1. dns va uning ishlash prinsipi dns server turlari va ular bilan ishlash



Download 1,79 Mb.
bet2/7
Sana07.01.2022
Hajmi1,79 Mb.
#327273
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
dns (4) (2)

1.DNS va uning ishlash prinsipi

Domen nomlari tizimi (DNS) umumiy Internet serverlarining nomlari va manzillarini saqlaydi. Internet o'sib ulg'aygan sayin, DNS o'z imkoniyatlarini tezda kengaytirdi va natijada bugungi kunda minglab kompyuterlardan iborat dunyo bo'ylab taqsimlangan tarmoq paydo bo'ldi. Pol Mockapetrisning 1983 yil noyabr oyida nashr etilgan ikkita risolasi - RFC 882 va RFC 883 deb nomlangan - DNSning boshlanishini belgilab qo'ydi. DNS-dan oldin umumiy tizimni faqat uning xost nomi bilan aniqlash mumkin edi va ushbu host nomlarining barchasining manzili bitta katta faylda saqlangan ("hosts.txt" deb nomlangan), kompyuter tarmoqlari o'sib borishi sababli boshqarish qiyin edi.

1970-80 yillarda. DNS qo'llab-quvvatlash domenlarini qo'shish orqali ushbu bitta darajali nomlash tizimini ko'p darajali tizimga kengaytirdi - xost nomiga qo'shilgan bitta yoki bir nechta qo'shimcha nomlar, ularning har biri nuqta bilan ajratilgan (.)..Internet axborotni yetkazib berishda klient-server (client-server yoki mijoz-xodim) modeli asosida ishlaydi. Bu model yana mehmon-mezbon (guest-host) deb ham ataladi. Klient-server modelida klient kompyuteri axborot saqlanadigan server kompyuteriga ulanadi, klient axborotni olish uchun server unga xizmat ko`rsatishini kutadi. Buning uchun klient serverga unga xizmat ko`rsatishlari haqida talab jo`natadi. Bu xizmatlar axborotni qidirib topish va uni jo`natish bo`lishi mumkin. Bu narsa tarmoqda ma`lumotlar ombori bilan ishlashga o`xshab ketadi. Elektron pochta xabarlarini etkazib berish, kirib kelgan va jo`natilgan xabarlarni saqlash xizmatlarning boshqa turlariga misol bo`la oladi.

Har gal internetga kirganingizda siz server kompyuterlariga ulanasiz va uning resurslaridan foydalanasiz. Odatda klient sifatida mahalliy tarmoqqa ulangan kompyuterlar va ularning dasturiy ta`minotidan foydalaniladi. Server kompyuterlar, ko`pincha, ancha kuchli kompyuterlar bo`lib, ularda ma`lumotlar va xizmat ko`rsatuvchi dasturlar joylashgan bo`ladi. Klient-server modeli yordamida juda ko`p ishlarni qilish mumkin va shu sababli ishlab chiqaruvchilar bu modelni qo`llab- quvvatlovchi bir qator operatsion tizimlarni ishlab chiqarganlar. Serverga ulanish turli usullarda bo`lishi mumkin. Bitta serverga ko`plab klient kompyuterlari bir vaqtda ulana oladilar. Bu klientlarning komp’yuterlari turli rusumda bo`lishi mumkinligini alohida ta`kidlab o`tish kerak.


1.1-chizma DNS ishlash prinsipi



Butun olam axborot to`ri – WWWda brauzerlar (web sahifalarni ko`rish darchasi) klient dasturi, web sahifalar saqlanadigan kompyuter esa server bo`ladi.Brauzer kerakli web sahifani yuklash haqida serverga talab yuboradi, server bu talabni ko`rib chiqib, so`ralayotgan sahifani klientga jo`natadi. Klient va server o`rtasidagi aloqa faqat ma`lumotlarni almashish paytida vujudga keladi. Web sahifa klient kompyuteriga kelib tushgach, ular orasida http (Hypertext Transfer Protocol –gipermatnni uzatish protokoli WWW da keng ishlatiladi) bog’lanish ham uziladi. http bog’lanish uzilsa ham, internetga,to`g’rirog’i, internet servis provayderga TCP/IP bog’lanish davom etadi. Butun olam to`rida klient-server modelining ko`plab funktsiyalari umumiy shlyuz interfeysi (Common Gateway Interface yoki qisqacha CGI) orqali amalga oshiriladi.

Klient-server arxitekturasi:

1. Shaxsiy kompyuterda ishlash uchun mo`ljallangan ilovalardan farqli ravishda, Web ilovalar, ya`ni tarmoqda ishlash uchun mo`ljallangan ilovalar bir necha kompyuterlarda ishlaydi. Bunday ilovalar klient/server (mijoz/xodim) arxitekturasi asosida yaratiladi. Klient dasturlari foydalanuvchi kompyuterida tarmoqdagi resurslardan foydalanish imkoniyatini beradi. Serverlar esa mijoz komp’yuterlarining talabiga ko`ra o`zidagi resurslardan foydalanishni ta`minlaydi. Uning yordamida serverga talablar va so`rovlar jo`natiladi, olingan ma`lumotlar ekranga chiqariladi. Klient kompyuterida brauzer deb ataladigan dasturlar odatda bu vazifalarni bajaradi. Bundan tashqari turli xizmat turlari uchun turli dasturlar yaratilgan.

2. Mezbon (host) kompyuterlarda esa mijoz (klient) kompyuterlarga xizmat ko`rsatiladi. Server (xodim) dasturlari kelayotgan paketlardan talablarni ajratib oladi va talab qilinayotgan xizmatlarni ko`rsatadi. Masalan, talab qilinayotgan veb sahifa mijoz kompyuteriga jo`natiladi. Yana bir misol, serverda qilingan so`rovga ko`ra ma`lumotlar omboridan kerakli yozuvlar qidirib topiladi va ular asosida veb-sahifa yaratilib, mijoz komp’yuteriga jo`natiladi.

3. Mezbon kompyuter – serverlarda web saytlar joylashgan bo`ladi. Veb sahifalar joylashgan serverlar web serverlar deb ataladi. Keyinchalik serverlarning boshqa turlari bilan tanishib chiqamiz. Web serverlarning dasturiy ta`minoti talab qilingan web sahifani ajratib oladi va mijoz kompyuteriga jo`natadi.

4. Ma`lumotlar ombori va unga o`xshash ilovalarni boshqarish uchun maxsus interfeys: CGI (Common Gateway Interface – umumiy shlyuz interfeysi) yaratilgan. Serverdagi ma`lumotlar omboriga tarmoqdan so`rov kelganda bu so`rov bevosita ma`lumotlar ombori serveriga jo`natiladi. Server esa ma`lumotlar omborining qasddan yoki bexosdan buzilishining oldini olish uchun ombordagi ma`lumotlarga CGI orqali murojaat qiladi.



5. Internet manzillari va nomlari Internet ishining negizini domen (soha) nomlari tizimi (Domain Name System yoki qisqacha DNS) tashkil etadi. DNS orqali komp’yuterlar bir-birlariga murojaat qila oladilar. Internetdagi biror saytga kirish uchun manzili, masalan, www.uz.uz kiritiladi. Resurslarning internetda joylashuvini aniqlash uchun yana URL (Uniform Resource Locator – resurslarning yagona lokatori) dan foydalaniladi. DNS yordamida yozilgan va insonlarga tushunarli bo`lgan manzillar komp’yuterlarga tushunarli bo`lishi uchun IP manzillarga o`tkaziladi. IP manzillar internetda kerakli kompyuterni topish uchun xizmat qiladi (buni odamlarning pochta manziliga qiyoslash mumkin). IP manzillar 8 bitli to`rtta sondan iborat, masalan, 221.25.169.7. Yuqoridagi misolda www.uz.uz domen (soha) nomi deb ataladi. eng katta va umumiy domenlar nomning oxirida, o`ng tomonda ko`rsatiladi. Bizning misolda u .uz dir. Bu nom bilan Internetning O`zbekiston Respublikasiga tegishli sohasi (segmenti) belgilangan. Shunga o`xshash, Internetning kaznet segmentiga .kz, Rossiyaga tegishli runet segmentiga .ru deb nom berilgan. Har bir davlatga tegishli internet domeni o`z nomiga ega. Ulardan tashqari yana bir necha umumiy domenlar bo`lib, ular o`zlarining faoliyat turlari bilan farqlanadi. Masalan, .com (commercial yoki tijorat tashkilotlari), .edu (education – ta`lim muassasalari), .gov (government – davlat organlari), .mil (military – harbiy tashkilotlar), .net (networks companies – tarmoq va Internetga tegishli tashkilotlar), and .org (organization – boshqa tashkilotlar). Domenlar, ya`ni internet sohalari ichma-ich joylashgan. Bunday joylashuvda katta domenlar kichiklarini o`z ichiga oladi va ularning nomlari bir - biridan “.” orqali ajratib ko`rsatiladi. Yuqoridagi misol www.zn.uz da Ziyonet tashkilotiga tegishli zn domeni uz domeni ichida joylashgan. zn domeni ham o`z navbatida bir necha domenlarga bo`lingan, masalan uning informatia va axborot texnologiyalariga bag’ishlangan domeni ivat deb nomlanishi mumkin. U holda bu domenga www.ivat.zn.uz deb murojaat qilinadi. Bu domen ham o`z navbatida turli domenlardan tashkil topgan bo`lishi mumkin. Misol uchun, bu domenda joylashgan informatika o`qituvchisi Ali Valievning veb saytiga kirish uchun bu sayt nomi www.ali_valiyev.ivat.zn.uz dan foydalaniladi. Bu jarayon yana davom etishi mumkin. DNS serverlari deb ataluvchi komp’yuterlar domenlar va ular nomlarida bo`layotgan o`zgarishlar uchun javob beradilar, paydo bo`lgan yangi domenlarning nomlarini o`z ro`yxatlariga kiritib qo`yadilar. Bundan tashqari, bu serverlar domen nomlarini IP manzillarga o`tkazish uchun ham xizmat qiladilar. Sizning komp’yuteringiz internetga ulanganda boshqa komp’yuterlarga ulana olish uchun unga ham IP manzil beriladi. Bu manzil statik yoki dinamik manzil bo`lishi mumkin. Statik manzil hech qachon o`zgarmaydi va statik manzilga ega foydalanuvchilar har gal internetga ulanganlarida shu nomga ega bo`ladilar. Lekin internetda IP manzillar soni cheklangan va statik manzillar hammaga etmaydi. SHu sababli provayderlar foydalanuvchini internetga ulash uchun dinamik manzillardan foydalanadilar. Bu manzil internetda ishlashning bir seansi uchun beriladi va keyingi safar bu manzil boshqa bo`lishi mumkin.

Internet manzillari va domenlari:

1. Internet protokoli (IP) elektron xatni etkazishda maxsus elektron p ochta manzilidan foydalanadi. Internetda manzillar nuqtalar bilan ajratilgan 4 ta sondan iborat. Bu sonlarning har biri 0..255 oraliqdagi qiymatni qabul qilishi mumkin. Internetdagi turli manzillarning umumiy soni 256*256*256*256=4.294.964.296 ta. Sonlar yordamida yozilgan manzillar komp’yuter va dasturlar uchun juda qulay bo`lsa-da, odamlarning bunday manzillarni eslab qolishi qiyin. SHu sababli internetda domen (soha) nomlaridan keng foydalaniladi. Domen nomlari so`zlar, harflar va raqamlardan tashkil topadi va ularni eslab qolish ancha oson. Domen nomlariga misol sifatida: gov.uz; mail.ru; microsoft.com; larni keltirish mumkin. Domain Name Server (DNS – domen nomlari serveri) deb ataluvchi komp’yuterlar domen nomlarini sonli manzillarga aylantirib beradi.

2. Elektron pochta manzili at deb ataluvchi va et deb o`qiluvchi @ belgi yordamida ikki qismga bo`linadi. Bu belgi kuchukcha deb ham ataladi. elektron manzilning birinchi qismi (@ dan chap tomonda joylashadi) manzil egasining nomidir. @ belgisining o`ng tomonidagi domen nomi joylashadi. Domen nomi nuqta bilan ajratilgan kamida ikki bo`lakdaniborat bo`ladi. Masalan, tayi.uz, unda tayi server nomi, uz internetning O`zbekistonga tegishli sohasining nomi. Serverning o`zi ham internet sohasi hisoblanadi. Domen nomi uzun bo`lishi ham mumkin. Masalan: downloads.office.microsoft.com. Bu nom internetning tijorat sohasi: somda joylashgan Microsoft kompaniyasi sohasining office dasturlariga bag’ishlangan bo`limining downloads serveriga tegishli. Internetda ikkita turli serverga bir xil domen nomi berib bo`lmaydi.

3. Elektron xat o`z manziliga etib borishi uchun uning sonli manzili ma`lum bo`lishi kerak. Xatdagi domen nomidan foydalanib, domen nomlari serveri (DNS) unga mos IP manzilini topadi.

4. Domen nomlari tizimi (Domain Name System) Internetni sohala rga ajratib chiqadi. eng katta sohalar bu internetning biron bir davlat xududiga tegishli qismlaridir. Har bir davlatning o`z domen nomi bor. Bu nom ikki harfdan iborat. Quyida ba`zi davlatlarning domen nomlari keltirilgan. *.uz; *.ru; *.kz. Bu nomlar birinchi darajali nomlar deb ataladi. Undan so`ng ikkinchi, uchinchi va xokazo darajali nomlar keladi.

5. Bundan tashqari, faoliyat turiga qarab ajratilgan bir necha birinchi darajali domen nomlari bor. .com; .gov; .mil; .net; .edu. Bu domenlardagi komp’yuterlar ixtiyoriy davlatga tegishli bo`lishi mumkin.

1.1-rasm DNS tarkibi


DNSni ishlash prinsipi:

1. Internetdagi biror resursga ulanish kerak bo`lganda, bu resurs joylashgan manzil xaqiqiy IP manzilga aylantirilishi kerak bo`ladi. Bunda sizning komp’yuteringiz avval sizga xizmat ko`rsatuvchi internet provayderining mahalliy domen nomlari serveriga murojaat qiladi. Agar bu resurs sizning komp’yuteringiz joylashgan tarmoqda bo`lsa, resursning IP manzili shu serverdan topiladi va topilgan manzil sizning komp’yuteringizga jo`natiladi.

2. Sizning komp’yuteringiz xaqiqiy IP manzilni olgach, bu manzilga murojaat qiladi va kerakli ma`lumotlarni oladi.

3. Agar so`ralgan resurs mahalliy tarmoqqa tegishli bo`lmasa, domen nomlarining mahalliy serveri bu manzilni topa olmaydi. Bu holda mahalliy server intarnetga murojaat qiladi va domen nomlari serverlarining eng asosiysi (o`zandagisi) InterNIC ga murojaat qiladi. InterNIC qidirilayotgan resurs nomi qaysi domen nomlari serverida saqlanishini aniqlab, bu server manzilini sizning serveringizga jo`natadi.

4. Sizning serveringiz ko`rsatilgan server bilan bog’lanib, siz qidirayotgan resurs manzilini oladi va uni sizning komp’yuteringizga uzatadi.

5. Siz internetga ulanganingizda, sizning kompyuteringizga IP manzil deb ataluvchi son beriladi. IP manzil ikki xil bo`ladi: statik va dinamik. Statik manzil doimiy bo`lib, har gall internetga ulanilganda sizning komp’yuteringizga shu manzil beriladi. Dinamik manzil o`zgaruvchan bo`lib, har gal internetga ulanganda, u o`zgarib turadi.

6. Dinamik IP manzil olish uchun sizning komp’yuteringiz tarmoqqa yoki ISP ga DHCP Discover (DHCP tadqiqotchisi) xabarini jo`natadi. DHCP – Dynamic Host Configuration Protocol, ya`ni Serverning dinamik konfiguratsiyasi protokoli degan ma`noni bildiradi. Bu xabarga sizning komp’yuteringiz haqida identifikatsion ma`lumotlarshu jumladan komp’yuter nomi joylashgan bo`ladi.

7. Bu xabar tarmoq orqali DHCP serveriga etib boradi. DHCP serveri bo`sh IP manzillar ro`yxatidan IP manzil oladi va boshqa komp’yuterlarga bermaslik uchun vaqtinchalik band qilib qo`yadi.

8. DHCP serveri tarmoqqa DHCP taklifi deb ataluvchi xabarni jo`natadi. Unda sizning komp’yuteringizga taklif qilinayotgan IP manzil, hamda DHCP serverining ham manzili bo`ladi.

9. Sizning komp’yuteringiz DHCP taklifini olgach, band qilingan IP manzilni qabul qilish xaqida serverga DHCP qidiruvini jo`natadi. Bu paytda sizning komp’yuteringiz hali IP manzilga ega bo`lmaydi. U serverga o`zining roziligini bildiradi.

10. Agar tarmoqda bir necha DHCP serveri bo`lsa, ularning har biri o`z takliflari bilan chiqadilar. Sizning komp’yuteringiz bu takliflarning faqat bittasini qabul qilib, qolganlarini rad qiladi.

11. DHCP qidiruvi DHCP serveriga yetgach, server Sizning komp’yuteringizga DHCP paketini yuboradi va ushbu IP manzilining sizning komp’yuteringizga ijaraga beradi. Shundan keyin Sizning komp’yuteringizning IP manzilga ega bo`ladi va internetga ulanishi mumkin.

12. Sizga manzil bergan va boshqa DHCP serverlar berilgan IP manzilni bo`sh manzillar ro`yxatidan chiqarib tashlaydi va Sizning komp’yuteringizning IP manzilini ro`yxatga oladi. Sizning komp’yuteringiz Internetdan uzilganda, berilgan IP manzil bekor qilinadi va bu manzil yana bo`sh manzillar ro`yxatiga kiritib qo`yiladi.


Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish