1. Ekologik ahvol va ekologik vaziyat to’g’risida tushuncha Ekologik vaziyatlar va ularning geografik joylashuvi


O’zbekistonda ekologik xavfsizlikni ta’minlash



Download 106,5 Kb.
bet5/12
Sana30.12.2021
Hajmi106,5 Kb.
#90045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-dars

4. O’zbekistonda ekologik xavfsizlikni ta’minlash. Ekologik xavfsizlikni ta’minlash endilikda birinchi darajali va kechiktirib bo’lmaydigan vazifaga aylandi. Chunki, ichimlik suvlarining ifloslanganligi, joylarda atmosfera havosini chiqindilar bilan jiddiy to’yinganligi, buning natijasida aholi orasida turli kasalliklar tarqalganligi, sug’orma yerlarni sho’rlanib, yaylovlarning mahsuldorligini pasayib borayotganligi qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga salbiy ta’sir etayotganligi mamlakat miqyosida tub o’zgarishlarni amalga oshirish zarurligini uqtiradi.

Ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasida bir qator bir-birlari bilan bog’liq bo’lgan tugunli masalalarni hal qilish lozim bo’ladi. Birinchi galda ekologik (bioekologik, geosistemali, biosfyerali) monitoringni amalga oshirish ustuvor ahamiyatga ega. O’zbekistonda bu turdagi monitoring hozirda turli muassasalar va tashkilotlar tomonidan amalga oshirib kelinmoqda, lekin ularning ko’lami va egallagan hududi hozirgi talabga mutlaqo javob byermaydi. Chunonchi, tuproqning sanoat va kimyoviy ashyolar bilan ifloslanishi (Respublika BoshGidromet xizmatiga yuklatilgan) faqat ayrim qishloq jamoalari hududi bo’yicha nazorat qilinadi. Bunda barcha viloyatlarning sug’oriladigan yerlari nazarda tutilmagan, hech bo’lmaganda har bir viloyat bo’yicha tanlab olingan testli jamoa xo’jaliklarini ma’lum uchastkalari nazarda tutilganda maqsadga muvofiq bo’lar edi. Faqat shundagina respublika hududi bo’yicha sug’orma yerlarni texnogen ifloslanishi bo’yicha tegishli xulosa chiqarish mumkin bo’ladi. Xuddi shunday ahvol suv havzalarining ifloslanishi, atmosfera havosining chiqindilar bilan to’yinishi va boshqa sohalarda ham mavjud, ularning belgilangan me’yorda bo’lishi tabiiy muhit bo’yicha zarur bo’lgan monitoring axborotlarini olish va mavjud ekologik vaziyat to’g’risida aniq xulosa chiqarishga imkon byeradi.

Ekologik ekspyertiza yangi quriladigan sanoat korxonalari uchun xos. Lekin mantiqan qaraganda ishlab turgan barcha sanoat korxonalari, gidrotexnik inshoatlar va boshqa muhandislik ob’ektlar uchun muntazam ekspyertiza o’tkazish zarur. Atrof-muhitni aslida eskidan ishlab kelayotgan sanoat korxonalari ifloslab kelmoqda. Binobarin, ekologik ekspyertiza barcha korxonalarni nazoratga olishi shart. Shundagina tabiiy muhitda tozalanish boshlanishi mumkin.

Ekologik vaziyatni boshqarish va tegishli tadbirlar majmuasini qo’llash uchun negiz sifatida turli masshtablarda ekologik va tabiatni muhofaza qilish xaritalarini yaratish joiz. Bu xaritalar respublika hududida mavjud ekologik vaziyatlarni nazorat qilish, ularning tadrijiy o’zgarishlarini o’rganish, tegishli chora-tadbirlarni rejalashtirish imkonini byeradi. Mavjud xaritalar muvaqqat bo’lib, ularning har yili yangi ma’lumotlar bilan yangilab turilishi amaliy ahamiyat kasb etadi. Har bir viloyat ma’lum masshtabda ekologik va tabiatni muhofaza qilish xaritalarga ega bo’lishi va disketlarga tushirilib kompyutyerlar orqali mutaxassislar hamda rahbariyat (shahar, viloyat hokimlari, Respublika Vazirlar Mahkamasi)ga foydalanish uchun topshirilishi darkor. Kompyutyerlar orqali aloqa barcha viloyatlardan olingan tasvirlar yordamida Toshkentda respublika bo’yicha jamlanma monitoringli axborot olinish imkoni bo’ladi.

Tabiatni muhofaza qilish bo’yicha chiqarilgan barcha Oliy Majlis qonunlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, ko’rsatmalari va boshqa me’yoriy hujjatlari o’z vaqtida bajarilishi va ularga amal qilinishi lozim. Qonunga hurmat tabiatga ham hurmatni bildiradi.

Ekologik xavfsizlikni ta’minlash shuningdek, me’yoriy ko’rsatkichlar, REM va boshqa qabul qilingan ma’lum andozalarga rioya qilishga ham bog’liqdir. Sanoat, avtotransport chiqindilari eng kam xavfsiz ko’rsatkichlarga qadar kamaygan bo’lishi, ikkilamchi resurslar to’liq qayta ishlanib ulardan foydali elementlar ajratib olinishi zarur. Eng muhimi, isrofgarchilikka chek qo’yilib, tabiatdan ehtiyojga yarasha boyliklarni ajratib olib, chiqindilarni chiqarmaslik tamoyilida ish tutishga o’tishdan iborat. Tabiatdan boyliklarni olishda “kim oshdi” tamoyilidan voz kechib uni boyitish, resurslarni qayta tiklash, kamayib borayotganlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, bu borada muqobil variantlar, ya’ni o’rnini bosadigan boshqa resurslardan foydalanishga o’tish kabi tamoyillarni barcha joylarda, hamma ishlab chiqarish korxonalarida qo’llashga o’tish tabiatni asrash, uni e’zozlash o’z navbatida ekologik xavfsizlikni ta’minlashni kafolatlaydi.




Download 106,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish