3.Estetikaning zamonaviy yondashuvlari. Har bir shahar yoki viloyat, tuman markazi oziga xos estetik korinishga ega. Bugungi kunda shaharsozlik sohasiga estetikaning zamonaviy prinsiplari joriy etilmoqda. Ayniqsa, davlat arxitektura va qurilish qomitasi tizimini tubdan qayta tashkil etish, shaharsozlikning eskirgan metodologiya va normativlari, kapital qurilishdagi nomutanosiblik va muammolarni bartaraf etish, shuningdek, loyiha institutlarining samarasiz faoliyatini tubdan takomillashtirish masalalariga jiddiy etibor qaratilmoqda. Ijtimoiy taraqqiyotning ikki muhim jihati - moddiylik va manaviylikni ozida namoyon ettiradigan memorchilik oz navbatida, mamlakatda shaharsozlik sohasining shakllanishiga, ravnaq topishiga sezilarli tasir korsatadi. Kundalik hayotda «shaharsozlik» va «obodonlashtirish» degan sozlar tez-tez tilga olinmoqda. Sobiq Ittifoq davrida shaharsozlik madaniyati va estetikasi memoriy majmualarning umumiy korinishi,ularning eksterer (tashqi) va interer (ichki) bezagidagi bir xillik shaharning badiiy-estetik qiyofasiga salbiy tasir etganligini kuzatish mumkin. Ayniqsa, aholi uchun qurilgan turar joy binolarining bir xil shaklda bolganligi shundan dalolat beradi. Mazkur binolar tartibsiz, noqulay hududda bunyod etilganligi, aksariyatining qurilishida tabiiy muhit, milliy xususiyatlar hisobga olinmaganligi natijasida shaharning jozibadorligini buzgan.SHahar oz korki va gozalligini qoyidagi estetik xususiyatlar orqali namoyon etadi: a) shaharda memoriy obidalar, kohna yodgorliklar, ziyoratgohlarning mavjudligi va ularni odamlar etibori va tasarufida ekanligi; b) binolarning aholi tarmush tarzi uchun qulayligi va mos kelishi; v) shaharda bunyod etilgan inshootlar, yollarning xalq manfaati bilan muvofiqligi; g) shaharning geografik jihatdan joylashuvi suv va havosining musaffoligi, tabiiy manzaralarga boyligi. Bugungi kunda mamlakatimizda bunyod etilayotgan muhtasham inshootlar, mamuriy binolar, talim muassasalari milliy memorchilik ananalarining Ovropa memorchilik ananalari bilan uygunligiga asoslanadi. Misol uchun, Vatanimiz poytaxtida qad rostlagan - Marifat markazi, Simpoziumlar saroyi, Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy kutubxonasi, yoshlar ijod saroyi, Poytaxt biznes markazi kabi betakror inshootlar bir-biriga hamohang tarzda yaxlit kompozitsiyani tashkil qilgan. yoki Vatanimizning bosh maydoni - Mustaqillik maydoni betakror landshaft dizayni bilan goyat gozal qiyofa kasb etgan. Ozbek shaharsozligi estetikasi sobiq Ittifoq davrida nazardan chetda qoldi: memoriy obidalar qarovsiz holatga keltirildi, xalq amaliy sanatining nodir turlari yoqola boshladi, erkin ijodiy muhit taqiqlandi. Sanatkorlar, memorlar, usta va naqqoshlar tomonidan koplab binolar, xalq amaliy sanatining nodir namunalari yaratilgan bolsada, ammo ularda milliy bezak va uslublar, naqshlar tolaligicha ozini namoyon etolmas edi. Bugungi memoriy binolar, tarixiy inshootlar xususan Ozbekiston anjumani, mahobati, shakl va kompozitsiyasi, naqsh va bezaklari ozining falsafiy-estetik mazmuni bilan jahon memorligining buYuk namunasi, ozbek xalqining estetik qadriyatiga aylandi desak mubolaga bolmaydi. XXI asrni Ozbekistonda shaharsozlik estetikasida tub burilish davri deyish mumkin. Bugungi kunda, shaharlarda nafaqat tarixiy obidalar qayta tiklandi, balki ziyoratgohlar obodonlashtirildi, qator zamonaviy kasb-hunar kollejlari, maktablar, zavodlar, fabrikalar, sport maydonlari, shifoxonalar, mehmonxonalar, istirohat boglari, xiyobonlar, bozorlar, yollar, kopriklar, savdo majmualari, favvoralar, gulzorlar barpo etildi. Dizayn va uning estetik xususiyatlari.Italyanchada loyiha, rasm manolarini anglatuvchi disegno sozi orta asrlarda inson tabiatida mavjud bolgan ijodkorlik xususiyatlarini ham ifodalagan. Ammo, ingliz tilidagi design sozi birinchi marta 1919 yil ingliz rassomi Djozef Sinelo tomonidan sanoatda ishlab chiqarilgan narsalar namunasiga nisbatan qollanilgan. Bunda u aniqroq ifodalash uchun industrial sozini kiritib «industrial design sanoatga, uning taraqqiy etgan mashina texnikasi va seriyali ishlab chiqarishga yonaltirilgan yangi badiiy predmetli ijod sohasini anglatuvchi soz birikmasini qollaydi. Vaqt otishi bilan bu ibora xalqaro ahamiyatga ega bolib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |