Eritma konsentratsiyasi eritmada erigan moddaning miqdori bilan belgilanadi
Eritma konsentratsiyasi eritmada erigan moddaning miqdori bilan belgilanadi
Eritmalar termodinamikasi bo‘limida bir jinsli (gomogen) sistemalardagi chin
fizik-kimyoviy muvozanat qonunlari ko‘rib chiqiladi. Bunday sistemalarning
xohlagan nuqtasi bir xil fizik-kimyoviy xossalarga ega bo‘ladi. Eritmalar
termodinamik nazariyasining asosiy masalasi – muvozanat xossalarini eritmaning
tarkibiga va uning komponentlari xossalariga bog‘liqligini o‘rganishdan iboratdir.
Ushbu nazariya umumiy holda eritmalarning molekulyar strukturasiga va
komponentlar orasidagi molekulyar ta'sirlarning tabiatiga bog‘liq emas.
Termodinamik nuqtai nazardan eritmalar ideal, cheksiz suyultirilgan va noideal
(yoki real) eritmalarga tasniflanadi.
Ideal eritmalar. Bir xil agregat holatda olingan komponentlarni har qanday
nisbatda aralashtirish natijasida issiqlik effekti kuzatilmasa va hajm o‘zgarmasa,
entropiyaning o‘zgarishi esa ideal gazlarni aralashtirgandagi entropiyaning
o‘zgarishiga teng bo‘lsa, bunday eritmalar ideal deyiladi:
∆Н = 0
∆V = 0;
∆S = ∆Sid
Ideal eritmalarning termodinamik xossalari parsial molyar kattaliklar orqali
ifodalanadi. 1 mol eritma uchun:
Ideal eritmada har xil molekulalarning o‘zaro ta'sir energiyasi bir xil
Cheksiz suyultirilgan eritmalar. Erigan moddaning konsentrasiyasi cheksiz
kam bo‘lsa, bunday eritma cheksiz suyultirilgan deyiladi. Har qanday cheksiz
suyultirilgan eritmada erituvchi ideal eritmalar qonunlariga bo‘ysunadi, erigan
modda esa bo‘ysunmaydi. Shu sababli ideal eritmalarga taalluqli bo‘lgan barcha
tenglamalarni cheksiz suyultirilgan eritmalarda erituvchi uchun qo‘llashimiz
mumkin
Real eritmalar. Ideal va cheksiz suyultirilgan eritmalarning termodinamik
qonuniyatlariga bo‘ysunmagan barcha eritmalarni real (noideal) eritmalar deyiladi.
Real eritmalarning muvozanat xossalarini Lyuis taklif qilgan aktivlik usulida
aniqlanadi (ushbu usul haqida keyinroq to‘xtab o‘tamiz). Real eritmalar ichida
atermal va regulyar eritmalar alohida ajratiladi.
Hosil bo‘lish issiqligi nolga teng
bo‘lgan real eritmalar atermal eritmalar deyiladi, ya’ni:
∆Нaralashish = 0; ∆Varalashish= 0; ∆Saralashish ≠ ∆Sid.
Bu ideal eritmalarga xosdir, shuning uchun bunday eritmalarga energetik xossalari
nuqtai nazaridan ideal eritmalardek qarash mumkin.
Atermal eritmalarning
misolida faqat energetik o‘zgarishlarning kuzatilmasligi eritma ideal bo‘lishi uchun
yetarli shart emasligi ko‘rinib turibdi. Bunday sistemalarga misol tariqasida tabiiy
kauchuk–benzol, polistirol–n-propilasetat, poliizobutilen–benzol sistemalarini
keltiri-shimiz mumkin.
Agar noideallik asosan aralashish issiqligi bilan bog‘liq bo‘lsa, bunday eritma
regulyar deyiladi:
∆Нaralashish≠ 0; ∆Varalashish= 0; ∆Saralashish= ∆Sid.
Regulyar eritmalar
sinfi unchalik keng emas, degan fikr bor edi, bu xulosa umumiy tushunchalardan
ham kelib chiqadi
molekulalarning o‘zaro ta’sirlashish energiyasining o‘zgarishi
ularning fazodagi taqsimlanishini o‘zgartirmasligi mumkin emas, bu esa
entropiyaning ideallikdan chetlanishiga olib keladi. Shuning uchun regulyar
eritmalarning bo‘lishi mumkin emas, deb o‘ylangan.
Ammo tajribalar sezilarli ∆Н
≠ 0 qiymatlarda va yuqori haroratlarda ∆Sid≈ ∆Sreal ekanligini ko‘rsatmoqda.
Gildebrand eritmaning hosil bo‘lishida ∆Н ≠ 0 va ∆S=∆Sid bo‘lgan hol, ya’ni
entropiya xuddi ideal eritmalarnikidek bo‘lgan holni regulyar eritma deb atagan.
Ushbu nazariyada, eritmalarning boshqa nazariyalari kabi, aralashish hajmining
o‘zgarishi e’tiborga olinmaydi: ∆Varalashish= ∆Vid.
Ammo tajribalar sezilarli ∆Н
≠ 0 qiymatlarda va yuqori haroratlarda ∆Sid≈ ∆Sreal ekanligini ko‘rsatmoqda.
Gildebrand eritmaning hosil bo‘lishida ∆Н ≠ 0 va ∆S=∆Sid bo‘lgan hol, ya’ni
entropiya xuddi ideal eritmalarnikidek bo‘lgan holni regulyar eritma deb atagan.
Ushbu nazariyada, eritmalarning boshqa nazariyalari kabi, aralashish hajmining
o‘zgarishi e’tiborga olinmaydi: ∆Varalashish= ∆Vid.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Eritmalar
2. Olimov N.Q. Fizik va colloid kimyo. Toshkent, Fan, 2006.
3. http://www.kbgau.ru/studentam/files.