Gazlarda elektr o‘tkazuvchanlik
Gazlarda elektr toki erkin elektron yoki ionlar hisobiga sodir bo‘ladi. Tashqi tasir orqali sodir bo‘ladigan gaz elektr o‘tkazuvchanligi mustaqil bo‘lmagan elektr o‘tkazuvchanlik deyiladi. Urilish ionizatsiyasi orqali ro‘y beradigan elektr o‘tkazuvchanlik mustaqil bo‘lgan elektr o‘tkazuvchanlik deyiladi. Ikkita yassi elektrod ionlashtirilgan gaz muhitiga kiritilib, ularga kuchlanish berilsa, ionlar harakatga kelib, zanjirdan tok o‘tadi. Gaz volt-amper tavsifining bosh qismi Om qonuniga bo‘ysunadi (1-rasm). Normal sharoitda (t=200C, p=790 mm.sim.ust.).
Havoda to‘yingan tok zichligi juda kichik qiymatga to‘g‘ri kelgani uchun havo yaxshi dielektrik hisoblanadi. U=Ui qiymatida gazda urilish ionlashishi sodir bo‘ladi. Gazlarda mustaqil bo‘lmagan elektr o‘tkazuvchanlik tashqi ionizator, radioaktiv yoki kosmik, nurlar bartaraf etilgandagina to‘xtaydi. Bunda zaryad tashuvchilar keskin kamayishi sababli gazdan o‘tayotgan tok nolga intiladi.
Suyuq dielektriklarning elektr o‘tkazuvchanligi.
Suyuqlikning elektr o‘tkazuvshanligi uning molekula tuzilishi va tarkibidagi qo‘shilmalarga bog‘liq. Suyuqlik molekulalari ionlashmagani uchun, ularning elektr o‘tkazuvchanligiga qo‘shimcha (nam, tuz, ishqor, kislota va hakozo) larning ta’siri katta bo‘ladi. Qutbli suyuqliklar katta elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lib, ularning dielektrik gi ortishi natijasida dielektrikning elektr o‘tkazuvchanligi ham ortadi, o‘ta qutbli suyuqliklar yuqori elektr o‘tkazuvchanlikka egaligi sababli, bunday suyuqliklar ionli o‘tkazuvchanlikka ega o‘tkazgichlar deb qaraladi. Suyuq dielektriklarning solishtirma o‘tkazuvchanligi haroratga uzviy bog‘langan bo‘lib, haroratning ortib borishi bilan uning qovushqoqligi kamayadi. Oqibatda ionlarning siljuvchanligi ortib, suyuqlikning o‘tkazuvchanligi ortadi. Suyuq dielektriklarning solishtirma o‘tkazuvchanligi:
(4.18)
Bu erda A, a- berilgan suyuqlikni ifodalaydigan o‘zgarmas kattaliklar. Qutbli dielektriklar qutbsiz dielektriklardan o‘zining katta o‘tkazuvchanligi bilan farq qiladi. Suyuq dielektriklarda p-solishtirma qarshilikning qiymati kamayishi bilan, uning singdiruvchanligi keskin ortadi.
Aktiv dielektriklar. Segnetoelektriklar. Pyezoelektriklar.
Dielektriklar elektrotexnikada muhim o‘rin egallaydi. Tok o‘tkazuvchi qismlarni bir - biridan izolyasiyalash maqsadida ajratishda (turli potensiallarni bir-biridan) foydalaniladi.
Bundan tashqari elektr izolyasion materiallar elektr kondensatorlarida tegishli sig‘im hosil qilishda ba’zi omil va haroratda turli paytda ham sig‘imni ta’minlashda foydalaniladi. Dielektrik materiallarga o‘zining xossalarini boshqarish asosida o‘zgartirish mumkin bo‘lgan guruhi faol dielektriklar (segneto elektriklar) deb yuritiladi. Dielektrik materiallar gazsimon, suyuq va qattiq ko‘rinishga ega, yana bir guruhi mavjudki qotuvchi materiallar tayyorlashda suyuq ekspluatatsiya paytida qattiq (lak, kompaund) holatda bo‘ladi. Kimyoviy tabiatiga ko‘ra organik va noorganik bo‘ladi.Organik dielektriklarga uglerod birikmalari tarkibida asosan kislorod, vodorod, azot, galogen va boshqa elementlar bo‘lgan moddalar kiradi. Qolganlari esa noorganik hisoblanib, tarkibida kremniy, alyuminiy aralashmalari bo‘lgan jismlardan tashkil topadi. Ko‘pgina organik materiallar egiluvchan, elastik bo‘lib ulardan tolali plenkalar tayyorlanadi. SHuning uchun ular keng qo‘llaniladi, lekin issiqlikka chidamligi juda kichik bo‘lganligi uchun yuqori haroratli izolyasiyalovchi qismlarda ishlatilmaydi. Noorganik materiallarning ko‘pchiligi egiluvchan va elastik bo‘lmay, mo‘rt bo‘lib, lekin issiqlikka juda chidamli hisoblanadi. SHuning uchun yuqori haroratli izolyasiya ishlarida ulardan keng foydalaniladi.
Izolyasion materiallardan ishlab chikarilgan konstruksiyalar mexanik kuch ta’siri ostida buzilishi sababli ularning mexanik mustahkamligi va deformatsiyasini o‘rganish katta ahamiyatga ega. Statik cho‘zilish, siqilish va egilishning oddiy ko‘rinishlari amaliy mexanikaning asosiy qonuniyatlariga bo‘ysunadi va bundagi mustahkamlik chegaralarining qiymatlari (4, s, e) si Paskalda o‘lchanadi. (1Pa=1N/m2).
CHo‘zilishdagi mustahkamlik yupqa tasma shaklidagi dielektriklarga xos bo‘lib, bu materiallar o‘tkazgich yuzasiga, masalan, kabel o‘zagiga qoplanayotganda hisobga olinadi. Uzish mashinasida materialning emirilishga bo‘lgan mustahkamligi aniqlash bilan birga, jismning uzilish paytidagi nisbiy cho‘zilishi ham aniqlanadi.
Nisbiy cho‘zilishning kichik qiymatlari mo‘rt va qattiq jismlar (chinni, shisha, getinaks) uchun tegishli bo‘lib, qayishqoq materiallar (rezina, elastomer) da esa 1 ko‘rsatkichi, nisbatan katta qiymatlarga ega bo‘ladi. CHunki qayishqoq materialning mexanik mustahkamligi kichik qiymatlarga ega. Ba’zi plastik materiallarda 1 qiymati qattiq va qayishqoq materiallarning tavsiflari oralig‘ida bo‘ladi.
Materiallardan tayyorlanadigan namunalarning shakli, ularga qo‘yiladigan kuch yo‘nalishini hisobga olgan xolda ishlab chiqiladi. Materiallarning siqilishga bo‘lgan vaqtincha qarshiligi bo‘lgani sababli, ularda siqilishdagi kuchlanishni aniqlash shart emas. Dielektriklarda esa mexanik mustahkamlik ikkala yunalishda alohida-alohida aniqlanadi. Tolali va qatlamli dielektriklarni sinash uchun namunalar tayyorlashda ulardagi tola yo‘nalishi e’tiborga olinadi. Ko‘pchilik dielektriklarning siqilishga bo‘lgan mustahkamligi cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamligidan ancha yuqoriligi sababli ularni, asosan, siqilish yo‘nalishi bo‘yicha ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |