1. Erkin (maxsus) iqtisodiy hududlar Xalqaro moliyaviy va ofshor markazlar


Xalqaro moliyaviy va ofshor markazlar



Download 26,48 Kb.
bet3/3
Sana22.07.2022
Hajmi26,48 Kb.
#837464
1   2   3
Bog'liq
Xalqqaro moliya MI. Xalqaro moliyaviy va ofshor markazlar Reja

2. Xalqaro moliyaviy va ofshor markazlar
Jahon iqtisodiyotida turli moliyaviy, iqtisodiy, sug‘urta va boshqa sohalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi firma va tashkilotlar uchun tadbirkorlik faoliyatining imtiyozli sharoitlari yaratiladigan xududlar servis hududlar deb ataladi. Servis xudud qatoriga offshor hududlar (OX) va soliq gavanlari (SG) kiradi. OX va SGlar tadbirkorlarni qulay valyuta-moliya va fiskal sharoitlar, bank va tijorat sirlarining yaxshi saqlanishi hamda davlat boshqaruvining kamligi bilan o‘ziga jalb qiladi.
Offshor hududda ro‘yxatga olingan soliq va boshqa imtiyozlarga bo‘lgan kompaniyalarga qo‘yiladigan asosiy talab - offshor markaz joylashgan davlatning rezidenti bo‘lmaslik va bu davlat hududida daromad olmaslikdir. Soliq gavanlarining offshor hududlardan farqi shundaki, u erdagi firmalar (xorijiy va mahalliy firmalar ham) faoliyatining barcha turlari yoki shug‘ullanishda imtiyozlarga ega bo‘ladi. Jahonda 300 dan ortiq offshor markaz mavjud bo‘lib, ulardan 70 tasi soliq gavanalaridir.
Offshor kompaniyalar faoliyat ko‘rsatayotgan davlatlar qatoriga Lixtenshteyn, Panama, Normandiya orollari, Men orollari (Britaniya), Antil orollari, Gonkong, Madeyra, Liberiya, Irlandiya, SHveysariya va boshqalar kiradi. 80-yillarda ushbu davlatlar qatoriga Malta, Mavrikiya, G‘arbiy Samoa, Isroil, Malayziya (Labuan oroli) va boshqalar ham qo‘shilgan edi.
Offshor hududlardagi sanoat, savdo, bank sug‘urta va boshqa kompaniyalar umuman soliqqa tortilmaydi (Irlandiya, Liberiya) yoki kichik miqdordagi soliqlar to‘laydi (Lixtenshteyn, Antil orollari, Panama, Men oroli va boshqalar) Masalan, SHveysariyada offshor biznesga nisbatan kam soliq miqdori belgilangan. Bu soliq ma’lum holatlarda umuman to‘lanmasligi ham mumkin. SHuningdek, offshor hududlar valyuta cheklashlarining yo‘qligi bilan, daromadni olib chiqish erkinligi, xorijiy investorlar uchun bojlarning yo‘qligi bilan ham ajralib turadi. Offshor hududlarni tashkil qiluvchi davlatlar qo‘shimcha xorijiy kapital jalb qilish, ro‘yxatga olingan korxonadan foyda olish, mahalliy mutaxassislar uchun qo‘shimcha ish joylarini tashkil qilishi orqali foyda ko‘radi.
Odatda, offshor biznes bank sug‘urta ishi, dengiz kemachiligi, ko‘chmas mulk operatsiyalari bilan trest faoliyati, eksport-import operatsiyalari bilan konsaltingda jamlanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra hozirgi kunda offshor biznesda band bo‘lgan kapital 500 mlrd. AQSH doll.ni tashkil etib, unda qariyb 2 mln. kishi qatnashgan. Har yili bir necha minglab yangi offshor biznesga oid kompaniyalar ro‘yxatga olinadi.
Majmuaviy hududlar alohida bir ma’muriy rayonlar hududida xo‘jalik yuritish rejimiga nisbatan alohida, imtiyozli rejim o‘rnatish yo‘li bilan tashkil qilinadi. Ularga Xitoyning 5ta maxsus iqtisodiy hududlari: Braziliyadagi “Manaus” hududi, Argentinaning “Olovli er”, sanoati rivojlangan davlatlarning kam rivojlangan xududlaridagi erkin tadbirkorlik hududlarini misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Turli ko‘rinishdagi EIHlarning o‘xshash tomonlaridan biri tadbirkorlar uchun moliyaviy va bojxona, soliq imtiyozlari, shuningdek umumiy tartibga nisbatan ustunlikka ega bo‘lgan qulay investitsiya iqlimining mavjudligidir. Turli ko‘rinishdagi EIHlarda imtiyoz va rag‘batlantirishlar o‘zlarining ba’zi jihatlari bilan farq qilib, ularni to‘rt asosiy guruhga ajratib o‘rganish mumkin:
- tashqi savdo imtiyozlari. Bunga alohida bojxona-tarif rejimi kirib (ekport-import bojlarini kamaytirish yoki bekor qilish) unda tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish tartiblari soddalashtiriladi.
- soliq imtiyozlari. Bunda faoliyatning ma’lum ko‘rinishlari soliq imtiyozlari orqali rag‘batlantiriladi. YA’ni soliq bazasi (daromad, mulk qiymati va h.k.lar), shuningdek uning tarkibiy qismlari (amortizatsiya ajratmalari, ish haqiga xarajat, transport), soliqka tortilishdan yoki vaqtinchalik ozod qilinadi.
- moliyaviy imtiyozlar. O‘z ichiga turli shakldagi subsidiyalarni oladi. Ularga kommunal xizmatlarni arzonlashtirish, er maydonlari va ishlab chiqarish binolari uchun ijara haqini kamaytirish kabi , imtiyozli kreditlar kiradi.
- ma’muriy imtiyozlar. Bunga korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va xorijiy fuqarolarning kelib-ketishlarini engillashtirish, shuningdek xizmat ko‘rsatish uchun ma’muriyat tomonidan maxsus hududlarning ajratilishi kiradi.
EIHlar tashkil qilishning jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ularning umumiy yutuqlari va xususiyatlarini, shuningdek rivojlanishining o‘ziga xos tomonlari haqida ma’lum bir xulosalar chiqarishga imkon beradi. Sanoati rivojlangan davlatlardagi erkin iqtisodiy hududlarning muvaffaqiyati ularning yaxshi rejalashtirilganligiga va boshqaruv tizimining moslashuvchanligiga bog‘liqdir. Jahon xo‘jaligidagi iqtisodiy holatlarning o‘zgarib turishi erkin iqtisodiy hududlarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatib, ularga mos javob qaytarishni talab qiladi.
EIHlar tashkil qilinishi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan foydalidir. Bu hududlar ko‘plab ish o‘rinlari tashkil qilishda, xalqaro tovar ayirboshlashni jonlantirishda, tashqi savdo natijalarini yaxshilaydi, ilmiy-ishlab chiqarish salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Jahon iqtisodiyotida rivojlanayotgan davlatlarda EIHlar bir qator o‘xshashliklarga ega bo‘lib, ular quyidagilardan iborat. Birinchidan, bu davlatlarda eksport uchun ishlab chiqarish hududlari (EICHX) keng tarqalgan. YUqorida aytilganidek, EICHX tashkil qilishga qator iqtisodiy sabablar, avvalambor, eksport uchun sanoat tovarlari ishlab chiqarishni rivojlantirish, mamlakatga xorijiy kapital, ilg‘or fan-texnika, zamonaviy texnik axborotlar vositalarini jalb qilish zarurati turtki beradi. Ikkinchidan, erkin iqtisodiy hududlardagi xo‘jalik yuritish rejimi xorijiy ishbilarmonlar uchun erkinroq va imtiyozli bo‘ladi. Bu erkin iqtisodiy hududlar orasida xalqaro raqobatning kuchayishi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlardan kelib chiqadi. Uchinchidan, erkin iqtisodiy hududlar faoliyatida tovar-sanoat diversifikatsiyasi ro‘y beradi. Zamonaviy ITI yangi va yuqori texnologik ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan ilmtalab ishlab chiqarish jamlangan erkin iqtisodiy hududlarni ilg‘or o‘rinlarga olib chiqadi.
Rivojlanayotgan davlatlar orasida Xitoydagi EIHlar hozirgi kunda sezilarli rivojlanib bormoqda. 80-yillarda maxsus erkin iqtisodiy hududlarga birlashgan kichik hududlar Xitoy hukumatini 90-yillarning boshlariga kelib yirik erkin iqtisodiy hududlarga aylangan davlatlardan biri bo‘lib qolishiga sabab bo‘ldi mamlakatda, shuningdek xorijda mashhur bo‘lgan erkin iqtisodiy hududlar “SHenchjen”, “CHjuxay”, “Syamen”, “SHantou”, “Xaynan”dan tashqari texnik-iqtisodiy hududlar (20 dan ortiq) va yangi yuqori texnikani rivojlantirish hududlari - texnoparklar ham sezilarli rivojlangan. Xitoydagi “Pudun” iqtisodiy rivojlanish hududi bir necha o‘n yillar mobaynida SHanxayni Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi yirik savdo va moliyaviy markaziga aylantirgan edi.
Xitoyda EIHlarning tashkil topishi hukumat tomonidan 70-yillar oxirida e’lon qilingan ochiq tashqi iqtisodiy siyosatning natijasidir. EIHlarni rivojlantirish modelini tanlashda Xitoy rahbariyati xorijiy tajribalarini e’tiborga oldi. Singapur, Tayvan va AQSH tajribalariga alohida e’tibor berdi. EIHlarni tashkil qilishning bir qator variantlari ishlab chiqildi. Natijada ekportga, shuningdek xorijiy kapitalni jalb qilishga, ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshilashga yo‘naltirilgan EIH modeli tanlab olindi. Maxsus iqtisodiy hududlar “Ochiq eshiklar” siyosatini amalga oshirgan holda, mamlakatning boshqa tumanlarini bog‘lab turuvchi rolni o‘ynay boshladi.
90-yillarning boshida XXRning dengiz port shaharlarida, maxsus iqtisodiy hududlar – erkin bojxona hududlari ( erkin (bojsiz) savdo hududlari) tashkil topdi. Ushbu hududlar Xitoylik mutaxassislarning fikricha xorijiy davlatlarning erkin bojxona hududlaridagi modellar bo‘yicha rivojlantirilgan. Xullas, Xitoyning maxsus iqtisodiy hududlari, shuningdek boshqa imtiyozli investitsiya iqlimdagi rayonlar faoliyatining amaliyoti shubhasiz muvaffaqiyatga erishdi. Xitoylik va xorijiy mutaxassislar EIHlar erishgan yutuqlar qatoriga avvalo barqaror iqtisodiy o‘sish sur’ati, hududlarga ko‘p miqdorda xorijiy investorlarning jalb qilinishini, mehnat unumdorligining sezilarli darajada o‘sishini va nihoyat, aholi turmush tarzi darajasi o‘sishini va h.k.lar kiritadi.
Xitoydagi maxsus EIHlar davlat mulki ustunlik qilgan ko‘rinishdagi bozor munosabatlaridan foydalanish bo‘yicha tajribadir. Ma’lumki, birdaniga bozor iqtisodiyotiga o‘tish xalq uchun va milliy iqtisodiyot uchun jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin shuning uchun ham Xitoy hukumati tomonidan qabul qilinmadi. Xitoylik iqtisodchilar aytishlaricha, Xitoyning maxsus iqtisodiy hududlari XXI asrda Xitoy yashashi lozim bo‘lgan iqtisodiy modellarni sinab ko‘rish poligoni bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan.
Jahon iqtisodiyoti EIHlar rivojlanayotgan davlatlarining alohida rayonlarida ijtimoiy u yoki bu sohaning rivojlanishi uchun xorijiy kapitalni jalb qilish uchun kichik va o‘rta biznes faoliyatini jonlantirish uchun asos bo‘lolmaydi. EIHlar faoliyatining mamlakatning boshqa xududiga ta’siri juda cheklangan bo‘ladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda esa bunday masalalarga alohida e’tibor berilmoqda.
Tadqiqotlarga qaraganda, EIHlarning xorijiy kapital jalb qilishga ketadigan xarajatning o‘rta hisobda 1 doll. xorij kapitalining 4 doll.ga to‘g‘ri kelar ekan. Masalan, 80-yillarning oxiridagi XXRning 4 ta EIHda xorijiy kapital 4 mlrd. AQSH doll.ni tashkil qilgan bo‘lsa, Xitoyning o‘zi kiritgan mablag‘lari esa 22 mlrd. doll.ni tashkil qilgan. SHunday qilib amalda Xitoyda EIHlarning infratuzilmasisi markaziy davlat mablag‘lari hisobida vujudga kelgan. Xullas, erkin iqtisodiy xududlar jahon iqtisodiyotida nafaqat muvaffaqiyat, balki muvaffaqiyatsizlikka ham uchrashi mumkin. Masalan, SHri Lanka, Gvatemala, Liberiya, Senegal va boshqa davlatlarda turli ko‘rinishdagi erkin iqtisodiy hududlar nafaqat muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi, balki umuman o‘z faoliyatini to‘xtatgan ham edi. Buning asosiy sabablari siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy sabablarni ko‘rsatish mumkin. Siyosiy sabablarga mamlakatdagi umumiy siyosiy beqarorlik fuqarolar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar va boshqalar kirsa, iqtisodiy sabablarga eng avvalombor, erkin iqtisodiy hududlardagi juda murakkab investitsiya rejim haqidagi qonunchilik kiradi. EIHlardagi byurokratik bashqaruv, shuningdek investorlarni ro‘yxatga olishdagi byurakratik jarayonlarning mavjudligi, reklamaning sustligi va h.k.lar ham EIHlar taqdiriga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Download 26,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish