Тo’zitgich tumshu’gidan bir daqiqa davomida ikki tomchidan ortiq yonil’gi yi’gilib tomsa, bunday to’zitgich ishlatishga yaroqsiz deb hisoblanadi. Bu holatda plunjer juftligi yangisiga almashtirilishi lozim.
Agar richag (7) bir daqiqada 7080 marta tebratilganda yonil’gi to’zitgichning har bir teshigidan tomchilamasdan, oqish konusining ko’ndalang kesimi bo’yicha bir tekisda chiqib tumanga o’xshash holatda purkalsa, changlatish sifati qoniqarli deb hisoblanadi.
| 4.7-rasm. Forsunkalarga xizmat ko’rsatish uskunasi mod. CNC |
Ushbu CNC-601/602/801 uskunasi (4.7-rasm) barcha turdagi-elektromagnitli va mexanik forsunkalarni tekshirish va ultratovush bilan tozalash, avtomobilning ta’minot tizimini, hamda kiritish klapanlari va yondirish kamerasini forsunkalarni yechmagan holda solvent bilan tozalash uchun xizmat qiladi.
Uskuna modellari qo’z’galuvchan ustun va bir vaqtda o’rnatiladigan forsunkalar soni bilan farqlanadilar:
4.1-jadval
CNC-601
|
Bir vaqtda 6-ta forsunka tekshirilishi mumkin
|
Qulay qo’z’galuvchan ustunga ega
|
CNC-602
|
Bir vaqtda 6-ta forsunka tekshirilishi mumkin
|
Ustunsiz, stolga o’rnatiladi
|
CNC-801
|
Bir vaqtda 8-ta forsunka, hamda ikkita 4-silindri dvigatelni tekshirilishi mumkin
|
Qulay qo’z’galuvchan ustunga o’rnatilgan
|
|
4.8-rasm. Yuqori bosimli yonil’gi nasosi (YuBYoN)ni sinash va rostlash jihozi, mod. DD10-01
Jihoz tavsifi:
-sikl davomidagi taminoti 200 mm/sikl;
-plunjer diametri 12 mm gacha;
-8 seksiyali asinxron elektrodvigatel quvvati 7,5 kVt;
-chastota o’zgartirgich MITSUBISHI;
|
Har xil turdagi yuqori bosimli yonil’gi nasosi (YuBYoN)ni sinash va rostlash jihozi (11.8-rasm.) 8-seksiyagacha bo’lgan YaMZ-236, YaMZ-238, YaMZ-236 BE(NE), YaMZ-236 M2, YaMZ-236A, KamAZ-740, KamAZ 7408, ZIL-645, ZIL-0550, GAZ-5424, GAZ-5441, KDZ-744, D-65, D-260, 64NSP 18/22, 6DM-21A, DGR 200/750, D-245.12, SMD-31, SMD-31B, SMD-62, SMD-62AТ, SMD-31/32, A-01M, A-01 ML, A-01 MТG, A-41E, D-440, SMD-60, SMD-72, SMD-64 diagnostikalash va rostlash uchun xizmat qiladi. ТN, UТN, ND, 4UNТM, LSТN turidagi, PVA, PVB, PESA, PEA, PECM, PPM(f), JPH, WSK, PES, CAV, BOSCH VE turidagi YuBYoNlari buyurtma asosida keltiriluvchi qo’shimcha jihozlar yordamida rostlanadi. Diagnostikalash YuBYoN yuritish vali aylanishlar chastotasini shakllantirish bilan, yonil’gining harorati va bosimini o’lchash, sikl davomida yonil’gining yuborilishi, sinaluvchi ob’ektga yuborilayotgan yonil’gi sarfi, yonil’gi sachratish burchagining boshlanishi, sachratishni ilgarilatish muftasining burilishi, sachratish boshlanishi burchaklarining o’gishlari aniqlash orqali amalga oshiriladi.
|
4.9-rasm. YuBYoNni sinash jihozi.
|
4.2-jadval
YuBYoNni sinash jihozi modeli
|
YuBYoN seksiyalari soni
|
Jihoz turi
|
EPS 604
|
8-gacha
|
tejamli
|
EPS 807/815
|
12-gacha
|
universal
|
MGT
|
12-gacha
|
Menzurkali tizimli, ekologik tizimga muvofiqlashtirilgan, yonil’gi bu’glanuvchanligini kamligi xavfsizlikni ta’minlaydi
|
KMA
|
12-gacha
|
Sinaluvchi kattaliklar va o’lchash natijalarini saqlash uchun katta hotiraga ega. O’lchanuvchi kattaliklarni tasvirlash uchun rangli ekran bilan taminlangan. Chegaraviy qiymatlardan ortib ketish holatlari rang bilan tasvirlanadi. Yuboriluvchi yonil’gini tinimsiz qayd etilishi o’lchash vaqtini qisqartiradi.
|
2.Dvigatelni boshqarish modulini, elektr jihozlarni diagnostikalash jihozlari. Skanerlar.
Generatorning elektr qismining nosozligi o’ramining massa bilan tutashuvlar hosil qilishdan iborat. Bu nazorat lampasi yoki 220550 V (bir daqiqa mobaynida tok hosil bo’lishi kerak) kuchlanishli voltmetr bilan aniqlanadi. Shuningdek, E-214 M nazorat-sinash priborlarida ham tekshiriladi.
AKBni zaryadlashni bevosita avtomobilning o’zida E-410 qurilmasi yordamida, tezkorlik bilan amalga oshirish mumkin.
Rele-sozlagichning sozligini tekshirishda quz’galmas, quz’galuvchan va eltuvchi E-214 turdagi jihozlardan foydalaniladi.
Nosoz starter avtomobildan yechib olinib, E-211 va boshqa nazorat-sinov o’rnatmasida tekshirilgandan so’ng, rostlanadi yoki ta’mirlanadi.
Starter sozlab bo’lingandan so’ng, dvigatelga o’rnatilishidan oldin 532 M yoki E-211 turdagi nazorat-sinash uskunalarida tekshiriladi.
Тaqsimlagichga ТХKda tashqi qarov va unda yoriq borligi aniqlanganda, almashtirish, quygan elektrodlarni va rotor plastinkalarini tozalash, boshlan’gich yonish burchagining ilgarilishini tekshirish ishlari bajariladi. Boshlan’gich yonish burchagining ilgarilishini tekshirish E-102 turidagi ko’chma stroboskop asbobi yordamida bajariladi.
Ilgarilanish burchagining o’rnatilishinig to’’griligi (markazdan qochma vakuum regulyatorlari ishlamagan holda) dvigatel qizigan holatida, tirsakli val minimal chastota bilan aylanganda tekshiriladi.
O’t oldirish shami avtomobilning o’zida, ТХK paytida ossillografli E-206 yoki E-205 qo’z’galuvchan elektronli jihozlardan foydalanib tekshiriladi. Тekshirish natijasida olingan ossillogrammani andozada bilan taqqoslab, shamning ishchanligi aniqlanadi. Тekshirish paytida, ossillograf yondirish tizimining birinchi va ikkinchi zanjiri turli nuqtalariga ulanadi. Vaqti-vaqti bilan (610 ming km dan keyin) E-203 moslamasi yordamida sham tozalanadi, so’ngra tekshiriladi.
Moslama ikki qismdan iborat bo’lib, birinchisi shamni tozalash moslamasi, ikkinchisi uchqun hosil qilishini va germetikligini tekshiruvchi E-203 P asbobidir.
|
|
4.10-rasm. Avtomobil skaneri, mod. X-431
|
4.11-rasm. Portativ motor-tester, mod.KES-200
|
Do'stlaringiz bilan baham: |