Tabiatdagi ulug'vorlik baland tog'lar, qudratli sharsharalar, cheksiz okeanlar, mavj urayotgan dengizlar, tubsiz osmon va h.k. timsolida namoyon bo'ladi. Bu yerdagi umumiylik — ularning keng ko'lamligi, ulkanligi, buyukligi va tuganmasligidir. Tabiatdagi ulug'vorlik insonda o'zidagi zaiflikni emas, balki tabiat bilan qo'shilib ketishga intilish hissini uyg'otadi va kuchli ta'sir etadi. Tabiatdagi ulug'vorlik ruhimizga hayrat, hayajon va jo'shqinlik bag'ishlaydi. Tabiatdagi ulug'vorlik matematil: va dinamik xususiyatga ega. Matematik xususiyatida - hajm, dinamik xususiyatida — kuch ustuvor ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |