1. Estetika fanining obekti va falsafiy mohiyati. Estetikaning kategoriyalari


Texnogen sivilizatsiya - estetik faoliyat va estetik didni shakllantirishning muhim omili. Estetik tarbiyaga tahdidlar va ularning ko‘rinishlari



Download 138 Kb.
bet10/16
Sana22.11.2022
Hajmi138 Kb.
#870407
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi. Estetikaning zamonaviy muammolari

Texnogen sivilizatsiya - estetik faoliyat va estetik didni shakllantirishning muhim omili. Estetik tarbiyaga tahdidlar va ularning ko‘rinishlari
Texnogen sivilizatsiya - estetik faoliyat va estetik didni shakllantirishning muhim omilidir. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni insoniylashtirish va go‘zallashtirishn estetik muammolardan hisoblanadi. Voqelikka estetik munosabatlar, milliy va umumbashariy ahamiyatga egadir. Estetik qadriyatlar esa – barqarorlikni ta’minlovchi omil hisoblanar ekan,“dunyoni go‘zallik qutqaradi” shiori global ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. “Go‘zal muhitda yashash oliy ne’mat” – estetikaning bosh tamoyilidir. Olamni estetik anglashda axborot va jamiyat axborotlashuvining roli ortib bormoqda. Axborot estetikasining o‘ziga xos xususiyatlari va uning siyosiy, badiiy, ijtimoiy, axloqiy, ma’naviy jarayonlar bilan bog‘liqligidadar. Reklama estetik ma’lumot olish vositasi bo‘lib bormoqda. Ularning turlari va shakllari hilma-xildir. Reklama estetikasida milliylik va umumbashariylik namoyon bo‘liib boradi.
Milliy ma’naviyatga ta’sir o‘tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda estetik tarbiya jarayoniga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu esa ijtimoiy-ma’naviy munosabatlar tizimida estetik tarbiyani maqsadli yo‘naltirishni taqazo etmoqda. Ta’kidlash o‘rinliki, estetika niqobi ostida turli xil ko‘rinishdagi “sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchilari”, “ko‘ngilochar” va “musaffo tuyg‘u” baxsh etuvchi saytlar talaygina. Eng dahshatlisi keyingi paytlarda internet tarmog‘ida vampirizm estetikasi va uning targ‘iboti bilan bog‘liq saytlarning ko‘payib borayotganligi tashvishlanarli xoldir. Bu targ‘ibot saytlarni oddiygina qidiruv buyrug‘i orqali topish mushkul emas. Bunday tahdidlarga qarshi go‘zal qadriyatlarni dunyoga tanitish, xalqimizning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan personajlarni yaratish orqali kurashishni zamon talab etmoqdaki, bu yoshlarni ma’naviy jihatdan yuksaltirishda estetik tarbiyaga zaruriyat mavjudligidan dalolat beradi. Bu estetik tarbiyaga nisbatan tahdidlarning birinchi jihati.
Dizayn zamonaviy madaniyatning eng yosh va tez rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Shu munosabat bilan uning nazariyasini ishlab chiqishga bo‘lgan ehtiyoj kun sayin oshib bormoqda. Bu o‘z-o‘zidan tushunarlidir, chunki shunday qilinganda uning oldiga zamonaviy amaliyot tomonidan qo‘yilgan dolzarb muammolarni shunchalik tez hal etish mumkindir. Shu haqiqatni ochiq aytish lozim: bizning mamlakatimizda dizayn imkoniyatlaridan to‘la ravishda foydalanilayotgani yo‘q. Bu borada vujudga kelgan muammoni tushunish mumkin; chunki birinchidan, dizaynerlik faoliyatining nihoyatda murakkabligi bo‘lsa, ikkinchidan, uning fan-texnika, muhandislik-konstruktorlik, iqtisodiy faoliyati bilan bog‘liqligidir, uchinchidan,
jamiyatning ijtimoiy-madaniy hayoti bilan chambarchas bog‘lanib ketganligidir. Shu boisdan dizaynning nazariy muammolari ko‘p qirrali bo‘lib, u turli nazariy bosqichlarda o‘zining o‘rganib chiqilishini talab etadi. Modomiki, dizayn ommaviy sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanilar ekan, uni moddiy ishlab chiqarish va iste’mol tizimida ro‘y beradigan jarayonlar munosabati bilan ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi. Ayni zamonda dizayn muammosini nazariy jihatdan ishlab chiqishni uning zamonaviy madaniy hayot tizimida yetakchi o‘rin tutishidan ayricha holatda hisobga olmasdan turib, hal etish mumkin emas, zero dizayn moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishda, texnika va san’at o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini bajaradi. Shu sababli texnik estetika masalani ishlab chiqarish va iste’molning texnika, ijtimoiy-iqtisodiy, ergonomik hamda estetik aspektlari bilan bog‘liq holda sanoat mahsulotlarining shaklini vujudga keltirish, badiiy konstruksiyalashning asosiy tamoyillari va metodlari bilan bog‘liq holda ko‘p muammolar nuqtayi nazaridan turib o‘rganadi. Siz bilan biz yashayotgan hozirgi kunlarda texnik estetika oyoqqa turish bosqichini boshdan kechirmoqda. Bu sohada mehnat qilayotgan mutaxassislar favqulodda faollik ko‘rsatayotganliklariga qaramasdan, dizayn muammolarini tushunishda hamon biron-bir to‘la va qat’iy nazariya vujudga kelmagan. Dizaynning umumiy nazariyasi roliga da’vo qilayotgan bir qator taniqli konsepsiyalar amalda uning mazmuni bilan bog‘liq yoxud bu jihatni aks ettirishdan o‘zga narsa emas. Hozirgi zamonga kelib, dizaynning bir necha ishchi definitsiyalaridan foydalanilmoqda. Ayrim mualliflar «industrial dizayn», «sanoat san’ati», «sanoat estetikasi» tushunchalarini bir-biridan farqlasalar, boshqa mualliflar esa ularni sinonimlar deb da’vo qiladilar. Masalaning bunday turli-tuman shaklda qo‘yilishi estetik va
badiiy faoliyatning nisbati to‘g‘risidagi masala, jumladan, yarim-yorti yoritilgani, dizayn nazariyasi uning amaliyotidan orqada qolayotganligi bilan izohlanadi. Biroq dizayn nazariyasi
oldida terminologiyani tartibga keltirishdan ham muhimroq vazifalar turibdiki, bularning qay darajada hal etilishiga qarab badiiy konstruksiyalash amaliyoti rivojlanadi. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni iste’mol qilish o‘rtasidagi garmonizatsiyalash muammosi ularning iste’mol qilinishini prognozlashtirish maqsadida ijtimoiy iste’mollar dinamikasini o‘rganishni taqozo etadi. Bu muammolarni chuqur va har tomonlama o‘rganmasdan turib, dizaynning ongli ravishda o‘zlashtirilgan hamda ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatini ta’minlash mumkin emas. Ushbu ulkan muammoni hal etish uchun, avvalo, estetik ijtimoiy iste’molning predmeti va
mohiyati to‘g‘risida qo‘shimcha ravishda qoniqarli javob topish lozim bo‘ladi, chunki estetik iste’mol, umuman, qadriyat nima, degan savolga javob topishni talab qiladi. Bu savollarga
qoniqarli javob berish — butun boshli estetik konsepsiyani qurish demak. Bu a’molni birgina texnik estetik vositasida hal etib bo‘lmaydi. Bunday konsepsiyani qurish yuqori darajadagi texnik abstraktlashuvning yanada yuqori bosqichga ega bo‘lishini talab qiladi. Bunday qiyinchiliklarga barham berish uchun texnik estetika, umumiy estetika, san’at sotsiologiyasi, aksiologiya, semiotika va boshqa fanlar bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yurgizishi lozim bo‘ladi. Shunisi maqtovga sazovorki, so‘nggi yillarda umumiy estetik va texnik estetik sohasida ish olib borayotgan tadqiqotchilar o‘rtasida yaqin munosabat o‘rnatildi. Shuni ham alohida
ta’kidlash lozimki, boshqa fanlar tomonidan ko‘rsatiladigan bunday yordamga birgina estetika fani ehtiyoj sezayotgani yo‘q. Biroq texnik estetika ko‘pgina dolzarb muammolarni kun tartibiga
qo‘yishi bilanoq umumiy estetikaning olg‘a siljishiga katta yordam bermoqda. Ko‘pgina munozarali masalalar (estetik va badiiy faoliyat hamda uning mahsulot nisbati, estetik qadriyatlar tabiati va ularni baholash, notasviriy san’atda badiiy obraz muammosi, buyumda shakllar va funksiyalar nisbati va hokazo) umumiy estetika fani qarshisida o‘zlarining yangi qirralari bilan namoyon bo‘ldi. Gap shundaki, dizaynni vujudga keltiruvchi ko‘rgazmali
muhit san’atga nisbatan ma’lum ma’noda ishonchliroq estetik xarakteristika bera oladi. O‘z vaqtida taniqli rus san’atshunosi V. V. Stasov shunday deb yozgandi: «Haqiqiy, xayoliy bo‘lmagan xalq san’ati faqat mening zinapoyam ham, xonam ham, stakanim ham, qoshig‘im ham, stolim ham, shkafim ham, pechkam ham, shamdonim ham, shu qabilda eng so‘nggi buyumimgacha go‘zal bo‘lgan joydagina mavjuddir... u yerda yashashga zarur bo‘lgan mayda buyumlar badiiy bo‘lmog‘i uchun ehtiyoj yo‘qdir, u yerda san’at hali qumda o‘smoqda, haqiqiy ildiz otishga ulgurmagan... Estetik buyum (ommaviy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish) va subyekt (ommaviy iste’molchi) o‘rtasidagi o‘zaro aloqa obyektiv tadqiqot uchun ancha qulaydir, bu esa turli-tuman, jumladan, tahlilning statistik metodidan foydalanish imkonini beradiki, bularning hammasi estetik sir-asror olami sari dadil qadam qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqorida bayon etilgan mulohazalar umumiy va texnik estetika sohasida mutaxassislarning o‘zaro bir-birlarini tushunishlari yuqori darajada bo‘lishligiga erishmoq har ikki sohaning nazariyasi rivojlanishiga ko‘maklashadi. Dizaynning maqsadi — inson bilan uni qurshab turgan mehnatga, turmushga, madaniyatga jalb etuvchi predmetli muhit bilan maksimum darajadagi uyg‘unlikni vujudga keltirishdan iborat. Xo‘sh, dizayn bu maqsadni qanday qilib amalga oshiradi? Ko‘p hollarda biz dizaynerning ishi ilmiy-tadqiqot, muhandislik-texnik va badiiy faoliyat sifatida baholanishiga o‘rganib qolganmiz. Haqiqatan ham, dizaynerning mazkur sohalar bo‘yicha faoliyati nisbatini o‘rganar ekanmiz, ular o‘rtasida juda ko‘p umumiy jihatlar ko‘zga tashlanadi. Biroq uni faoliyatning u yoki bu sohasidagi o‘ziga xos xususiyatlar olami bilan qorishtirib yuborish yoki ikki qo‘shiluvchi umumiy summasi sifatida namoyish etish yaramaydi. Afsuski, bunday amaliyot hayotda tez-tez uchrab turadi. Dizaynerdan professional sifatida «iste’dodning turli qirralariga ega bo‘lishi talab qilinadiki, bu iste’dod birgina rassomning iste’dodi bilan yoxud mutaxassis sifatida faqatgina loyihalash tafakkuri bilan chegaralanishni tan olmaydi, uning uchun yuksak darajada rivojlangan keng tafakkurni, jismoniy o‘ziga xos xususiyatlarni, materialning tabiiy go‘zalligini nozik fahmlovchi, yuqori darajada rivojlangan didni, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshi biluvchi sifatlar ham xos bo‘lmog‘i lozim. Dizaynerlik kasbi maqomi yuqori ixtisos, o‘z mehnatining ijtimoiy ahamiyati uchun mas’uliyatni his etish, sanoat mahsulotlari assortimentini optimallashtirish
orqali xalq turmush darajasini oshirish natijasida shakllanadi. Dizayner kasbiga bo‘lgan talab maxsus o‘quv adabiyotida ana shu tartibda qo‘yilgan. Haqiqatan ham dizayner u yoxud bu ishlab chiqarish jamoasida muhandis, konstruktor, texnolog, ergonomik, muhandislik psixologiyasi bo‘yicha ma’lum bir tushunchaga ega bo‘lishi lozim. Bu uning faoliyatidagi zarur, ammo yetarli
darajada bo‘lmagan shart-sharoitdir. Bu sifatlarsiz uning turli soha mutaxassislari bilan muloqotga kirishishi mumkin emas. Faoliyatning ana shu turlaridan har biri maxsus va uzoq tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladi. Shu boisdan dizayner ushbu bilimlar borasida hech qachon ular bilan bir bosqichga ko‘tarila olmaydi. Rassom-konstruktor sanoat mahsulotlarini umumiy loyihalashda ishtirok etuvchi mutaxassislardan biri sanaladi. Shuni qayd etish o‘rinli bo‘lur ediki, moddiy ishlab chiqarish rivojlangan hozirgi davrda loyihalash faoliyatning mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqdi, bu esa sanoatning differentsiatsiyasi va serebralizatsiyasida oqibat hamda zarur bosqich sifatida ahamiyat kasb etdi. Texnik loyihalashning industriyadan ajralib chiqishi bu sohada qo‘yilgan muhim odim bo‘ldiki, bundan keyin bizning davrimizga kelib, dizaynning texnik loyihalashdan ajralib chiqishiga navbat keladi. Shunday qilib, dizayn moddiy ishlab chiqarish ustidan keyingi o‘rinda turuvchi ustqurmadir. U sanoatning hamma jabhasida ham loyihalashning alohida turi sifatida ajralib chiqmagan. Ko‘p hollarda dizayner fan-texnika
jamoasi bilan birga ishlaydi. Qisqacha ifodalaganimizda, mazkur jamoaning faoliyatini, asosan, quyidagicha ifodalash mumkin:
— Ixtirochilik, ya’ni yangi ish qurollari, asboblar, mashinalar va hokazo; hamisha yagona, inventariantlilikni ixtiro etish;
— obyektlar o‘rtasidagi yoki obyektlar qismi o‘rtasidagi yangi aloqalarni o‘rnatish bilan joylashtirish; bu faoliyat o‘zining mohiyatiga ko‘ra ko‘p variantlidir;
— konstruksiyalash, ya’ni mavjud texnikani takomillashtirish uchun ma’lum dastur bo‘yicha konstruksiyalash. Konstruktorlarni bejiz texnik taraqqiyotning askarlari demaydilar. Axir domna pechlarini, seriyali tayyoralarni, nabor mashinalarini va hokazolarni shular loyihalaydilar-da?! Xuddi shu yerda o‘tmishda hunarmand sifatida maydonga chiqqan dizayner ichki mehnatning turlari — sanoat yoki muhandislik dizayni bilan yaqindan tanishadi. Dizaynerning mehnat faoliyatini to‘rt bo‘lakka bo‘lish mumkin: 1) asos qilib olingan maqsadning mavjud bo‘lishi;
2) asos qilib olingan maqsad yoxud prototiðning mavjud bo‘lishi; 3) asos qilib olingan topshiriqlarni kompanovka metodi ostida bajarish; 4) asos qilib olingan obyekt ishida yangi sifatga ega bo‘lish yoxud yangi obyektlarni barpo etish. Shuni ta’kidlash kerakki, texnika taraqqiyoti dizaynning ayrim namunalari umrini qisqartiradi, joylashtirishning ba’zi tamoyillari esa goho asrlar, hatto ming yillar davomida foydalaniladi. Dizayn tomonidan qo‘yilgan maqsad ikki xil tabiatga ega bo‘lib, u ham konkret-utilitar, ham ijtimoiy xarakterga molikdir. Stixiyali dizaynerlik faoliyati XIX asrning oxiriga kelib o‘z oldiga tanho utilitar maqsadlarni qo‘ydi. Faqat XX asr boshiga kelib dizayn stixiyali faoliyat maqomiga ega bo‘la olgach, uning komplekslarga bo‘lgan munosabati aniqlandi. Buyumlar guruhining ijtimoiy oqibatlari ham aniq ajralib chiqdi. Buyumlar ishlab chiqaruvchilar bilan dizaynerlar o‘rtasida aloqa mustahkamlandi. Keyinchalik dizayn maqsadi ham progressiv, ham konservativ, ham reaksion bo‘lishi mumkinligini dizaynerlar birinchi bo‘lib belgilab berdilar. Keyinchalik amaliyot ularning dunyoqarashi to‘g‘ri ekanligini isbotladi. Dizaynning kundalik loyihadan farqi shundaki, dizayn ishtirok etishi bilan biz sifat jihatdangina emas, samara jihatidan ham yangi bosqichga ega bo‘lamiz. Òexnik loyihalash u yoxud bu buyumga yangi funksiya bag‘ishlay olmaydi yoxud o‘sha buyumni faqat bitta, ixtisoslashgan funksiyasiga moslashtiradi. Hali bu fikrlarning hammasi ham dizayn haqida hamma fikrlarni anglata olmaydi. «Sanoat mohiyatida, — deb yozgan edi K. M. Kantor, — dizayn yetakchi o‘rin tutadi. Dizayn orqali sanoat loyihalashi ijtimoiy-madaniy impulslar kasb etadi, dizayn orqali madaniyat va texnikaning hukmronlik qiluvchi aloqasi hukm suradi». Rassom-konstruktor loyihalash va ishlab chiqarishning hamma ishtirokchilari bilan birgalikda chiqarilgan mahsulot uchun baravar javobgar bo‘lsa-da, dizaynerlik loyihalashi baribir loyihalash faoliyatining bir turidan boshqa narsaga da’vo qilolmaydi. Dizaynerni mahsulotlarni loyihalash faoliyatining sohasi bo‘yicha vakili deb atashadi. Xuddi ana shu yerdan uning muhandislik faoliyati farq qilib turuvchi topshiriqlar ajralib chiqadi. Vazifalar bunday sinfining turli obyektlarni loyihalash chog‘ida ularning konkret funksiyasiga umumiy jihatlari bo‘lmasligi mumkin. Bu vazifalar sanoat mahsulotlarini ishlab
chiqarish jarayonida «inson omili» bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Agar vazifa texnika talablarining hamma shartlariga javob bersa, u holda ish muvaffaqiyatli bajarilgan deb hisoblanadi. Biroq bunda mahsulot bilan insonning optimal o‘zaro aloqasi muhandislarning e’tiboridan tashqarida qoladi. Texnik loyihalash doirasiga quyidagilar kiradi: buyumning
ishonchli bo‘lishiga, mustahkamligiga, samarador faoliyat ko‘rsatishiga erishish. Bunday taqqoslash muhandisning faoliyatini rassom-konstruktorning mehnati bilan taqqoslash chog‘ida
aslo kamsitilmaydi. Shunchaki ularning oldiga qo‘ygan vazifalari turli-tuman bo‘lib, ular bu vazifalarni turli-tuman yo‘llar bilan: ham ijodiy, ham ijodiy bo‘lmagan omillar vositasida bajarishlari mumkin. Hayotda dizaynga bo‘lgan talab yil sayin oshib bormoqda, chunki ishlab chiqarishda, transportda, maishiy turmushda va hokazo sohalarda yil sayin an’anaviy loyihalar yaratishda uzilish borgan sari oshib bormoqda.
Amaliy san’at, amaliy bezak san’ati – bezak san’ati sohasi; ijtimoiy va shaxsiy turmushda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan badiiy buyumlar tayyorlash va kundalik turmush ashyolari (asbob-anjomlar, mebel, mato, mehnat qurollari, kiyim-kechaklar, taqinchoqlar, o‘yinchoqlar va boshqalar)ni badiiy ishlash bilan bog‘liq ijodiy mehnat sohalarini o‘z ichiga oladi. Amaliy sanʼat asarlari ko‘z bilan ko‘rish, his etish va anglashga mo‘ljallangan. Amaliy sanʼat asarlari va buyumlari insonning moddiy muhitini go‘zallashtirishga, estetik boyitishga xizmat qiladi, ayni paytda o‘zining ko‘rinishi, tuzilishi, xususiyatlari bilan insonning ruhiy holati, kayfiyatiga ta’sir etadi, bezatilgan narsalar hayotda foydalanilishidan tashqari badiiy qimmati bo‘lgani uchun ham qadrlanadi. Shuning uchun xom ashyoning go‘zalligi va nafis xususiyatlarini namoyish etish, unga ishlov berish mahorati va usullarining ko‘pligi Amaliy sanʼat da estetik ta’sirni oshiruvchi ahamiyatga ega faol vositalardir. Amaliy sanʼat da narsalarning nafisliligiga ikki usul bilan erishiladi: 1) shakli oddiy, jo‘n buyumlarga bezak ishlab badiiy qimmati oshiriladi; 2) shakli chiroyli qilib ishlanadi. Narsalarning tuzilishi badiiy buyumlarning mujassamotida muhim rol o‘ynaydi. Xom ashyoning go‘zalligi, qismlarning mutanosibligi, tuzilishining maromi buyumning ta’sirchan umumlashma qiyofasini ifodalovchi yagona vositalardir. Ta’sirchan mazmunli shakllar ko‘pincha taqlidan yaratilganda mazmuni ortadi. Buyumda hosil bo‘layotgan bezak uning obraz tuzilishiga ham sezilarli ta’sir etadi. Bezagi tufayli buyum Amaliy sanʼat asariga aylanadi. Amaliy sanʼat da bezak yaratishda naqsh bilan tasviriy san’at (haykaltaroshlik, rang tasvir, ayrim hollarda grafika) qismlari (alohida yoki turlicha birikuvlari) keng qo‘llaniladi. Ba’zan naqsh yoki tasvir buyumlarni shakllantiruvchi asosga aylanadi (panjara guli, to‘r; gilam, mato gullari va hokazo). Amaliy sanʼat asarining uyg‘unligi avvalo badiiy buyumning badiiy va amaliy vazifasining yagonaligida, shakl va bez-akning o‘zaro birikuvida, tasvir va buyum tuzilishida namoyon bo‘ladi. Bezakning shakl, tasvirning buyum ko‘lami va xususiyati, uning amaliy va badiiy vazifasi bilan uyg‘unlashtirishning zarurligi tasviriy bo‘laklarni o‘zgarishiga, talqinda shartlilikka va narsa qismlarini o‘xshatib yaratishga olib keladi.19-asr 2-yarmidan ilmiy adabiyotlarda Amaliy sanʼat asarlari foydalanilgan xom ashyosi (yog‘och, sopol, ganch, tosh, metall, suyak va boshqalar) va ijro usuli (bo‘yash, o‘yib-kesib ishlash, quyish, kashta tikish, to‘qish va boshqalar)ga qarab farqlana boshlandi. Bu esa o‘z navbatida buyumlarga ishlov berishni loyihalash (dizayn) va uni ishlab chiqarish bilan bog‘lanishi (badiiy sanoat)ga zamin yaratdi. Amaliy sanʼat asarlari yaratilgan davrining maishiy qatlamiga mos mahalliy va milliy xususiyatlarni, ijtimoiy guruhlar bilan yaqin munosabatda bo‘lgan uning moddiy madaniyatini ifoda etadi. Asrlar mobaynida xalq, ijodiyotining sohasi sifatida amaliy bezak san’ati. yuzaga kelgan. Uning rivojida xalq yashagan joyning jug‘rofiy sharoiti, xalqining mashg‘uloti, etnik va milliy jihatlari, turmush tarzi, madaniy darajasi, qo‘shni xalqlar bilan aloqalari va boshqa muhim rol o‘ynagan. Kulollikka yaraydigan tuproq mavjud joylarda kulollik, chorvachilik rivoj topgan yerlarda jundan mato to‘qish, mo‘ynado‘zlik, kigiz bosish, gilamchilik va sh.k. rivojlangan, Amaliy sanʼat asarlarining ma’lum joyga xos uslublari shakllangan. O‘zbekiston hududidan mezolit davriga oid qadimgi san’at yodgorliklari topilgan. Neolit davri sopol idishlari qo‘lda yasalib, chiziqcha, nuqta va ilonizi tasvirlar (tirnoq, qo‘l bilan chizib) tushirib bezatilgan. Farg‘ona vodiysidan miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri – 2-ming yillikka oid jez davri quyma badiiy buyumlari (jez va kumush buyumlar xazinasi) topilgan. Sopol idishlarga keyinchalik handasiy bezaklar ishlana boshlangan. Farg‘ona vodiysi, Surxondaryo viloyati o‘troq dehqon aholisi idishlari shu davrda uchburchak, rombsimon yoki kataqsimon qizil-qora chiziqchalar bilan bezalgan; Amudaryo bo‘yi vohasidan topilgan buyumlarda ham shunday tasvirlar jigarrang, oq zaminga chizilgan. Jez davri dasht qabilalari foy-dalangan sopol idishlardagi uchburchak, ilonizi, archasimon yoki yo‘l-yo‘l tas-virlar qolip bilan bosilgan (Xorazmdagi Tozabog‘yop madaniyati, Buxoro vohasidagi Qizilqir qabristoni). Mil. av. 4 – 2-asrlar yodgorliklariga oid sopol idish va haykalchalarga hayvonlar shakli ishlangan (Qovunchi madaniyati idish dastasidagi hayvon shakli; Afrosiyob va Xolchayondan topilgan taqinchoqlardagi bo‘rtma tasvirlar). Ilk o‘rta asr (5 – 8-asrlar) amaliy bezak san’ati Sug‘d, Tohariston, Xorazm va Farg‘onadagi davlatlar madaniyati bilan bog‘liq ravishda rivojlangan. Ganch o‘ymakorligi (Samarqand, Varaxsha) va yog‘och o‘ymakorligi (Surxondaryo viloyati)da naqshga mavzuli mujassamotlar aralashtirib berilgan, yassi bo‘rtma bezaklar o‘rnini hajmli shakllar egallagan. Handasiy va uslublashtirilgan o‘simliksimon naqsh asoslari yanada mukammallashtirilgan. Afrosiyob, Bolaliktepa va Varaxsha rasmlarida tasvirlangan rang-barang kiyimlar shu davrda badiiy to‘qimachilik taraqqiy etganidan darak beradi. Surxondaryo viloyatining Termiz sh. yaqinida joylashgan qabristondan, Pop tumani Munchoqtepa manzilgohidan 4 – 6-alarga ovd qadimgi ajoyib kiyimlarning o‘ziga xos namunalari topil-gan, bundan qadimgi farg‘onaliklar kiyimi ancha murakkab qilib tiqilganligi ma’lum bo‘ladi. Samarqand viloyatidan qadimgi mahsi, Farg‘ona vodiysidan qolip va charm kesadigan maxsus pichoq topili-shi O‘zbekistonda, umuman butun Turkistonda deyarli bir vaqtda, ya’ni 5 – 6-asrlarda bu oyoq kiyimning urf bo‘lganini ko‘rsatadi. Farg‘ona vodiysi, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent, Surxondaryo va Qashqadaryoda pichoqchilikning qadimgi markazlari bo‘lgan. Pichoqlar faqat uy-ro‘zg‘or buyumi emas, balki harbiy qurol, hunarmandlik asbobi sifatida qo‘llanilib kelingan. 6 – 12-asrlarga oid pichoq namunalari metall tarkibining, pichoq yasash usuli va bezaklarining o‘zgarib, taraqqiy eta borganini tasdiqlaydi. Navoiy, Bobur asarlariga ishlangan miniatyuralarda (15 – 17-asrlar) yonga osib yuriladigan pichoklarning turli xil namunalari tas-virlangan. 7 – 9-asrlarda to‘qimachilik taraqqiy etgan, ip, ipak matolardan tashqari qimmatbaho parchalar ham ish-lab chiqarilgan. O‘simlik va handasiy naqsh-bezaklariga boy, jonzodlar tasviri tushirilgan "zandonachi" matosi bizgacha saqlanib kelingan. Zandonachi matosining mujassamoti taqsim usulida tushirilgan; bir me’yorda almashinib turgan turunj bezaklari ichiga bir juft qarama-qarshi turgan arslon, fil va boshqa hayvonlar tasviri joylashtirilgan.5 – 10-asrlarda sopol buyumlarning maxsus turi – ostadonlar tayyorlash rivoj topdi. Ostadonlarni bezashda tasviriy mavzulardan keng foydalanilgan: ajdodlar, homiylar va xudolar, parrandalar, shuningdek daraxt va boshqa o‘simliklar o‘yma, bo‘rtma va boshqa usullarda ishlangan. 6 – 10-asrlardan shisha idishlar ko‘plab ishlandi; ko‘zacha, qadaxlar, siyoxdon, turli idishlar rangli (qizil, olcha rang, sariq, ko‘k, yashil), rangsiz shishalardan tayyorlanib, bo‘rtma, bosma, chizma, qadama usullarda bezatilgan. Ko‘plab rang-barang shisha munchoqlar ishlab chiqarilgan. Marmar qabr toshlari usti girih naqshlar bilan bezatilgan, yog‘och va marmardan panjaralar ishlangan. Me’morlikda an’anaviy ganch, yog‘och o‘ymakorligi bilan bir qatorda g‘isht qalab naqsh hosil qilish san’ati rivoj topdi. 12-asrda me’morlikda o‘yma terrakotadan, sirlangan g‘ishtdan foydalanildi, mahobatli binolarning devor, gumbazlari koshin bilan qoplab, bino ichi ganch o‘ymakorligi, bo‘yama naqshlar bilan bezatilgan. Islom dini qaror topishi bilan Amaliy sanʼat ning turli sohalarida badiiy bezak asarlari, mavxum naqsh-bezaklar yaratishga intilish kuchaydi. 9 – 10-asrlar me’moriy naqqoshlikda handasiy (yulduzsimon shakllarning turli ko‘rinishlari) va arab yozuvlari ishlash yetakchi o‘rinda turgan. Girih san’ati yuksaldi. Rangli sirning ixtiro qilinishi (8-asr) bilan badiiy kulollik taraqqiy etdi. Samarqand, Toshkent, Buxoro, Termiz va boshqa shaharlarda sopol idishlarga naqsh-bezaklar ishlab, bo‘yab, ustidan sirlash usuli o‘zlashtirildi. Dastlab sodda yashil bezak ustidan xira sir qoplangan yoki 2–3 xil rangda sir dog‘lari oqizilgan idishlar ishlangan bo‘lsa, 10–11-asrlarda idishning oq yoki g‘isht rang kizil zaminiga rangli angob bilan aniq naqsh mujassamoti tushirilib, ustidan tiniq (shaffof) qo‘rgoshin sir qoplangan. Shu davr kulolligi (ayniqsa Afrosiyob idishlari)ga bezak bilan badiiy shaklning bir-biriga mos ravishda ishlanishi xos-dir, keskin rangli bezakning aniq ishlanishi va tasvirlarning mahalliyligi ("kufiy" yozuvlari, novda, lola, anor, tok barglari tasvirlanishi) bilan ajralib turadi. Keyingi davr idishlariga uslublashtirilgan o‘simliksimon naqshlar, yozuvlar va ba’zi hayvonlar shakli tushirilgan: yashil, yorqin havorang sirli idishlar, sirsiz bosma usulda tasvir tushirilgan, naqshli sopol idishlar ham ko‘p ishlangan. 12-asrdan koshindan noziq yupqa idishlar ko‘plab ishlana boshlandi. Badiiy metall buyumlar o‘rta asr uslubida yaratilgan. Idishlar (ko‘za, qozoncha, shamdon va boshqalar) bronzadan yasalib, hoshiya va turunj naqshlar bilan bezatilgan, yozuvlar uslublashtirilgan o‘simliksimon naqshlar bilan, ba’zan kush va hayvonlar tasvirlari ham aralashtirilgan, chizma, kandakori va boshqa usullarda ishlov berilgan. Shishasozlik (turli-tuman rangli qadah, piyola, likobcha va ko‘zachalar) va badiiy to‘qimachilik rivojlangan. 13 – 14-asrlarda mo‘g‘ullar istilosi va undan keyingi davrlarda badiiy sopol idishlar mayda o‘simlik va chizma naqshlar bilan bezalgan; yashil-qora va feruza-havorang bo‘yokdar oq angob ustiga tushirilgan, ustidan rangsiz yoki shaffof sir bilan qoplangan. Amir Temur va Temuriylar davrida badiiy xunarmandlik yanada ravnaq topdi; nafis matolar, gulli kashtalar, zeb-ziynat buyumlari, badiiy bezatilgan qurollar, ot abzallari, idishlar ishlab chikarilgan. Registon, Shog‘izinda, Oqsaroy kabi yirik me’moriy ansam-bllar yaratilib, bino tarzi rang-barang koshin va parchinlar bilan bezatilgan, bino ichi halli naqsh va bo‘yama naqshlar bilan, 15-asr 2- yarmidan tilla halli bo‘rtma "kundal" naqshi bilan bezatilgan. Yozma manbalarda Amir Temur saroylariga mavzuli tasvirlar, bo‘yama naqshlar ish-langanligi qayd qilingan.Shayboniylar hukmronligi (1500– 1601) va Ashtarxoniylar (1601 – 1753) davrida O‘zbekiston hududida tinimsiz urushlar bo‘lib turgan. Shuning uchun ham badiiy hunarmandlik poytaxt – Buxoro va qisman boshqa yirik shaharlarda – Samarqand, Toshkent, Xi-vada to‘plangan, xattotlik, kitobat san’ati, muqovasozlik, kitob miniatyurasi, qo‘lyozmalar yaratish san’ati rivojlangan. Ustalar qo‘lyozma kitob sahifalarini zarhal berib, noziq o‘simlik va handasiy naqshlar bilan to‘ldirib bezashgan. O‘zbekistonning barcha markazlarida ip, ipak, jun matolar (atlas, zandonachi, baxmal, bo‘z, shohi, olacha, parcha) va tayyor buyumlar (ro‘mol, dasturxon, salla, belbog‘, qiyiq va boshqalar) ishlab chiqarilgan. 18-asrlarda to‘qimachilik markazlari Buxoro, Marg‘ilon, Andijon, Samarqand, Xiva, Toshkentda joylashgan. Shahrisabzda popur (popop) chokli so‘zanalar, Buxoro, Samarqand, Toshkentda xon va ulamolar uchun zardo‘zi buyumlar tayyorlangan. 18 –19-asrlarda mahobatli binolarni ayniqsa ichki qismini koshin, tosh, ganch, yog‘och o‘ymakorligi bilan bezatish davom etdi. Kulollik va kandakorlik san’ati yuksak darajaga ko‘tarildi. Kandakorlikning Buxoro, Qarshi, Xiva, Shahrisabz uslublari vujudga keldi (qarang Qo‘qon kandakorlik maktabi, Buxoro kandakorlik maktabi). Amaliy bezak san’atining boshqa turlarining mahalliy uslublari shakllandi.Yozma manbalardan 18-asrda iroqi do‘ppilar ko‘plab tiqilgani ma’lum. 19-asr 1-yarmi va o‘rtalariga oid kashtalarda (Buxoro, Samarqand, Nurota) chamanzorlar tasvirlangan. Shaxrisabzda "abr" bezakli matolar to‘qila boshlangan. Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi shaharlarda, Xorazm, Farg‘ona vodiysida ko‘nchilik qadimdan rivojlangan. Turli xil ko‘n mahsulotlari: charm, xrom, amirkon va boshqalardan poyabzal, telpak, ustki kiyim. ot-ulov abzallari, Kayish, qin kabi buyumlar tayyorlangan. Teriga badiiy ishlov berish rivojlangan; dastlab oshlangan, ustidan pardozlangan, ba’zilari bo‘yalgan. Buyumlar usti muraqqa usulida rangli charm, baxmal parchalari qo‘yib, popuklar, qo‘ng‘iroqchalar qo‘shib tikilib buyumning badiiyligi oshirilgan. Ayniqsa qog‘oz-hujjatlar solib yuriladigan juzdon (juzgirlar)ga turunj naqshlari bosma usulda tushirilib, hoshiyasiga noziq o‘simliksimon naqshlar berib bezatilgan.18–19-asrlar zargarlari qadimgi zargarlik san’ati an’analarini davom ettirishdi. Yozma manbalarga ko‘ra 18-asr zargarlari oltin va kumushga qimmatbaho toshlar qadab toj va kamarlar, Kurollar, ot abzallari, zeb-ziynat buyumlari ishlagan. 19-asr zargarlari zumrad, durru marvarid, yoqut, feruza, aqiq, sadaf kabi qimmatbaho toshlarni oltin va kumushga qadab serjilo, jozibali zeb-ziynat buyumlari yaratishgan. Ularga bolg‘alab (zarb berib), hallab o‘yib, bo‘rttirib naqsh yasab, bosib (siqib), qoliplash usullarida ishlov berilgan.19-asr o‘rtalarida Rishton qishlog‘i kulollari elga mashhur bo‘ldi. Shu davrda Abdujalil, To‘xta, Abdulla kabi ustalar ishlab o‘ziga xos Rishton kulollik uslubini yaratishdi. Rishton sopol idishlarining oq zaminiga ko‘k bo‘yoq bilan bezak chizilgan. Bezak mujassamoti doira shaklida tushirilib, idishning tubi va chetlari ajratilgan. Asosiy bezagi yirik serbarg gullardan iborat bo‘lib, orasi noziq pechak singari novdalar bilan to‘ldirilgan. To‘rsimon hoshiya naqshlar orasiga an’anaviy ko‘zchalar qo‘yilgan. Rishton buyumlari qatori Vardonze, G‘ijduvon, Kattaqo‘rg‘on, Shahrisabz, Toshkent kulollarining buyumlari o‘ziga xos shakli, bezak mujassamotlari, naqshlari bilan ajralib turgan. 20-asr boshlarida O‘zbekiston amaliy bezak san’ati qadimgi an’analarga asoslan-gan holda, yangi zamonaviy mavzular bilan boyitib rivojlantirildi. Aksariyat badiiy qunarmandlik sohalari tiklandi. Farg‘ona an’anaviy to‘qimachilik san’ati o‘rganilib, abr gulli kiyimli ipak matolar (A. Axmedov), Buxoro yirik gulli matolaridan bino ichini bezaydigan badiiy buyumlar: deraza-eshik pardalar, choyshablar, dasturxonlar ishlab chiqarildi. Xalq amaliy san’atini rivojlantirish, uning unutilgan turlarini qayta tiklash va taraqkiy ettirishda "Usto" birlashmasi (1978) muhim rol o‘ynadi. Kulollik, kandakorlik, tosh, yog‘och va ganch o‘ymakorligi, naqqoshlik, zargarlik san’ati, zardo‘zlik, gilamchilik va kigizchilik, lok miniatyurasi, badiiy to‘qimachilik, nosqovoq, to‘qima ro‘zg‘or buyumlari, chinni, shisha buyumlar tayyorlash va boshqa Amaliy sanʼat turlari rivojlanmoqda. Ganch o‘ymakorligini me’moriy bezaklarda qo‘llash bu to‘rning barcha maktablari an’analarini rivojlantirishga e’tiborni oshirdi. Ustalar turli mak-tab an’analarini uyg‘unlashtirib, o‘ta ehtiyotkorlik bilan me’moriy bezaklar mujassamotiga kiritmoqda. Badiiy hayotda ro‘y berayotgan jarayonning ta’siri hamda mahalliy badiiy an’analarning boyligi badiiy tajribada an’anaviy bo‘lmagan yakka tartibdagi mualliflik bezak san’atini rivojlantirmoqda. Badiiy to‘qimachilik, chinni, shisha, kulollik buyumlari ko‘rgazmalarda tez-tez namoyish ztilmoqda, ayni paytda shahar maishiy, me’moriy va boshqa muhitini boyitish vositasiga aylanmoqda. Jumladan an’anaviy bo‘lmagan kulollik, gobelen tayyorlash rivojlanmoqda, ustalarning ishlari ko‘rgazmalarda namoyish etilmoqda.

Estetik tarbiya mohiyatan insoniy ideal bilan bog‘liq bo‘lib, estetik ideal egasi nafis didga, pokiza tuyg‘ularga egaligi bilan ajralib turadi. Ma’lumki, shaxs ijtimoiy taraqqiyotning turli xil jabhalarida bevosita va bilvosita ishtirok etadi va faoliyat olib boradi, shaxs bu bilan ijtimoiy taraqqiyotning estetik sub’ektiga aylanadi. SHunga ko‘ra, aytishimiz mumkinki, jamiyatda yashayotgan biror–bir shaxs estetik jarayonlardan chetda turmaydi, aksincha, o‘zining muayyan xatti–harakati bilan mazkur jarayonlarga u yoki bu darajada ta’sir ko‘rsatadi. Estetik tarbiyaning maqsadi ana shunday ta’sirlarni go‘zallik, ulug‘vorlik, fojiaviylik, kulgililik asosida yo‘naltirishdan iborat.


SHuni ta’kidlash joizki, estetik tarbiya badiiy tarbiya bilan doimiy tarzda aloqada bo‘lib keladi. Biroq, bu «estetik tarbiya badiiy tarbiya bilan bir xil ma’no kasb etadi», degan gap emas. Negaki, badiiy tarbiya ijod jarayonidagi rang–barangliklar olamini inson tomonidan estetik tarzda anglash va o‘zlashtirishning bir qismi, xolos. SHu ma’noda estetik tarbiya – jamiyatda ma’naviy muhitni paydo qilishga ko‘mak beruvchi muhim unsur bo‘lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir.

Download 138 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish