqiy, diniy, siyosiy qarashlari va tasavvurlari oz ifodasini topgan. Bu rivoyat va afsonalarda ijtimoiy ong shakllari tola shakllanmagan vaqtda ularning elementlari haqidagi tasavvurlari shaklida oz ifodasini topgan. Mifologik dunyoqarash, birinchidan, muayyan xalqning yoki jamoaning qarashlari, ikkinchidan, unda jamiyatning malum manaviy madaniy qadriyatlari mujassamlashgan. Uchinchidan, unda tabiat va jamiyat bir butun borliqning umumiy birligi, aloqadorligining dastlabki manzarasi oz ifodasini topgan. Mifologiyaga shu narsa xoski, unda hamma narsa bir, yaxlit, ajralmasdir; tabiat narsalari va hodisalari inson bilan ayni bir qonunlarga muvofiq yashaydi, inson bilan bir xil sezgilar, istaklar, mayllarga ega boladi. 2) Diniy dunyoqarash. Dunyoqarashning tarixan ikkinchi shakli dindir. Din sozi arabchadan tarjimada etiqod, ishonch, ishonmoq degan manolarni anglatadi. Mif kabi, din zamirida ham etiqod, tuygular va emotsiyalar yotadi. Garchi din kurtaklari «aqlli odam» dunyoqarashi shakllanishining dastlabki bosqichlarida, yani taxminan 40-60 ming yil muqaddam paydo bolgan bolsa-da, umuman olganda u dunyoqarashning mustaqil shakli sifatida keyinroq, jumladan mif tasirida insonning abstrakt fikrlash qobiliyati sezilarli darajada kuchaygan davrda vujudga kelgan. Diniy dunyoqarash odamlarning gayritabiiy narsalar (xudolar, «oliy aql», qandaydir absolYut va sh.k.)ga bolgan etiqodiga asoslanuvchi tegishli xulq-atvori va oziga xos harakatlaridir. Agar mifologiyada ananaga, rivoyat qiluvchining, yani oqsoqolning obrosiga etiqod kuchli bolsa, dinda gayritabiiy narsalarga etiqod birinchi orinda turadi, oliy kuchlar nomidan rivoyat qiluvchi ruhoniylar obrosi esa ikkinchi darajali rol oynaydi. 3) Falsafiy dunyo qarash dunyoni, borliqni aqliy jihatdan umumlashtirib tushuntiruvchi nazariy qarashlar tizimidir. U diniy dunyoqarashdan farqli ravishda insonning aqliy intellektual faoliyatiga koproq etibor beradi. Falsafiy dunyoqarash - bu mantiqiy tahlil va umumlashtirishlar, mantiqiy muhokamalar va xulosa chiqarishlar, mantiqiy asboblar va raddiyalar asosida nazariy fikr dunyoni, borliqni tushunish, tushuntirish, baholash va izohlashdir. Falsafiy dunyoqarash kor-korona etiqodlar, hayoliy obrazlar togrisidagi tasavvurlar va tushunchalarga emas, balki insonning borliqqa munosabati togrisidagi erkin, tanqidiy va ayni vaqtda umumiy aqliy mushohadalarga, nazariy umumlashmalariga asoslanadi. Falsafiy dunyo qarashda inson tabiatning bir qismi sifatidagina emas, balki alohida oziga xos borliq sifatida qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |