1.3. Ertagi kartoshka usishi, rivojlanishi, xosildorligiga tuganaklar o’stirib
olishning ta’siri bo’yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari va
ularning tahlili
Dunyoning ko’pgina mamlakatlarida, jumladan Uzbekistonda olib borilgan
ilmiy-tadqiqot ishlarining ko’rsatishga kartoshka virussiz urug’chiligida elita
yetishtirish uchun faqat uchki meristema usulida sog’lomlashtirilgan tuganaklardan
foydalanish ishlarning samaradorligini belgilamaydi. Chunki, sog’lom
o’simliklarni yetishtirish davomida keyingi reproduksiyalarida ular qaytadan
viruslar bilan zararlanishi mumkin. (Pisarev B.A., Trofimes L.N., 1982, Ergashev
I., 1998). Sog’lom o’simliklarni qaytadan zararlanishini oldini olish tadbirlari
qo’llanilmasa o’simliklarning kasallanish darajasi shunday darajaga yetishi
mumkinki, ulardan urug’lik maqsadida foydalanish mumkin bo’lmaydi (Zыkin
A.G., 1976)
Bu ma’lumotlar kartoshka urug’chiligida har bir muayyan regionning
tuproq-iqlim sharoiti hamda navlarning biologik xususiyatlarini hisobga olgan
xolda qo’llanilishi lozim bo’lgan tadbirlar majmuasining ahamiyatini ko’rsatadi.
Shunday muhim choralardan biri agrotexnik tadbirlar bo’lib, ular orasida
o’simliklarning o’suv davrini ertaroq o’tishini va tezlashtirishini ta’minlovchi,
urug’lik tuganaklarni ekish oldi o’stirib olish hisoblanadi. (Abdukarimov D.T.,
1987, Ostonakulov T.E., 1997).
Bu
tadbirlarning
kartoshka
urug’chiligida
ahamiyati
to’g’risidagi
ma’lumotlar ushbu dissertasiyaning adabiyotlar tahlilida ham keltirilgan.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar bizga o’z tadqiqotlarimizda virussiz
asosda tashkil etilgan urug’chiligi paykalarlarida urug’lik tuganaklarni ekish oldi
tayyorlashning majmuasi hamda hosilni yig’ish oldi palaklar senikasiyasining
o’simliklarning o’sishi, rivojlanishi, hosildorligi va urug’lik sifatlariga ta’sirini
o’rganishga asos bo’lib xizmat qildi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Tajribalarda tuganaklarni ekish oldi tayyorlash ularni 0,5-1,0 sm uzunlikdagi
o’simtalar hosil qilgunicha dastlab 7-10 kun davomida 18-20
0
S haroratda,
keyinchalik 10-15
0
S haroratda yorug’lik sharoitida ikki marta mikroelementlar va
mineral o’g’itlarning kuchsiz (0,3-0,6%) eritmasida ishlashni o’z ichiga oldi.
(D.S.Normurodov 1999)
O’simliklarning o’sishi va rivojlanishi davomida ularda fenologik
kuzatishlar, biometrik o’lchovlar, vegetativ massasi va tuganaklar hosil bo’lish
dinamikasi, hosildorlik, hosil strukturasiga ta’siri o’rganildi.
Bundan
tashqari,
tajriba
variantlarida
qo’llanilgan
tadbirlarning
kartoshkaning urug’lik sifatlariga ta’siri o’rganildi.
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, urug’lik tuganaklarni ekish oldi tayyorlash
majmuasi o’simliklarning unib chiqishini 5-6 kunga, bu esa o’z navbatida keyingi
rivojlanish fazalarini ham 4-5 kunga tezlashtirishi va natijada o’suv davri
davomiyligi navlar bo’yicha 5-6 kunga qisqarishiga olib keldi. (1-jadval).
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |