Savol bayoni. Idrokning turlari.
Idrok quyidagi turlarga bo‘linadi;
Idrok jarayonida qaysi analizatorning yetakchi rol o‘ynashiga qarab; ko‘rish, eshitish, hid bilish, teri, ta’m bilish, harakat idroklariga;
Materiyaning yashash shakllariga qarab; fazoni, vaqtni, harakatni idrok qilishga;
Faolligiga qarab; ixtiyoriy va ixtiyorsiz kabi idroklarga bo‘linadi.
Idrok sezgi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib analizatorlarning joylashuviga ko‘ra ko‘rish idroki ,eshitish idroki xid bilish idroki ,tam bilish idroki tuyish, va xlokazolarga bulinadi.Faolligiga kura ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo‘linadi.
Idrok ixtiyorsiz va ixtiyoriy degan xillarga xam ajraladi. Ixtiyorsiz idrokda narsalar odamning ongida avvaldan maqsad kuyilmagan xolda aks ettiriladi. Odatda narsa va xodisalarning tashqi xususiyatlari, kishining xis-tuygulariga ta’sir etishi ixtiyorsiz idrokni vujudga keltiradi. Ixtiyoriy idrokda odam uz oldiga muayyan maqsad, vazifa kuygan bo‘ladi. Ixtiyoriy idrokda odam shunchaki eshitmaydi, balki tinglaydi, shunchaki kuzdan kechirmaydi, balki sinchiklab kuradi. Ixtiyoriy idrok kup xollarda Biron faoliyatning tarkibiga kirgan bo‘ladi. Kuzatish ixtiyoriy idrokning turlaridan biri xisoblanadi. Kuzatish maqsadga qaratilgan, uyushgan, ozmi-kupmi kupirok vaqt davom etadigan idrokdir. Kuzatishda, odatda, kishi uz oldiga maqsad kuyadi: Biron-bir ob’ekt, xodisa yuz beruvchi uzgarishlarni kuzatadi. Tevarak olamdagi narsalarni idrok qilish bilan birga, biz ularning fazoviy xususiyatlarini – shakli, katta-kichikligi, o‘zaro bir-biridan va bizdan kanchalik uzoq-yaqinligini xam idrok qilamiz. Xodisalarni idrok qilarmiz, biz ularning vaqt xarakteristikalirini –odamning tugma xususiyati xisoblanmaydi. Agar yosh gudakning, shuningdek, onadan kur bo‘lib tugilib, keyinchalik operatsiya qilish orqali Kuzi ochilgan kishilarning xatti-xaraktini kuzatsak, bunga ishonch xosil qilish qiyin eas. Yosh go‘dak tepaga osib qo‘yilgan o‘yinchoqqa tomon qo‘l cho‘zish va uni ushlashni ko‘p marta mashq qilish natijasida o‘rganib oladi. Avvaliga esa, o‘yinchoq o‘zining rangdorligi bilan bolaning e’tiborini jalb qilib, bolada biror-bir orientirovka reaksiyasini vujudga keltirsa-da, bola xatto o‘yinchoqka ko‘proq qarab turishning xam uddasidan chiqmaydi. Operatsiyadan so‘ng ko‘zi ochilgan kishilar dastlabki paytda sharni ko‘pincha doira sifatida idrok qiladilar, yaqin masofadagi mayda narsalar ularning kuziga katta bo‘lib, uzoqroq masofadagi narsalar esa kichik bo‘lib, ya’ni kuzning tur pardasiga aks ettirilgan obrazning katta-kichikligi muvofik ravishda kuringan. Narsaning konturi buyicha kuz yurgurtirish natijasida narsaning shakli idrok kilinadi. Sechenov kuzni narsaning konturini paypaslovchi uziga xos changallardir deb atagan edi. Ammo kuzning bu xususyaiti faqat yassi shakllarnigina idrok qilish imkonini beradi.
Xajmli shaklni idrok qilishda binokulyaar ko‘rish ishga tushadi, ikki kuz bilan kuriladi. Ikki kuz bir-biridan ma’lum oraliqda bo‘lgani uchun narsaning ung va chap kuz tur pardalariga tushgan surati bir-biriga aynan uxshash bo‘lmaydi. Xar bir kuz narsaning unga qaragan tomonini ko‘proq kuradi. Ikki kuzdan xar biri orqali olingan va bir-biridan bir oz farklanuvchi suratlar birga kushilishi natijasida yagona, lekin xamma obraz yuzaga keladi. Xajmi idrok qilishda yorug va soyaning joylashuvini xisobga olish katta axamiyatga ega. Narsaning burtib chikkan kismi odatda yaxshi yoritilgan bo‘ladi. Vaqtni idrok qilish deyilganda, xodisalar ketma-ketligi va davomiyligini miyada aks etishi tushuniladi. Xodisalarning vaqt jixatidan yondosh ta’sir kursatishlari sababli shartli refleks bog‘lanishlarining vujudga kelishi bilan natijada xodisalar miyada izchil aks etadi. Chakmok chakishi bilan momakaldirok va bulut bilan yomgir o‘zaro sabab natija alokalariga kura xam, shuning bilan birga, o‘zaro muayyan tartibda va faqat vaqt jixatdan bog‘lanishiga kura xam aks etishi mumkin.
Idrokning muhim jabhalari va tarkiblari mohiyatiga kiruvchilar qatoriga ko‘z bilan aks ettirishning negizi bo‘lmish ko‘z harakatlari kiradi. Ularo‘zlariningtuzilishi, kelib chiqishi, vaqtliligi, sur’ati kabi belgilariga binoan, quyidagi turlarga ajratiladi.
1. Konvergensiya (lotincha yaqinlashish, qo‘shilish demakdir) ikkala ko‘zning ko‘rish o‘qlarining yaqinlashuvi natijasida to‘r pardasida jismning ikqilanishiga yo‘l qo‘ymaslikda o‘z ifodasini topadi.
2. Divergensiya (lotincha uzoqlashish) ko‘zning vergent harakatlarining bir turi bo‘lib, bir-biridan muayyan masofada to‘rgan nuqtalarini qayd qilishda ko‘rish o‘qlarining uzoqlashuvidan iborat harakat.
Do'stlaringiz bilan baham: |