Bashorat qilish «murakkab narsani oddiy narsaga aylantirish»ning oliy darajasini tashkil etadi. Ilmiy bilim taraqqiyoti ilmiy bashorat kuchining o‘sishi va mazkur hodisa chegaralarining kengayishi bilan bog‘liq. Bashorat qilish jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish imkonini beradi. Ilmiy bilish nafaqat kelajakni bashorat qilish, balki bu kelajakni ongli ravishda shakllantirish uchun imkoniyat yaratadi. Har qanday fanning hayot mazmunini shunday tavsiflash mumkin: bashorat qilish uchun bilish, ish ko‘rish uchun bashorat qilish kerak. Masalan, D.I.Mendeleev yuz yil keyin kashf etilgan kimyoviy elementlarning mavjudligini bashorat qilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |