1. Elektr filtrlar. Kichik chastotali filtrlar
Bajardi: 43-12-guruh talabasi Ismoilov Akmaljon
Qabul qildi: fan o’qtuvchisi. Yusupova F
Mustaqil ish
Farg’ona Politehnika Instituti
Energetika Fakulteti
Reja:
1.Elektr filtrlar.
2.Kichik chastotali filtrlar.
3.Yuqori chastotali filtrlar.
ELEKTR FILTRLAR
Filtrlar asosan radiotexnikada, avtomatika va telemexanika qurilmalarida va ovoz texnikalarida signallarni ajratish yoki tekislash uchun xizmat qiladi. Filtrlarni ishlashi asosida induktivlik bo‘lib, yuqori chastotali toklarni ushlab qolib, kichik chastotali toklarni o‘tkazish yotadi (doimiy tashkil etuvchi toklar). Shuningdek, sig‘imlar yuqori chastotali toklarni o‘tkazib, kichik chastotali toklarni ushlab qoladi va tokning doimiy tashkil etuvchisini ham umuman o‘tkazmaydi.
Har qanday filtr har xil ko‘rinishda ulangan sig‘imlar (C) va induktivlik (L) lardan tashkil topadi va o‘zidan biron-bir chastota oralig‘idagi signallarni o‘tkazadi yoki o‘tkazmaydi
ELEKTR FILTRLAR
Kichik chastotali filtrlar o‘zidan kichik chastotali signallarni o‘tkazadi. Kichik chastotali toklar induktiv g‘altagidan oson o‘tadi, kondesatordan esa juda yomon o‘tadi. Induktivlik g‘altaklaridan tuzilgan kichik chastotali L, C filtrlarining sxemasi va xarakteristikasi (a,b) da ko‘rsatilgan.
С
L1
L2
I
f
b)
a)
T-ko‘rinishdagi kichik chastotali filtr (a) va uning xarakteristikasi (b).
Yuqori chastotali filtrlar
Yuqori chastotali toklar kondensatorlardan yaxshi o‘tib, g‘altakda tutiladi. Shuning uchun kichik chastotali filtrlar, rezonans chastotasidan oshgan toklarga qarshilik ko‘rsatadi. Yuqori chastotali toklar kondensatorlardan oson o‘tadi, induktiv g‘altaklaridan juda yomon o‘tadi. Yuqori chastotali filtrlarning sxemasi va xarakteristikasi (a,b) da keltirilgan.
L
С1
С2
I
f
b)
a)
Oraliq filtri
Oraliq filtri ma’lum bir chastotadagi yoki chastota oralig‘idagi signallarni o‘tkazadi, qolganlarini esa tutib qoladi. Oraliq filtrining sxemasi (a) va xarakteristikasi (b) da ko‘rsatilgan.
С
L
I
f
b)
a)
Bunday filtr rezonans chastotasiga to‘g‘ri kelgan chastotadagi tokni bemalol o‘tkazish va boshqa chastotalardagi toklarni ma’lum miqdorda ushlab qolish imkoniyatiga ega.
Oraliq filtr zanjiri L1C1 orqali ma’lum U kuchlanishni apparatga o‘tkazishga mo‘ljallangan. L2C2 belgilangan rezonans chastotasiga moslangan Bu kontur belgilangan chastotani tebranishiga katta qarshilik ko‘rsatadi. Buning oqibatida oraliq filtrdan faqat ma’lum chastotadagi signal o‘tadi, undan yuqori va kichik chastotaga to‘g‘ri keladigan signallar apparat qismiga o‘tmaydi.
To‘suvchi filtrlar
To‘suvchi filtrlar asosan ma’lum chastotadagi toklarni ushlab qolib, shu oraliqqa to‘g‘ri kelmaydiganlarini hammasini o‘tkazadi. Bunday filtrning sxemasi (a) va xarakteristikasi (b) da keltirilgan.
С2
L1
L2
С1
a)
b)
I
f
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |