1. Elektron hukumat tizimi Janubiy Korea, Gonkong, Yaponiya, Singapur elektron hukumat tizimini yaratish tajribasi



Download 30,32 Kb.
bet2/3
Sana14.07.2022
Hajmi30,32 Kb.
#800338
1   2   3
Bog'liq
Elektron hukumat tizimini yaratish bo

Koreya Respublikasi
Janubiy Koreya onlayn xizmatlar ko‘rsatishda dunyoda yetakchi (1.000 ball, OSI), Osiyoda eng yuqori EGDI ko‘rsatkichiga ega. Hukumatning elektron hukumat strategiyalari har besh yilda joriy etilib, sohani rivojlantirish rejalari bilan mustahkamlab boriladi.
Elektron hukumatning 2020 yilgi bosh rejasi davlat siyosatining empirik asoslangani, ilmiy asosga qurilgani va fuqarolar uchun ochiq, innovatsion hukumatga erishishga yo‘naltirilganligini kafolatlaydi. Bundan tashqari, «Aqlli hukumat» bosh rejasi davlat boshqaruvida innovatsiyalar uchun sun’iy intellekt (SI) va ma’lumotlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish bazasini qurish, shuningdek, fuqarolarning, ayniqsa, eng kam himoyalangan guruhlarning o‘ziga xos ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan xizmatlarni proaktiv taqdim etish uchun asos yaratadi.
Aqlli hukumatni amalga oshirish strategiyasi barqaror raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratishga yo‘naltirilgan ma’lumotlar va sun’iy intellektni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi Ma’lumotlar va sun’iy intellekt iqtisodiyotini rivojlantirish rejasida aks ettirilgan. Blokcheyn sohasini rivojlantirish bosh rejasi, «Aqlli shahar»ni amalga oshirish strategiyasi va Yangi sanoat-texnologik yo‘l xaritasi kabi davlat mexanizmlari jamiyat manfaatlari hamda davlat boshqaruvini yaxshilashga xizmat qiluvchi yangi texnologiyalarni jadal rivojlantirishda yordam bermoqda.
Mavjud tashabbuslarga qo‘shimcha ravishda, Hukumat elektron ishtirok (e-People), ochiq ma’lumotlar (data.go.kr) va elektron xaridlar (KONEPS) uchun platformalarni taqdim etadi.
Mamlakatning elektron hukumatga oid qonunchilik bazasi shaxsiy ma’lumotlarni, axborotlarni, shaxslarning raqamli xavfsizligi va raqamli identifikatsiyalashga qaratilgan («Raqamli imzo to‘g‘risida»gi qonun, 2017 yil).
Singapur
Davlat texnologiyalari agentligi — Singapurda elektron davlat xizmatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga mas’ul tashkilot.
Singapur 2014 yildan elektron hukumatning ajralmas qismi — Smart Nation tashabbusiga kirishdi. 2018 yilda ma’lumotlardan yaxshiroq foydalanish, yangi texnologiyalarni egallash, Smart Nation strategiyasini qo‘llab-quvvatlash, raqamli iqtisodiyot va raqamli jamiyatni barpo etishga qaratilgan ulkan katta sa’y-harakatlarni amalga oshirish uchun Elektron hukumat loyihasi ishlab chiqildi.
Singapurda elektron ishtirok (reach.gov.sg), elektron xizmatlar (citizenconnectcentre.sg), ochiq ma’lumotlar (data.gov.sg) va davlat xaridlari (gebiz.gov.sg)ga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan portallarga kirishni ta’minlovchi yagona oyna ko‘rinishidagi davlat portali (Gov.sg) mavjud.
Mamlakat hukumati, bundan tashqari, fuqarolar uchun ijtimoiy sug‘urta jamg‘armalarini rejalashtirish va kuzatib borish hamda davlat xizmatlari bilan bog‘liq muammolar haqida xabar berish uchun raqamli platformalarni yo‘lga qo‘ygan.
Singapurda Elektron hukumat bilan bog‘liq huquqiy mexanizmlar 2012 yilda qabul qilingan Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun, shuningdek, kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.


Download 30,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish