Giroskopik qurilmalar, giroskopik asboblar —giroskoplar oʻrnatilgan elektr-mexanik qurilmalar; shu qurilmalar oʻrnatilgan obʼyektning vaziyatini ifodalaydigan parametrlarni aniqlaydi, obʼyektni barqarorlashtiradi. Texnikada ishlatiladigan Giroskopik qurilmalar giroskopning turi, sezgir giroskopik elementlar yasashning fizikaviy prinsiplari, kardanli osma turi, vazifasi bilan tavsiflanadi. Giroskopik qurilmalar obʼyektning burchak ogʻishlarini aniqlaydigan (turli astatik va pozitsion giroskoplar); obʼyektning burchak tezliklari va tezlanishlarini aniqlaydigan (differensiyalovchi giroskoplar); kattaliklar boʻyicha integrallarni aniqlaydigan (integrallovchi giroskoplar); obʼyektni yoki alohida asbob va qurilmalarni barqarorlaydigan, shuningdek, obʼyektning burchak ogʻishlarini aniqlaydigan (girostabilizatorlar); navigatsiya masalalarini hal qiladigan (girokompaslar, kompaslar) va b. xillarga boʻlinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |