www.slaydlar.uz
Erkaklar shimini tikish
Reja:
1. Erkaklar shimi bo’laklari. Erkaklar shimi taqilmasiga ishlov berish usullari.
2. Shimning yuqori qismiga ishlov berish usullari.
3. Shim poychasiga ishlov berish.
1. Erkaklar shimi bo’laklari. Erkaklar shimi taqilmasiga ishlov berish usullari.
Erkaklar shimi quyidagi bo’laklarsdan iborat: old va ort bo’lak, belbog’, mag’izli ko’rinma, tugma qadash bo’lagi, izma yo’rmalash bo’lagi ya’ni (gulfik).
Gulfikka ishlov berishda tugma yoki“molniya” tasmali usul bilan ishlov beriladi. Ketma-ket ishlov berish mobaynida gulfikni o’ngiga uning astarini o’ngi qo’yib, qirqimlarini to’g’rilagan holda ichki qirqimini 0,4-0,5 sm da birlashtiriladi.
Gulfikni o’ngiga ag’darib, gulfik tomonidan 0,1-,0,2 sm kenglikda ziy chiqarib dazmollanadi va ustidan bostirma bezak chok tikiladi. Andoza orqali gulfikning belgilangan joyida izma o’rni belgilanadi va maxsus mashinada yo’rmalanadi. Old bo’lakni chap qismida taqilma o’rniga astar tagligi 0,5-0,4 sm kenglikda biriktiriladi.
Chok astar taglik tomonga bukib dazmollanadi. Old bo’lakning taqilma qismida biriktirish chokidan 0,2-0,5 sm oraliqda gulfikni astar ustiga tikib qo’yiladi va izmalar orasida 1 sm uzunlik bilan puxtalanadi.
41 – rasm. Shim tugma joyini tikish
|
42 – rasm. Shim gulfigini bostirma chok bilan tikish
|
43 – rasm. Chap old bo’lak taqilmasini tikish
|
44 – rasm. Tugma joyini shimning o’ng old bo’lagiga ulash
|
Erkaklar shimining “molniya” tasmali taqilmalarini tikish. (45 - rasm) Tugma joyini shimni old bo’lagiga biriktirish uchun ,tugma joyini tugma joyi astari bilan 0,5-0,7 sm kenglikda ag’darma chok bilan tikiladi va o’ngiga ag’darib avra tomondan 0,1-0,2 sm da ziy chiqarib dazmollanadi.
Tugma joyini taqilmaga 0,5-0,7 sm kenglikda biriktiriladi va chok yorib dazmollanadi,tugma joyi astari ichki qirqimi 0,7-1 sm kenglikda bukilib ,ustidan biriktirma chokka 0,1 sm kenglik bilan bostirib chok tikiladi.Tugma joyi pressda dazmollanadi.. Andoza orqali tugma o’rni belgilanadi va tugma taqiladi.
Tugma joyini“molniya” tasmali ishlov berishda, karsaj lenta tugma joyining tashqi qirqimiga 0,5 sm da qo’yiladi va ustida qo’yma chok bilan birlashtiriladi. Avradan ziy chiqarib dazmollanadi. Karsaj lenta bilan tugma joyini ichki qirqimi maxsus mashinada yo’rmalanadi va kichik moslama yordamida, taqilma ichkariga bukilgan holda, uning tagiga tugma joyi qo’yilib bir vaqtning o’zida bostirma chok bilan biriktiriladi.
45 – rasm. Shim taqilmasiga “molniya” tasma qo’yib tikish.
Do'stlaringiz bilan baham: |