Iqtisodiyotda davlat ta'sirining eng muhim vositasi bo'lgan fiskal siyosatning samaradorligini baholash uchun uning bir nechta kamchilik va cheklovlarini qayd etish lozim.
Rag'batlantirish yoki to'xtatib qo'yish siyosatini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan davlat xarajatlarining o'zgarish (o'sish yoki pasayish) yo'nalishi davlat xarajatlarining boshqa maqsadlariga zid bo'lishi mumkin.
Misol uchun, inflyatsiya bilan kurashish davlat xarajatlarining qisqarishini talab etadi. Shu bilan birga, mamlakat mudofaasini, atrof-muhitni muhofaza qilishni va ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishni kuchaytirish zarurati byudjet xarajatlarining ko'payishini talab qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |