44.Jаmiyat rivоjlаnishining mаnbаlаri vа хаrаkаtlаntiruvchi kuchlаri. Tayanch atamalar: Dеmоkrаtiya vа erkinlik jаmiyat rivоjining хаrаkаtlаntiruvchi kuchlаri sifаtidа. Jаmiyat rivоjining mаnbаlаri: ijtimоiy ehtiyojlаr, mаnfааtlаr, mаqsаdlаr. Tаriхdа hаlq, shaxsning rоli. Jamiyat hayotining siyosiy sohasini jamiyatning siyosiy tizimi, uni tashkil qilgan strukturaviy elementlaming o'zaro munosabatlari tashkil etadi. Jamiyatning siyosiy tizimi deyilganda esa uning siyosiy hokimiyati, tashkilotlari va muassasalari, ularga xos siyosiy munosabatlar va faoliyatlar; siyosat, davlat, davlat hokimiyat organlari, sinflar, partiyalarning faoliyatlari va ular o'rtasidagi munosabatlarning jami tushuniladi. Siyosiy hokimiyat bo‘lishi uchun uni amalga oshiruvchi siyosiy kuchlar, guruhlar, partiyalar bo'lishi, hukmronlik va tobelik, bo'ysindiruvchi va bo'ysinuvchilik, majburiylik, ularni mustahkamlovchi qonunlar, huquqiy normalar bo‘lishi va jamiyat hayotida joriy etilishi kerak. Siyosiy hokimiyat o'z faoliyatini jamiyatda turli vositalar, usullar orqali amalga oshiradi. Siyosiy hokimiyatning asosiy shakli — davlat ,hokimiyatidir. Davlat siyosiy hokimiyatning shakli sifatida jamiyatda o‘z faoliyatini таЧ й т siyosat va mafkura asosida olib boradi.Siyosat — muayyan davlatning boshqa davlatlar, xalqlar,millatlar, siyosiy guruhlar, partiyalar bilan olib boriladigan siyosiy munosabatlari majmuyidir. Uning negizini davlat hokimiyati va undan foydalanish tashkil qiiadi. Siyosat jamiyatning barcha sohalariga faol ta’sir qiiadi. Jamiyatning ijtimoiy hayotida siyosat iqtisoddan ustuvor bo‘lmasligi kerak. Agar siyosat iqtisodiyotdan ustuvor bo'lsa, u jamiyatning iqtisodiy sohasini buhronga olib keladi.Bunga sobiq Ittifoq iqtisodiyoti misolida yaqqol guvoh bo'lganmiz. Shuning uchun mustaqillikka erishganimizdan keyin 0 ‘zbekistonning o'ziga xos va o'ziga mos taraqqiyot yo'lini ishlab chiqishda 0 ‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimovning besh tamoyillarining birinchisi: „iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi", deb belgilandi. Bugungi kunda jamiyatimiz mOddiy va ma’naviy hayoti talab va ehtiyojlarini o‘zida to‘g‘ri va to'liq ifodalagan 0 ‘zbekiston siyosati iqtisodiy va siyosiy islohotlami samarali amalga oshirishda muhim rol o‘ynamoqda. -Jamiyatning siyosiy sohasini falsafiy jihatdan tahlil qilganda siyosatning obyekti va subyektini farqlash, davlatning mohiyati va funksiyalarini bilish muhim ahamiyatga ega.Siyosatning obyekti butun jamiyat sohasi hisoblanadi. Jamiyatda siyosat o‘z ifodasini topmagan birorta ham ijtimoiy hodisa yoki voqea yo‘q. Jamiyat hayoti sohalari ichida iqtisodiyot va siyosat, ular o'rtasida aloqadorlik va munosabatlar g‘oyat muhim hisoblanadi.Siyosatning subyekti esa, siyosiy hokimiyat, ya’ni davlat tashkilotlari va organlari, siyosiy partiyalar, guruhlar yoki alohida shaxslar bo‘lib, ular faoliyati markazida siyosiy hokimiyatga intilish yotadi. Davlat — jamiyat hayotini huquq va qonunlarga asoslangan holda tashkil etishning siyosiy shaklidir. Davlat jamiyat hayoti, siyosiy sohasining muhim elementi sifatida o'z fuqarolarining haq va huquqlarini himoya qiladi, ularning mulklarini qo‘riqlaydi, mamlakat aholisining tinchligi va osoyishtaligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, boshqa davlatlaming mamlakatni bosib olishlaridan saqlaydi. U boshqa davlatlar, xalqlar bilan o'zaro iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’naviy aloqalar, hamkorliklar kabi munosabatlarni amalga oshiradi. Davlat — jamiyat hayotini huquq va qonunlarga asoslangan holda tashkil etishning siyosiy shaklidir. Davlat jamiyat hayoti, siyosiy sohasining muhim elementi sifatida o'z fuqarolarining haq va huquqlarini himoya qiladi, ularning mulklarini qo‘riqlaydi, mamlakat aholisining tinchligi va osoyishtaligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, boshqa davlatlaming mamlakatni bosib olishlaridan saqlaydi. U boshqa davlatlar, xalqlar bilan o'zaro iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’naviy aloqalar, hamkorliklar kabi munosabatlarni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |