1. Dielektriklarning qutblanishi, elektr o’tkazuvchanligi, teshilishi. Dielektrik yuqotishlar



Download 106,1 Kb.
bet10/10
Sana30.05.2023
Hajmi106,1 Kb.
#945787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Elektra texnik materiallar 777

Suyuq dielektriklar.
Neft mahsulotlaridan ishlab chiqarilgan izolyasiya mollari o‘zining afzalligi bilan birga ba’zi bir kamchiliklar: eskirish, chaqnash va alangalash xavfi, portlash ham holi emas. Ana shu sababli, yuqori qiymatli dielektrik singdiruvchanlikka erishish maqsadida suyuq sintetik dielektriklar ishlab chikarildi. Bunga misol qilib, keng miqiyosda qo‘llanilayotgan xlorlangan ugluvodorodlarni olish mumkin. Turli xil uglevodorodlar molekulalaridagi vodorod atomi o‘rniga xlor atomini kiritish orqali xlorlangan uglevodorodlar, ya’ni xlorlangan difenil olinadi. Xlorlangan difenil tarkibidagi xlor miqdori 43% dan 67% gacha oshirilsa, quyuq yoki mumsimon modda hosil bo‘ladi. Vodorod atomi o‘rnidagi xlor atomlarining miqdori oshirilishi natijasida modda quyuqlashib, zichligi ortadi va uning qotish harorati pasayadi ( 9-jadval):

O‘rta darajada xlorlangan pentaxlordifenil (sovtol) quyuq modda bo‘lgani sababli, suyultirish maqsadida unga xlorlangan suyuq uglevodorod qo‘shiladi. Kondensator moyini quyuq difenil bilan aralashtirib, hosil bo‘lgan suyuqlik qog‘ozli izolyasiyaga shimdirilsa, kondensatorning reaktiv quvvati ortadi hamda hajmi birmuncha kichrayadi.


Sovtol-10 ning tarkibi 90% pentaxlordifenil hamda 10% trixlorbenzoldan iborat bo‘lib, undan yuqori kuchlanishli transformatorlarni to‘latishda, shuningdek qattiq izolyasiyaga shimdiriluvchi sifatida foydalaniladi.
Geksol kimyoviy jihatdan barqaror suyuqlik bo‘lib, tarkibi 80% geksaxlorbutadien va 20% pentaxlordifenildan iborat. U harorat va cho‘g‘ ta’sirida chaqnash yoki alangalanish hususiyatiga ega emasligi bilan ajralib turadi va juda past haroratida ham qotmaydi. Geksol sifati yaxshi suyuq dielektrik hisoblanib, undan transformatorlarda izolyasiya sifatida foydalaniladi.
Ko‘rib o‘tilgan barcha difenillar zaxarli hisoblanganligi sababli, ular bilan ishlash mobaynida texnika xavfsizligi choralari ko‘rilishi lozim. Kremniy-organik (KO) suyuqlik zaxarli bo‘lmay, ekologik jihatdan xavfsiz bo‘lganligi sababli ular elektrotexnikada keng miqyosda qo‘llanilmoqda. KO suyuqliklar gigroskopik emas hamda yukori haroratga bardoshlidir. Bu suyuqliklarga poliorganosiloksan polietilsiloksan, polifenilsiloksan va boshqa suyuqliklar kiradi (10-jadval). Poliorganosiloksan (161-123, 161-45 navli) impulsli transformator, radio va elektron apparatlarida qo‘llanilmoqda.

Xlor-ftor-uglerodli va ftor-uglerodli suyuqlik molekulalarida vodorod atomi o‘rnini xlor va ftor atomlari qisman yoki to‘liq egallaydi. Ftor organik suyuqliklarda tg  qiymati juda kichik bo‘lishi bilan birga, yuqori darajali haroratga chidamligi sababli, uni 200 oS va undan haroratda ishlatish mumkin. Bu suyuqlikning sirt taranglik kuchi va qovushqoqligi nisbatan kichikdir. Ftor-organik suyuqlik uchuvchan bo‘lganligi sababli u bilan to‘latilgan elektr apparatini yaxshilab zichlash talab etiladi. Bu suyuq dielektrik yordamida chulg‘amlar va magnit o‘tkazgichlardan ajralib chiqqan issiqlik atrofga tez va yaxshi tarqaladi.


Elektrotexnika uskunalariga qo‘yiladigan ftor-organik suyuqligi (xladon) tok o‘tayotgan sim va chulg‘amdan ajralib chiqayotgan issiqlik ta’sirida bug‘lanib, issiqlikni yutadi, so‘ngra sovitgichda kondensatsiyalanib, yana asosiy sistemaga suyuq holda qaytadi. Natijada uskuna bo‘shliqlarida katta bosim hosil bo‘lib, apparatning gaz muhitidagi elektr mustahkamligi ortadi. Havo tarkibidagi ftor-orgapnik suyuqlik bug‘lari portlash xavfini tug‘dirmaydi. Suyuq holatda bu dielektrik deyarli yonmaydi. YUqori dielektrik singdiruvchanlikka ( r=35-39) ega bunday qutbli sintetik suyuqliklarga misol qilib, nitrobenzol (N5S6-NO2) etilengliol (NO-SN2–SN2-ON), sianoetilsaxaroza (S38N46N8O11) kabi suyuqliklarni keltirish mumkin. Elektr maydoni ta’siriga chidamli, o‘zida elektr quvvatini juda kam isrof etadigan sintetik uglevodorodli qutbsiz suyuqliklarga poliizobutilen, polibutilen va alkilbenzol misol bo‘la oladi. Agar kondensatorning qog‘oz izolyasiyasi poliizobutilenga shimdirilsa, kondensatorning zaryadlanish vaqti keskin ortadi.
Oqtol suyuqligining zichligi 860-875 kg/m3, alangalanish harorati 138-165 oS , dielektrik xosalari: r = 2,2-2,3; tg  =10-4-10-3. Bu suyuqliklar asosida tayyorlangan qog‘ozli kondensatorning nisbatan xizmat muddati 1,8-2,3 barobar yuqoridir. Oktolnning vazelin bilan aralashmasi qog‘ozli kondensatorlarda qo‘llanilganda kondensatorning xizmat muddati boshqa shimdirilgan suqlikli kondensatorlarga nisbatan 20-40 barobar yuqori bo‘ladi.
Download 106,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish