Yupqa devorli fazoviy yopma sxemasini inshoot vazifasi, uning me’moriy yechimi hamda qurilish uslubiga ko‘ra tanlanadi. Yupqa devorli fazoviy konstruktsiyalariniqurish jarayonida yopma konstruktsiyalariga kam mehnat sarflanishi, ulanadigan joylarini montaj qilish soddaligi, montaj qilish vositalari yaqin joyda joylashishi yig‘ish jarayonida kam sonli tirgak moslamalaridan foydalanish talablariga javob berishi kerak. Yaxlit yopmalarda ko‘chma yoki ko‘p marta ishlatiladigan qoliplardan foydalanish imkoniyati ko‘zda tutilishi lozim. - Yupqa devorli fazoviy yopma sxemasini inshoot vazifasi, uning me’moriy yechimi hamda qurilish uslubiga ko‘ra tanlanadi. Yupqa devorli fazoviy konstruktsiyalariniqurish jarayonida yopma konstruktsiyalariga kam mehnat sarflanishi, ulanadigan joylarini montaj qilish soddaligi, montaj qilish vositalari yaqin joyda joylashishi yig‘ish jarayonida kam sonli tirgak moslamalaridan foydalanish talablariga javob berishi kerak. Yaxlit yopmalarda ko‘chma yoki ko‘p marta ishlatiladigan qoliplardan foydalanish imkoniyati ko‘zda tutilishi lozim.
- Yupqa devorli fazoviy yopmalar konstruktsiyalari butunligicha yoki uning ayrim qismlari mustahkamlik, ustivorlik, yoriqbardoshlik hamda foydalanish, tayyorlash, tashish va tiklash, hususan, zavod sharoitida yiriklashtirilgan montaj qilishda, vaqtincha tayanchlarni aylantirish uchun belgilangan me’yoriy yuklar ta’sirida siljish talablariga javob berishi zarur.
- Yupqa devorli fazoviy konstruktsiya elementlarni tayyorlash, tashish va montaj qilish jarayonida zaruriy mustahkamlik va bikrlikni ta’minlash maqsadida ularni, odatda, sirti bo‘yicha chekkasi bikir moslama bilan ta’minlanadi. Bu holda qobiq qobirg‘ali bo‘ladi.
Yig‘ma qobiq elementlar chok konstruktsiyasi unga ta’sir etayotgan kuchlar tavsifi va qiymatiga ko‘ra tanlanadi. Hamma hollarda ham ulanish choklari beton bilan to‘ldiriladi. Chok to‘liq yopilishi uchun elementning qalinligi chok atrofida 100 mm oshmasa chokning enini 30 mm,agar 100mm oshsa 50 mm kam bo‘lmagan kattalikda belgilanadi. - Yig‘ma qobiq elementlar chok konstruktsiyasi unga ta’sir etayotgan kuchlar tavsifi va qiymatiga ko‘ra tanlanadi. Hamma hollarda ham ulanish choklari beton bilan to‘ldiriladi. Chok to‘liq yopilishi uchun elementning qalinligi chok atrofida 100 mm oshmasa chokning enini 30 mm,agar 100mm oshsa 50 mm kam bo‘lmagan kattalikda belgilanadi.
- Agar qobiq yig‘ma elementlari ulangan joylari orqali markaziy yoki nomarkaziy siquvchi kuch va katta bo‘lmagan siljituvchi kuch ta’sir qilsa, u holda ulangan joy loyixaviy armaturalanadi va armatura ustma-ust ulanadi.
- Ulangan joy orqali ta’sir etayotgan cho‘zuvchi va siquvchi kuchlar, choklarda ko‘zda tutilgan armatura tomonidan qabul qilinishi mumkin; qobiq yig‘ma elementlarning ulanish joylaridagi armaturalar chiqib turgan qismlari payvandlab yoki armaturaga payvandlanadigan qo‘shimcha detallar yordamida biriktiriladi, montaj jarayonida ular o‘zaro qo‘shimcha detallar yordamida ulanadi. Qo‘shimcha detallarning kesim yuzasi va payvand choklar uzunligi hisob orqali aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |