Hujayra markazi, sentrosoma. Xozirgi vaqtda hujayra markazi deb nomlanuvchi tuzilma 1875 yilda Gertvig tomonidan ochilgan. Hujayra markazi deb, u bo‘linish dukining ustki jismidagi tuzilmani atagan. Hujayra markazi hamma hayvon hujayralarida topilgan bo‘lib, faqatgina tuxum hujayrasining yetilish davrida yo‘qoladi.
Turli hujayralar Geydengayn temir gematoksilini bilan bo‘yalganda sentrosoma ikkita sentrioladan iborat ekanligi kuriladi. Senriolalar sferik massa markazida joylashib, bu massa senroplazma yoki sentrosfera deb ataladi. Sntriolalar zich donachalar (kattaligi 0,2-0,8 mkm) holida ko‘rinib, o‘zaro ingichka tortma-sentrodesmoza bilan bog‘langan. Interfaza holatidagi hujayralarda hujayra markazi ikkita sentrioladan (diplosomadan) iborat. Bo‘linish davrida esa uning tuzilishi murakkablashib, atrofida nurli zona-astrosfera hosil bo‘ladi. Hujayra markazining tuzilishi to‘qrisidagi asosiy ma’lumotlar elektron mikroskopik tadqiqotlar natijasida mukammalashdi. Sentriola silindirsimon tanacha bo‘lib, uzunligi 0,3-0,6 mkm va diametri 0,1-0,15 mkm (23-rasm). Tanachaning devori bir-biriga parallel yotgan naychalardan tashkil topgan bo‘lib, bir-biridan gomogen, zich oraliq modda bilan ajralib turuvchi 9 guruh bo‘lib joylashadi. Xar bir guruh 3 mikronaychadan tashkil topgan bo‘lib, ularni triplet deb yuritiladi (23-rasm).
Tripletning birinchi mikronaychasi (A-mikronaycha)diametri 250 nm, devor qalinligi 5 nm bo‘lib, 13 globulyar subbirlikdan tuzilgan. Xar bir triplet uzunligi senriola uzunligiga teng. Ikkinchi va uchinchi (V va S-mikronaychalar) A mikronaychadan farq qilib, ularning devori 13 emas, balki 11 globulyar subbirlikdan tashkil topgan. Uchala mikronaycha zich yotadi. Senriolada mikronaychadan tashqari yana qo‘shimcha tuzimlar bor A mikronaychadan ikki o‘siqcha (kulcha) lar chiqib, ularning biri qo‘shni tripletning S mikronaychasiga, ikkinchisi esa sentriola markaziga yo‘nalgan. Sentriola silindirning markazida “arava G‘ildiragi” singari tuzilma bo‘lib, u “o‘q qism” va 9 ta spisadan tashkil topgan. Spisaning har biri tripletning A mikronaychasiga qarab yo‘nalgan.
Sentriolalar juft bo‘lib, o‘zaro bir-biriga perpendikulyar joylashadi va bunday joylashishi sentriolalarning bo‘linishi vaqtida qutbga tortilganida ham saqlanadi. Sentriolalar o‘qi bo‘linish o‘qini belgilaydi. Senrosferada membrana bo‘lmay, u proteinlarga boy va o‘z zichligi bilan sitoplazmadan ajralib turadi. Elektron mikroskopik tekshirishlar sentriolalar atrofida diametri 70 nm li strukturalar - “satellitlar” borligini ko‘rsatadi. Taxminlar bo‘yicha, satellitlar sentriolalar aktivligiga bog‘liq bo‘lib, doimiy bo‘lmagan tuzilmadir.
Ba’zi yumaloq nopolyar hujayralarda sentriola hujayra markazida (Salamandra leykositi), ko‘pincha esa yadro va kiritmalar hisobiga bir tomonga surilgan bo‘ladi. Ko‘p yadroli hujayralarda senriola markazda, yadro esa uning atrofida joylashadi.
Bu organellaning kichigligi va ajratib sentrifugalash mumkin bo‘lmasligi tufayli hujayra markazining kimyoviy tarkibi sitokimyoviy ma’lumotlarga asoslangan. Leykemik miyeloblast hujayralarning sentrosferasida asosiy oqsillar: gulyukoproteid, ribonukleoproteid ko‘p miqdorda topilgan. Odam nerv hujayralarning hujayra markazida karbonsuvlar, N-guruh va kislota radikallari aniqlangan. Hujayra markazida nuklein kislota ham ko‘p. Shuning uchun bu struktura reproduksiya qobiliyatiga ega.
23-rasm. Hujayra markazi (senrosoma) ning elektron mikroskopda va sxematik ko‘rinishi.
Ko‘pgina tadqiqotchilar senriolalarni bazal tanachalar yoki blefaroplastlar sodda hayvonlarda va ko‘p hujayrali organizmlarda xivchin va kiprikchalarning hosil bo‘lishi bilan ko‘rinadi. Odam embrioni yuqori nafas yo‘llaridagi kiprikchalar prebazal tanachadan, ular esa diplosomadan rivojlanadi. Spermatogenez davrida yadroga nisbatan distal joylashgan sentriola bazal tanachaga aylanib, undan esa spermatazoid dumi hosil bo‘ladi. Hujayra markazi mitotik apparatni, shu jumladan, dukchani va yulduzchani hosil qilishda rol o‘ynaydi. Xozirgi vaqtda shunisi aniqki, mitozda qutblanish hujayra markazi tomonidan bajariladi. Qutblar hujayra markazining bir-biridan qochishi natijasida hosil bo‘lib, dukning va xromosomalarning joylashishini belgilaydi.
Ba’zi tadqiqotchilar senriola naychalari va duk fibrillalari diametrining bir xilliga asoslanib, fibrillalar senriola naychalaridan hosil bo‘ladi deb fikr yuritadilar.
Hujayra markazining hosil bo‘lishi va taraqqiy etishiga oid bir necha nazariyalar mavjud. Bular: a) birlamchi senriolalarning bo‘linishi (kurtak otishi)dan; b) boshqa birlamchi strukturalardan hosil bo‘ladi degan nazariyalardir. Elektron mikroskopiya bilan shug‘ullanuvchi ko‘pchilik olimlar sentriolalar hosil bo‘lishi kurtak otish yo‘li bilan boradi, deb hisoblaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |