1. Ekologiya huquqi uning predmeti va obektlari



Download 30,17 Kb.
bet1/5
Sana14.07.2022
Hajmi30,17 Kb.
#795686
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ekologiya huquqi asoslari


Ekologiya huquqi


Reja:

  1. Ekologiya huquqi uning predmet iva obektlari.

  2. Ekologiya tizimi tushunchasi.

  3. Ekologik javobgarlik tushunchasi.


1. Ekologiya huquqi uning predmeti va obektlari.
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish muammolari keskinlashib, o’ta ziddiyatli tus olgan hozirgi davrda tabiat va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni muvozanatga keltirish asosiy vazifalardan xisoblanadi, Tabiat, inson va jinoyat o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik muammosi abadiy muammolardan biridir. Tabiat jamiyatning yashash muhiti, uning moddiy va manaviy ehtiyojlarini qondirish manbai hisoblanadi. Jamiyat tabiat rivojlanishining oliy bosqichi bo’lib, alohida sotsial mazmunga ega. Tabiat va o’zaro o’zviy bog’langan, bir butun materiyaning ikki qismi, o’ziga xos sotsioekosistema hisoblanadi. Tabiat va jamiyatning o’zaro aloqadoolik tizimida inson markaziy o’rin egallaydi. Inson bir vaqtning o’zida ham tabiat, ham jamiyatning ajralmas qismi bo’lib, biosotsial mohiyatga ega. Modda va energiya almashinuvi tabiat mavjudligining asosidir. Materiya xarakatinshg yuqori shakli bo’lgan jamiyat tabiatning alohida "insoniylashgan" qismi sifatida yashaydi va rivojlanadi.
Jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida uning tabiatga bo’lgan munosabati ham o’zgarib borgan. Ibtidoiy jamoa tuzumida insoniyat tabiat sezilarli ta’sir o’tkazmagan. Quldorlik tuzumida dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi tabiatga ta’sirning keskin kuchayishiga sabab bo’lgan. Feodalizm tuzumida mehnat vositalarining takomillashuvi, aholi sonining ortib borishi natijasida insonning ta’sir doirasi va surati o’sib borgan. Kapitalistik iktimoiy-iqtisodiy tuzum qaror topishi bilan fan va texnika rivoji, sanoat, transportning vujudga kelishi, tabiiy boyliklarning tezkor o’zlashtirilishi tabiatga tasirning yuqori darajasiga etkazdi. Atrof-muhitning zararli chiqindilar bilan ifloslanishi muammosi kelib chiqdi. Tabiat va jamiyat o’rtasida o’ziga xos antropogen modda va energiya almashinuvi vujudga keldi. Antropogen modda almashinuvi ya’ni hom ashyolarni tabiatdan oshig’i bilan olinishi va zararli chiqindi holida atrof muhitga tashlanishi tabiat va jamiyat o’rtasidagi amaliy muvozanatning buzilishiga olib keldi. Tabiat va jamiyat munosabatlarining rivojlanishida biogen, antropogen va texnogen(noogen) bosqichlar ajratiladi.
Tabiiy muhit holatining inson ta’sirida o’zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta’sir ekologik muammolarni keltirib chiqardi, Mahalliy, mintaqaviy va umumsayyoraviy ekologik muammolarni ajratish mumkin. Ayrim yirik shahar sanoat markazlari alohida tumanlarda mahalliy, Orolbuyi, Chernobilda mintaqaviy ekologik tang vaziyatlar vujudga kelgan. Ozon tuynuklari muammosi, kislotali yomg’irlar, cho’llashish, Dunyo okeanining ifloslanishi va boshqalar umumsayyoraviy ekologik muammolar hisoblanadi. Er yuzida ekologik tang vaziyatli hududlarning keskin ko’payishi umumsayyoravny ekologik inqiroz havfining real ekanligini ko’rsatadi. Agar keyingi 30-40 yil ichida ekologik muammolarni hal qilish uchun barcha zarur chora tadbirlar ko’rilmasa ekologik inqiroz muqarrardir.
Ekologiya deganda organizmlarning o’zaro va muhit bilan alo-qadorligini o’rganadigan biologik fan tushuniladi. Shuning bilan birga ekologiya deganda inson va organizmlarning yashash muhiti holati, organizmlar (shu jumladan inson) va muhit o’rtasidagi o’zaro ta’sir muammolarini o’rganishga alohida ilmiy yondashish (ekologik yondashishi) ham tushuniladi.
Tabiatni muhofaza qilish deganda hozirgi va kelgusi avlodlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni musaffo holida saqlashga ajratilgan, ilmiy asosda amalga oshiriladigan mahalliy, davlat va xalqaro tadbirlar majmuasi tushuniladi. Tabiatni muhofaza qilish deganda kompleks fan ham nazarda tutiladi. Demak, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish tushunchalari alohida mazmun va maqsadga ega bo’lgan tushunchalardir. Ekologiya tabiati muhofaza qilishning nazariy asosi hisoblanadi.
Atrof muhitni muhofaza qilish, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish tushunchalari tabiatni muhofaza qilish tushunchasiga ma’nodoshdir.


  1. Download 30,17 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish