14. Ekoturizmning turlarini ta’riflab bering.
O‘tgan asrning 80-yillarida ekoturizmni rivojlantirishni birinchilardan bo‘lib boshlagan AQSH, Kanada va Yevropa davlatlari bo‘ldi. Bu davlatlar hali ekoturizmning ilmiy nazariyasi, tamoyillari, amaliyoti va turlari to‘liq yaratilmaganligidan ekoturizmni o‘z davlatlarida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha nomladilar;
Yumshoq turizm – Germaniyada;
Yumshoq turizm – Angliyada;
Tog‘ turizmi – Fransiyada;
Tabiat turizmi – Rossiyada, AQSHda;
Yashil turizm, Sarguzasht turizmi – Italiyada;
Qishloq turizmi-Yevropa davlatlarida;
Ekologik turizm yoki ekoturizm – XX asr boshlaridan
AQSH, Kanada va Yevropa davlatlarida, Avstraliya, Malayziya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda. Hozirda ekoturizmni quyidagi 4 yo‘nalishdagi turlarga bo‘lishadi:
Ilmiy ekoturizm.
Tabiat tarixi ekoturizmi.
Tabiat qo‘riqxonalari va rezervatsiyalari ekoturizmi.
Sarguzasht ekoturizmi.
Ilmiy ekoturizm asosan tabiat qo‘riqxonalarida, milliy parklarda, biosfera qo‘riqxonalarida, tabiat buyurtmaxonalarida amalga oshiriladi. O‘zbekistonda ham shunday. Bizning tabiat qo‘riqxonalarimizda ommaviy ekoturizmda foydalanishga hozirgacha ruxsat berilganicha yo‘q. Faqat ilmiy maqsadlarda foydalanish mumkin. Milliy bog‘larimizdan ommaviy ekoturizmda va rekreatsiyada foydalanish mumkin va foydalanilmoqda.
15. O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish mintaqalari.
Respublikamizda ekoturizmni rivojlantirishning asosi bo‘lgan ekologik resurslarning bir qismi mazkur ishning kirish qismida keltirildi. O‘zbekistonning butun hududlari dengiz sathidan belgilanganda bir-biridan tabiiy ekologik jihatdan farqlanuvchi 5 ta vertikal mintaqalarga bo‘linadi. Bu mintaqalarning iqlimi, o‘simliklar dunyosi va hayvonot olami ham turli-tuman. Shuningdek, chet ellik turistlarni qiziqtiruvchi 4 ta fasl ham ekoturizmning muhim resurslari hisoblanadi. Bu ekologik turizm resurslariga 11 ta yirik daryolarimiz va 55 ta suv omborlari havzalarini ham qo‘shish mumkin.
1. Cho‘llar mintaqasi dengiz sathidan 400–500 metr balandlikdagi joylarni o‘z ichiga oladi va O‘zbekiston Respublikasi hududlarining 70% ini ishg‘ol qiladi, o‘simliklari – 498 tur. Shulardan 64 turi shifobaxsh o‘simliklar, 273 turi chorva mollari uchun ozuqaviy xususiyatlarga ega bo‘lgan o‘simlik turlari hisoblanadi.
2. To‘qayzorlar mintaqasi. Respublikamizning Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron kabi daryolari sohillarida to‘qaylar alohida mintaqalar holida uchraydi. To‘qaylar o‘ziga xos tabiat landshaftlari bo‘lib, siyrak, zax o‘rmon va chakalakzorlardan iborat. To‘qaylar turli hayvonlar yashashi uchun muayyan sharoitga ega. To‘qaylar ekoturizmning eng qiziqarli resurslaridir.
3. Adir mintaqasi okean sathidan 1000–1200 metrdan 2700– 2800 metrgacha bo‘lgan balandliklarni o‘z ichiga oladi. Balandlikka ko‘tarilgan sari havo harorati pasayib yog‘inlar miqdori orta boradi. Vatanimiz tabiatidagi adirlar mintaqasida nafaqat ekologik turizmni balki, qishloq turizmini, agroturizmni rivojlantirish imkoniyatlari bor.
4. Tog‘lar mintaqasi. Tog‘larda yoz salqinroq, cho‘ldagiga nisbatan qisqaroq bo‘ladi. Tog‘larimizda 1048 tur o‘simliklar o‘sadi. Shifobaxsh, dorivor o‘simliklarga boy mintaqa. Okean sathidan 1400 metrdan 2500 metrgacha balandlikda archa daraxti o‘sadi. Archa yog‘ochi mustahkam, qimmatbaho daraxt bo‘lib, uzoq umr ko‘radi.
5. Baland tog‘ mintaqasi dengiz sathidan 2700 – 2800 metrdan balandda joylashgan bo‘lib bu mintaqaning maydonlari uncha katta emas. Mintaqadagi sovuq va nam iqlim sharoitida och qo‘ng‘ir va o‘tloq tuproqlar hosil bo‘ladi. Baland tog‘ mintaqalari subalp va alp o‘tloqlaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |