Bu guruhning asosiy belgilari:
-donida uzunasiga ketgan egatcha bo‘lmaydi,
-doni bittadan boshlang‘ich murtak ildiz chiqaradi
-gul to‘plami ro‘vak yoki so‘tadan iborat
-boshog‘ining yuqorigi gullari yaxshiroq rivojlangan
-faqat bahorgi navlari bo‘ladi
-issiqqa talabchan
-qurg‘oqchilikka chidamli (sholidan tashqari).
-qisqa kun o‘simligi
-dastlabki fazalarida sekinroq rivojlanadi
3. Uchinchi guruh-dukkakli-don ekinlari. Bu guruh vakillari dukkaklilar (Fabaceae) oilasiga mansubdir. Bularga-loviya, soya, no‘xat, ko‘k no‘xat, yasmiq, burchoq, mosh, soya ekinlari kiradi. Bu ekinlarning hammasi o‘q ildizli, bargi murakkab, mevasi dukkak, urug‘ida oqsil modda ko‘p bo‘ladi. Biologik jihatidan dukkakli ekinlar xilma-xil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |