Olimpia o’yinlari dasturi tarkibiga erkaklar o’rtasida disk uloqtirish sport turi dastlab 1896 yilda kiritilgan, ayollar o’rtasida esa 1928 yildan boshlab foydalanilgan. 1928 yilda XXVII Olimpia o’yinlarida (Sidney shahri, 2000 yil) disk uloqtirish bo’yicha Olimpia chempionlari sifatida quyidagi sportchilar qayd qilib o’tilgan: jumladan, erkaklar o’rtasida V.Alekna (Litva) – 69,30 metr va ayollar o’rtasida E.Zvereva (Belorussiya respublikasi) – 68,40 metr. - Olimpia o’yinlari dasturi tarkibiga erkaklar o’rtasida disk uloqtirish sport turi dastlab 1896 yilda kiritilgan, ayollar o’rtasida esa 1928 yildan boshlab foydalanilgan. 1928 yilda XXVII Olimpia o’yinlarida (Sidney shahri, 2000 yil) disk uloqtirish bo’yicha Olimpia chempionlari sifatida quyidagi sportchilar qayd qilib o’tilgan: jumladan, erkaklar o’rtasida V.Alekna (Litva) – 69,30 metr va ayollar o’rtasida E.Zvereva (Belorussiya respublikasi) – 68,40 metr.
- Afina shahrida o’tkazilgan XXVIII Olimpia o’yinlarida V.Alekna (Litva) yana Olimpia chempioni sifatida qayd qilingan (69,89 metr). Ayollar o’rtasida oltin medalni N.Sadova (Rossiya) qo’lga kiritgan (67,02 metr), bronza medali esa Belorussiyalik I. Yatchenkoga nasib qilgan (66,17 metr).
- Disk uloqtirish bo’yicha erkaklar o’rtasidagi dastlabki dunyo rekordi 1912 yilda, 47,58 metr natija bilan qayd qilingan (Dj. Dunkan, AQSh); ayollar o’rtasida esa – 1936 yilda dunyo rekordchisi sifatida G.Mauermauer (Germaniya) 48,31 metr natija bilan qayd qilingan.
- Disk uloqtirish bo’yicha dunyo rekordi uzoq vaqt davomida AQShlik sportchilar qo’lida saqlangan, ayniqsa bu holat urushdan keyingi davrda yaqqol kuzatilgan. Disk uloqtirish bo’yicha texnikani takomillashtirishda sezilarli faollik ko’rsatgan sportchilar sifatida F.Gordiyen, R.Babka, D.Silvestr, A.Orter, M.Uilkins kabilar ko’rsatib o’tiladi. Shuningdek, ushbu o’rinda L.Danek (Sobiq Chexoslovakiya), R.Brux (Shvestiya), V.Shmidt (GDR), V.Trusenev va Yu.Dumchev (Sobiq ittifoq) kabi sportchilarni qayd qilib o’tish mumkin.
- Dunyo miqyosida disk uloqtirish bo’yicha kuchli sportchilar orasida yengil atletikaning ushbu turining rivojlanishiga N.Dumbadze, N.Ponomareva, T.Press, F.Melnik (Sobiq ittifoq); K.Shilberg, E.Yaal (GDR); A.Menis (Ruminiya); Z.Shilxava (Sobiq Chexoslovakiya) kabi sportchilar sezilarli hissa qo’shishgan.
- Hozirgi vaqtda disk uloqtirish bo’yicha erkaklar o’rtasida dunyo rekordi GDRlik Yurgen Shultga tegishli bo’lib, 1986 yil, 74,08 m natija qayd etgan bo’lsa, ayollar o’rtasida dunyo rekordi GDRlik Gabriela Raynshga tegishli u 1988 yil, 76,80 m natijani qayd etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |