5. Asosiy falsafiy yonalishlar. Turli falsafiy yonalishlarni har xil asoslar: etakchi falsafiy muammolar (ibtido muammosi, dunyoni bilish muammosi va boshqalar)ga munosabat, usul, mavzu asosi, klassik meros va bashqalarga munosabat boyicha guruhlashtirish mumkin. Falsafiy yonalishlar dunyo ibtidosining tabiati togrisidagi masalada u moddiy yoki goyaviy yagona substansiya monizm, teng huquqli mustaqil (moddiy va ruhiy) dualizm, kopchilik substansiyalardan iborat plYuralizm deb etirof etiladiganlarga bolinadi. Falsafa tarixida dualizmning eng mashhur vakili fransuz faylasufi R.Dekart (1596-1650), plYuralizmniki nemis faylasufi G. Leybnits (1646-1716) bolgan. Monizm falsafa tarixida ikki: materialistik va idealistik shaklda mavjud. Materializm ruhiy ibtidoga qadar ham va unga bogliq bolmagan holda mavjud bolgan tabiat, moddiy substansiya birlamchiligidan kelib chiqadi. Materializmning ozi turli xususiy tarixiy shakl va oqimlarga bolinadi: qadimgi, hamma narsa tabiiy «unsurlar»dan biri, yani suv (Fales), havo (Anaksimen), olov (Geraklit) yoxud ularning qatori suv, havo, olov va tuproq (chorvaklarning qadimgi hind maktabi, Empedokl), suv, havo, olov, tuproq va metallga (qadimgi xitoy falsafasida) asoslangan deb tushunuvchi oddiy materializm; YAngi davr metafizik materializmi (Gobbs, Lokk); antropologik materializm (L. Feyerbax); dialektik materializm (K. Marks, F. Engels); ilmiy materializm (G. Feygl, J. Smart); emerjentistik materializm (J. Margolis, M.Bunge) va hokazolar. Izchil materializm (materialistik monizm), materializmning u yoki bu shaklda ilohiy turtki deizm yoki tabiat bilan olloh aynan bir panteizm degan goyani ilgari suruvchi shakllar togrisida ham gapirish mumkin. Idealizm ruh va ong birlamchiligidan, shaxsiy ong (subektiv idealizm) yoki shaxsdan tashqari ruhning mutlaq goyaligi (obektiv idealizm)dan kelib chiqadi. Xitoy faylasufi Van YAn-Min (1472-1528), ingliz episkopi D. Berkli (1685-1753), «esse-percipl» (lat. mavjud bolmoq - demak idrok qilinadi) prinsipini ilgari surgan nemis faylasufi I.Fixte (1762-1814) subektiv idealizmning yirik namoyandalari edilar. Empiriokrititsizm, neopozitivizm, neokantchilik va boshqa qator falsafiy maktablar subektiv idealizm prinsiplariga asoslangan. Qadimgi hind falsafasidagi braxmanizm va vedantizm, Yunon faylasufi Aflotun (er.av.427-347 yillar), xitoy faylasufi CHju Si (1130-1200), nemis faylasuflari SHelling (1775-1854)
Do'stlaringiz bilan baham: |