48.Qаdimgi Turоndа diniy-fаlsаfiy qаrаshlаrning vujudgа kеlishi vа rivоjlаnishi. Tayanch atamalar: Zаrdushtiylik. Аvеstоning diniy-fаlsаfiy tаhlili. Mоniylik. Buddizm g’оyalаrining O’rtа Оsiyogа qаdimgi dаvrdа tаrqаlishi. Qadimgi Turon zaminida dastlabki diniy-falsafly qarashlar miloddan oldingi VIII—V asrlardayoq shakllana boshlangani ma’lum.Miloddan awalgi VI asrdan to milodning HI asrigacha bu yerda zardushtiylik va u bilan bogliq bolgan dualistik dunyoqarash tarqalgan edi. Zardushtiylik faqat din bo‘lib qolmay, balki o ‘sha davrning hukmron mafkurasi,ijtimoiy-siyosiy, axloqiy- falsafiy qarashlarining mushtaraklashgan ifodasi edi.Zardushtiylikning nazariy asosi bundan 2800 yil oldin yozilgan ,,Avesto“ adabiy yodgorligining mazmuniga kirgan diniy- falsafiy g‘oyalardir.,,Avesto“da qadimgi kishilaming inson, ijtimoiy munosabatlar, tabiat va uni bilish yollari haqidagi tasawurlari umumiy tarzda ifoda etilgan.Zardushtiylikning jamiyat tarixi to‘g‘risidagi g‘oyalari Tavrot va Qur’ondagi tasawurlarga juda yaqin bolib, unda tasvirlangan birinchi odam — Ilmadir. Boshqa odamlar undan tarqalgan. Ilmaning hukmronlik davri oltin davr hisoblanadi. U davrda odamlar o lim nimaligini bilmagan. Xudo — Axura Mazda abadiy bahorni yaratgan. Natijada, odamlar baxtli va farovon yashadilar. Lekin bir paytga kelib, odamlar gunoh ish qilib qo‘yadilar, ya’ni taqiqlangan molning go‘shtini yeydilar. Shunda Axra Manyu (,,Axriman“) — yovuzlik Xudosining qahri kelib, odamlarga qor va sovuqni yuborgan. Ilma odamlar va mollarni sovuqdan saqlab qolish uchun uy qurib, unga barcha tirik narsalardan bir juftdan joylashtirgan. Shundan keyin tarixning birinchi davri— oltin davri tugab, ikkinchi davri— yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi kurash davri boshlanadi. Uchincki davr— insoniyatning kelajagi davridir. Bu davrda qadimgi odamlarning baxt-saodat, adolatli jamiyat haqidagi orzu-umidlari ushaladi. Yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi kurashda Xudo Axura Mazda g'olib chiqib, baxtli hayot saltanati qaror topadi, o'lganlar tiriladi, gunohkorlar jazolanadi.Zardushtiylikda o'sha davming huquqiy va axloqiy qarashlari ham o'z ifodasini topgan. Zardushtiylikning axloqiy majmuasida mehnatsevarlik, adolat, halollik, yaxshilik asosiy o'rinni egallaydi. ,,Avesto“da ibtidoiy davrdan feodal davrgacha bo'lgan axloqiy qoidalar o'z aksini topgan. Zardushtiylikning axloqiy asosini uch narsa — ezgu fikr, ezgu so ‘z va ezgu amaltashkil etadi. Moniy ta’limoticha, olamda nur dunyosi — yaxshilik va zulmat dunyosi — yovuzlik mavjud. Ular o'rtasida abadiy kurash boradi. Lekin, pirovard natijada yaxshilik tantana qilishi, inson o ‘z xulqi va butun hayoti bilan yorug'likning zulmat bilan kurashishiga yordam berishi va yaxshilikning tantanasi uchun xizmat qilishi kerak.Moniy ta’limoti quldorlik davlatiga, shuningdek, hukmron dinga qarshi qaratilganligi uchun, uning tarafdorlari hukmron siyosiy kuchlar va din ulamolari tomonidan qattiq quvg'inga duchor bo'ldilar.V asrning oxiri va VI asrning boshlarida 0 ‘rta Osiyo va Eronda kuchayib borayotgan zulmga qarshi Mazdak boshchiligida xalq ko‘zg‘aloni ko‘tarildi. Bu harakat ayovsiz ravishda bostirildi. Mazdakning o'zi esa, dahriylikda ayblandi.Mazdakchilar mafkurasi jamoa yerlarini bosib olishga qaratilgan harakatni va dehqonlarning qaramligiga qarshi kurashishni himoya qilishga qaratilgan edi. Mazdak ta’limoti zardushtiylikdagi yorug‘lik va jaholat, yaxshilik va yovuzlik kurashining dualistik aqidalaridan kelib chiqadigan falsafiy qarashlarga asoslanar edi. Lekin, mazdakchilikda sof falsafiy va diniy masalalar katta o'rin tutmaydi. Unda ijtimoiy masalalar birinchi o‘rinda turadi.Mazdak ta’limoticha, asosiy yovuzlik — boylikka hirs qo'yish va kambag'allikdir. Bular g‘arazgo‘ylik, bir-birini ko'rolmaslik, qasos olishning sabablaridir. Ijtimoiy adolatsizlikga qarshi kurash, hasadgo'ylik, bir-birini ko‘ra olmaslik, qasos olishni bartaraf etish, haqiqiy insoniy munosabatlarni vujudga keltirishning yo‘li — Xudoga toat-ibodat qilishdir. Miloddan awalgi I asr va milodning IV—V asrlari orasida O'rta Osiyo, Turon-Eron, Shimoliy Hindiston, Kavkazning Osiyo etaklaridan „Saddi chin“gacha bo'Igan hududni o'z ichiga olgan Kushonshohlar saltanati Maxayana buddachiligini o'zining g'oyaviy e’tiqodi, mafkurasi, deb
Do'stlaringiz bilan baham: |