1. Diagrammalar yasash usuli haqida



Download 26,22 Kb.
bet1/2
Sana23.01.2022
Hajmi26,22 Kb.
#406370
  1   2
Bog'liq
184 O\'runova Latofat


184-guruh O’runova Latofatning Mo’M fanidan oraliq nazorat topshirig’iga savollariga javoblari

16-bilet


Diagrammalar elektron jadvalning ajralmas qismi bo’lib, uni grafiklar deb ham yuritiladi. Bu bo’limda diagrammlar yasash va ularga sodda o’zgartirishlar kiritish haqida ma’lumot beriladi.

1. 

Diagrammalar yasash usuli haqida.

Diagramma- jadval ko’rinishida berilgan ma’lumotlarni grafik ko’rinishda tasvirlash usuli bo’lib, unda tasvirlangan ma’lumot tushunishga oson bo’libgina qolmay, balki ishni ham tezlashtiradi. Xususan, ko’p sonlar va bu sonlar orasidagi bog’liqlikni tasvirlashda diagrammaning roli juda muhimdir. Jarayonning strukturasi va undagi o’zgarishlarni diagramma yordamida aniqlash mumkin. B narsa faqat sonlarning o’ziga qarab aniqlash juda mushkul. Diagrammalar ishchi jadval "list”laridagi sonlar asosida yasaladi. Shuning uchun ham diagramma yasash (qurish)dan oldin sonlarni hosil qilish lozim.

Odatda, diagramma yasash uchun kerak bo’ladigan sonlar bitta "list”da yoki alohida faylda joylashadi. Umuman, bu shart emas. Bitta diagramma yasashda ixtiyoriy sondagi listlardagi ma’lumotlardan foydalanish mumkin, xuddi shuningdek, ixtiyoriy sondagi ishchi kitoblardan ham.

Exsel da yasalgan diagrammani joylashtirishning ikki usuli mavjud:

Ø diagrammani bevosita "list” ning o’zida joylashtirish. Bu holda diagramma shu listning elementi sifatida qaraladi. Bunday diagrammalarga tadbiq etilgan diagrammalar deb ataladi;

Ø ishchi kitobning yangi "list”ida diagrammani joylashtirish. Bu holda "list”da faqat diagramma joylashib, unda kataklar bo’lmaydi. Oddiy "list’ diagrammali "list” dan shunisi bilan farq qiladi. Agar siz diagrammali "list” ni faollashtirsangiz, u holda Exsel menyusi u bilan ishlash uchun mos ravishda o’zgaradi. Bunday "list”larda diagramma "list”lari deb ataladi.

Diagrammani joylashtirish jarayoniga bog’liqmas holatda, uni xohlagancha boshqarish mumkin. Ya’ni rangni o’zgartirish, joyini surish, masshtab bo’laklarini o’zgartirish, to’r chiziqlarini kiritish va h.k.

Siz ishingizga mos keladigan diagrammani eksperiment yo’li bilan tanlashingiz mumkin. Agar bu etarli bo’lmasa, turli usullar bilan diagrammani o’zgartirish, ya’ni unga izoh, grafik, obektlar va b. kiritish mumkin. Exsel da yasalgan diagramma ishchi jadval "list”idagi ma’lumotlarga bog’liq bo’lib, ma’lumotlar o’zgarishi bilan unga mos diagramma ham avtomatik tarzda ozgaradi. Bu Exsel da diagrammalar yasashning eng muhim tomonidir.



2. Boshlang'ich sinflarda matematikani o'qitishga haftasiga 5 soatdan vaqt ajratiladi. O'quv materialini sinflarga taqsimlashda o'rganilayotgan sonlar va ular bilan arifmetik amallarni bajarish doirasi asta - sekin kengaytirib borishi nazarda tutuladi. 1-sirifda - 0 dan 100 gacha bo'lgan sonlarni raqamlash, 100 ichida sonlarni xonadan o'tmasdan qo'shish va ayirish; 2-sinfda - 0 dan 100 gacha bo'lgan sonlar, 100 ichida sonlarni xonadan o'tib qo'shish va ayirish, jadval ichida ko'paytirish va bo'lish; 3-sinf - I dan 1000 gacha bo'lgan sonlar, to`rt arifmetik amal; 4-sinfda - 1 dan 1 000 000 gacha bo'lgan sonlar, to`rt arifmetik amal kabi mavzular qaraladi. Birinchi sinfda o'quvchilar ikki o'nlik ichidagi, ya'ni I dan 20 gacha bo'lgan sonlarning nomlari bilan tanishadilar. Bu esa xususan o'quvchilarda narsalarni sanash malakasini hosil qilish uchun qo'llaniladi.

Raqamlarning yozilishi bilan tanishtirish shu sonlarning ho'sil bo'lishini o'rgatish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi, shu sababli ­darsdayoq o'quvchilar I soni bilan tanishadilar va I raqamini daftarlariga yozadilar. Shu bilan birga o'qitishning birinchi kunidan boshlaboq bolalarda ba'zi muhim umumlashmalar shakllana boshlaydi (birinchi o'nlik sonlar misolida) natural qatorning har bir keyin keladigan soni qanday bo'lishi oydinlashtiriladi, qatorning ixtiyoriy soni va undan oldin yoki keyin keladigan hamma sonlari o'rgatiladi. O'quvchilar sonlarni taqqoslash usullari bilan (oldin narsalarning mos to'plamlari ustida amallar bajarish asosida, keyin esa taqqoslanayotgan sonlarning qatorida egallagan o'rinlari bo'yicha) tanishadilar: ular ikki yoki son yig'indisini topishni (oldin narsalarning mos to'plamlarini birlashtirish va hosil bo'lgan to'plamlar elementlari sonini sanash asosida topish, keyin esa bittalab yoki guruhlab qo'shish va boshqa usullardan foydalanib) o'rganadilar. Birinchi yarim yillikda o'quvchilar matematik amallar nomlari tarkibiy qismlari, ular hosil etadigan natijalar nomlari bilan tanishadilar. Bundan tashqari o'quvchilar matematik belgilarning ba'zi elementlari - amal ishoralari (plus - qo'shuv, minus - ayirish), munosabat belgilari (katta, kichik, teng) bilan tanishishlari hamda (2 va 6 sonlari yig'indisi) 9-2 (9 va 2 sonlari ayirmasi) va boshqa shunga o'xshash eng sodda matematika ifodalarni o'qish va yozishni o'rganib olishlari kerak.

Umumiy o'rta ta'lim ikki bosqichdan iborat bo'lib, boshlang'ich va umumiy o'rta ta'limni qamrab oladi.

Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti boshlang'ich hamda umumiy o'rta ta'lim nihoyasida o'quvchilar egallashi lozim bo'Igan bilim, ko'nikma va malakalarning minimal darajasini belgilab beradi.

Har bir sinf yakunida o'quvchilar egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar fanlar bo'yicha ishlab chiqilgan o'quv dasturlari bo'yicha o'z aksini topadi.

Boshlang'ich sinflarda o'quvchilar matematikadan quyidagi bilim, ko'nikma va malakalarni egallashlari shart.

a) Sonlar va hisoblashlarga oid:

- sonlarni o'qish va yozish, ularni xona qo'shiluvchilarining yig'indisi ko'rinishidagi yozuvini tushuntirish.

- sanoq texnikasini egallash (to'g'ri va teskari tartibda sanash, juftliklar va o'nliklar bilan sanash, sondan oldin va keyin keluvchi sonni aytish kabi)lar.

- natural sonlarni o'zaro taqqoslash ">", "<" va "=" belgilarini to'g'ri qo'llash.

- sonlarni yozma qo'shish, uch xonali va to`rt xonali sonlarni ayirish, bir xonali va ikki xonali songa ko'paytirish va bo'lish;

- qo'shish, ayirish, ko'paytirish va bo'lishning jadvalli hollari natijalarini bilish, murakkab bo'lmagan hollarda yuz ichida og'zaki hisoblashlarni bajara olish;

- "yig'indi", "ayirma", "ko'paytma" va "bo'linma" atamalari ma'nosini tushunish va sonli ifodalarni o'qishda ularni qo'llay olish;

"... ta ortiq", "...ta kam", "... marta ortiq", "... marta kam" munosabatlarining, "hammasi", "qoldi", "teng" munosabatlarining ma'nosini tushunish va ularga tayangan holda sodda masalalarni yecha olish;

- miqdorlar mahsulot narxi, miqdori va qiymati to'g'ri chiziqli harakatda yo'l, tezlik va vaqt orasidagi bog'lanishlarni qo'llab, amaliy mazmundagi masalalarni yechish;

- "yarim", "uchdan biri", "to'rtdan biri" atamalari ma'nosini tushunish va ularni qo'llash, kasrlar yordamida ulushlarni yozish, doira va geometrik shakllar modelida ½ 1/3 larni ko'rsatish, amaliy mazmundagi masalalarni yechishda sonning ulushini va ulushiga ko'ra sonni topa olish;

b) Geometrik shakllarga oid.

- rasmlarda kesma, uchburchak, to'rtburchaklar (jumladan, to'g'ri to'rtburchak va kvadratlar), beshburchak va aylanani tanish;

- tevarak atrofdagi geometrik shakllarni tanish va topa olish;

- kesma uzunligini o'lchash, berilgan uzunlikdagi kesmani yasash, kesma uzunligini ko'z bilan chamalab o'lchay olish;

- chizg'ich va sirkuldan foydalanib to'g'ri to'rtburchak, kvadrat, uchburchak va aylanalar yasay olish;

ko'pburchak parametrini, to'g'ri to`rtburchak yuzini va kvadrat birliklardan tuzilgan shakllarning yuzini hisoblay olish;

- uzunlik (mm, sm, dm, m, km.) va yuza (sm, kv, dm, kv, m, kv) o'lchovi birliklarini, ular orasidagi asosiy nisbatlarni

DIDAKTIK O'YINLAR VA ULARNING AHAMIYATI.

Ma'lumki 1-sinfga qabul qilinib, maktab ostonasida ilk qadam qo'ygan bolaning faoliyatida o'yin asosiy o'rinni egallaydi. O'yin ularning eng sevimli mashg'uloti bo'lib, ular har qanday mashg'ulotni o'yin bilan uyg'unlashtirishga harakat qiladilar. Shunday ekan o'qituvchi o'quvchi faoliyatidan ularning sevimli mashg'uloti - o'yinni siqib chiqarmasdan, undan maqsadga muofiq foydalanish bilan ta'lim jarayonining samaradorligini oshirishga imkon beradi.

O'yin - bola hayotining uzviy qismidir. O'yin orqali bola atrof - muhit, tabiat hodisalari, manzaralari, buyumlar, o'simliklar, hayvonlar dunyosi bilan tanishadi.

Boshlang'ich ta'lim davrida o'quvchilarning aqliy va jismoniy faoliyatini tashkil qilishda didaktik o'yinlar alohida ahamiyatga ega.

Matematika  darslarida  didaktik  o'yinlardan  foydalanish  o'quvchilar  zehnini  o'stirish, tez  hisoblash  ko'nikmalarini  oshirishda  muhim  ahamiyatga  ega.

Didaktik o'yinlar jarayonida o'quvchilar o'yin qoidalariga qat'iy rioya qilishga o'rganadilar, inoqlik his - tuyg'ulari, dunyoqarashlari shakllanib boradi.

Ta'lim jarayonida didaktik o'yinlar o'quvchilarning xususiyatiga ko'ra tashkil etilishi kerak. Bu esa ularga bilim berishni yengillashtirishga, ko'rgazmalilikni ta'minlashga qaratilgan bo'lib, o'quvchilarni toliqtirmaslik, zeriktirmaslik imkonini yaratadi.

Ta'lim jarayonida qo'llaniladigan didaktik o'yinlar 2 xil tasnifga egadir.Didaktik o'yinlarni xilma-xil tarzlarda tashkil qilish mumkin. Qo'g'irchoqlar, o'yinchoqlar, rasmlar va tarqatmalar, turli geometrik shakllardan ham foydalanish mumkin. Didaktik o'yinlar maqsadiga ko'ra 4 omilni o'z ichiga oladi:

1. O'yinning vazifasi. 2. O'yinning harakati. 3. O'yinning qoidasi. 4. O'yinning yakuni.

Har bir didaktik o'yinni boshlashdan oldin o'quvchilarga o'yinning qoidasi, mazmuni, yakuni nimadan iborat ekanini o'qituvchi tomonidan tushuntiriladi. O'quvchilar uni tushunib, anglab, shu asosda harakat qiladilar. Masalan, “Ishoralar” o’yini.

O'yinning maqsadi: Bir amalli masalalarni og'zaki yechish ko'nikmalarini rivojlantirish.

O`yin jihozi:  “-“, “+”  belgilari.

O'yinning borishi:

O'qituvchi masalani o'qiydi, o'quvchilar esa masalani qaysi amal bilan yechish kerak bo'lsa o'sha "ishora"ni ko'rsatadilar.

Masala:

1. Salimning 2 ta qora va 4 ta qizil qalami bor. Hammasi bo'lib nechta qalami borligini qaysi amaldan foydalanib topamiz?

O'quvchilar "+"ni ko'rsatadilar. Masala og'zaki yechiladi.

2. Nigorada 6 daftar bor edi. 3 tasini ukasiga berdi. Nigorada nechta daftar qoldi?

Mustahkamlash: O'qituvchi "+", "-" qo'shish, ayirish belgilari qachon qo'yilishini so'rab, ularning bilimini mustahkamlaydi. 

3. Mavzu: Birinchi o„nlik sonlari bilan tanishishda didaktik tamoyillardan foydalanish.(1 soat)

Mashg’ulot maqsadi:Birinchi o’nlik sonlari bilan tanishishda didaktik tamoyillardan foydalanish bo‘yicha ma‘lumotga ega bo‘lish, tajribada sinash.

Mashg’ulot jihozi: darslik daftar, tarqatma materiallar, doska, bo‘r, marker va visual tarqatmalar va boshqalar. Amaliy ishlash uchun topshiriqlar.

1. Mavzu haqida qisqacha ma`lumot.

2. Mavzuga doir didaktik topshiriqlar.

3. Keys uchun vaziyat.

4. Dars yuzasidan didaktik o`yin.



1.Mavzu haqida qisqacha ma`lumot Didaktik topshiriq: 10 ichida qo‘shish va ayirish amallarini mashq qilish. o‘qituvchi o‘yinni boshlashdan oldin uni o‘quvchilar Oldindan mashq qilib olishi lozim. o‘qituvchi 6 ta o‘quvchini doskaga chaqiradi. — Bu «Zanjircha»,— deydi u,— shunday o‘ynash kerakki, zanjircha «uzilmasin». Buning uchun to‘g‘ri sanash kerak. Sizlar o‘zlaringiz xohlagan misollarni o‘ylab qo‘yasizlar va javobini bir-birlaringizga navbat bilan aytasizlar. Biroq o‘z o‘rtog‘iga beriladigan misolni o‘zidan oldingi kishi aytgan javobdan boshlash lozim. Javob ovoz chiqarib aytilmasligi, balki o‘ziga aytilgan misolning o‘zidan boshlayverilishi kerak. o‘qituvchi shu gaplarni aytib bo‘lganidan keyin Jamilaga murojaat qilib: — qani, sen o‘ylagan misolingni ayt,— deydi. — 3+1-—deydi Jamila. o‘qituvchi mashqni to‘g‘ri boshlash maqsadida: «4 + 3»— deydida,— «qani, Iroda sen necha hosil bo‘lganini qulog‘imga aytchi»,— deydi. — Yetti,— deb shivirlaydi Iroda. — Endi shu sondan boshlab misol ayt,— deydi o‘qituvchi. — 7--1, deb tezlik bilan javob qaytaradi Iroda. Nodira ham o‘z navbatida: «6—1» deydi. Turg‘un esa-«1—5»,— deb yuboradi. «Ana xolos,— deydi o‘qituvchi,— «zanjircha» uzilib ketdi. 6 ga 1 ni qo‘shsa, qancha bo‘la-di?». «Endi men tushundim,— deydi shoshilib Turg‘un,— «7 + 3» deyishim kerak ekan». Birinchi sinfga kelgan bolalar turli joylardan va turlicha iv matik tayyorgarlikka ega bDladi. Bolalar bo chasi yoki ba'zi... larda tayyorgarligi bor bolalar 1-10 gacha sonlarni Dqish, saA , teskari sanash, yozish malakalariga ega b ladilar. Ba'zan, muA ' tayyorgarlikka ega b lmagan bolalar keladilar. Shuning uA , 4 Dqituvchinig vazifasi 1-sinfga kelgan bolalarning tayyorgarligiA . . dividual aniqlashdir. Bu ish qish boshlanguncha yoki birinchi, f tadayoq amalga oshirilishi kerak. Aniqlashda quyidagi taxiv. . savollar bDlishi mumkin: 1. Sanashni bilasizmi? Sanang-chi? 2. Doiracha, ch ip, bayroqchalarni sanang-chi? 3. Stolda qancha qalam b Isa, shuncha bayroqcha oling. 138 4. Qaysi doirachalar к p? Qizillarimi, к klarimi? 5. Tartib bilan qDyilgan narsalarni tartib bilan sanang. 6. 5-1,8-2, 4-3 kabisavollar. Tayyorgariik davrining (6-7 mash ulot) asosiy vazifasi raqam- lashni rganishga Dtish uchun zarur b ladigan bilimlar, malakalar va к nikmalami aniqlash. 1-sinfning 1- mavzusi 1 -□ nlik sonlarini raqamlashdan iborat. Bunda bolalar sanoq malakasini hosil qilish, 1-10 gacha b lgan son haqidagi tasavvur shakllantirish, sonlar qatorini hosil qilish kabi ishlarni bajarish kerak. 10 ichida raqamlashda qituvchining vazifasi bolalarda sanash malakalarini shakllantirish va 1-10 sonlar kesma- sida natural qatorning tuzilishini ochib berishi va bu asosda natural ketma-ketlikning hadi sifatida ta'riflashdan iborat. Raqamlashni bilish natijasida quvchilar quyidagilarga erishadilar: 1. 1 dan lOgacha sonlar ketma-ketligini tdla zlashtirish. 2. Narsalarni sanashni va sanash tartibi к rsatilganda har bir narsaning tartib raqamini aytib bera olishi. 3. Sonlarning 1 dan 10 gacha har bir son qanday hosil b lishi (1 ni q shish yoki 1 ni ayirish bilan). 4. Raqamlarni qiy olishlari va har bir raqamga mos keladigan narsalar t plamini mos keltirishi. 5. Sonlarning katta, kichik, tengliklarini bilish. 6. 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 sonlarini bir necha q shiluvchilardan iborat qilib yoza olishni. 7. 2+1, 4-1, 1+3 kabi yozuvlarni qiy olishi va natijasini hisoblay olishi. 8. Doira, kvadrat, uchburchaklarni bir-biridan farqlab, nomlarini aytish va ularni chiza olishi. Natijada quyidagi savollarga javob bera oladigan b Isin: 1. U yoki bu son qanday hosil qilinishi mumkin? 4+1=5, 6-1=5 kabi. 2. Son qanday ataladi va u bosma va yozma raqamlar bilan qanday yoziladi? 3. Berilgan son bilan q shni sonlar orasida qanday munosabat- lar mavj ud (, =) Bu vazifalardan kelib chiqib mavzuni o‘rganish rejasi tuzuladi. Natural raqamlar tartibi o‘quvchilarda bu qatorning hosil bo‘lish tushunchalarini ongli o‘zlashtirishiga imkon beradi. Shunga e'tibor qilish kerakki, har gal avvalgi o‘tilgan raqamlar qatori qayta кo‘rib chiqiladi va o‘rganilayotgan yangi raqamlar ilgarigi tartibni davomi ekanligiga diqqat qaratiladi. 1-sinf dasturi bundan keyingi ta'lim asoslanadigan muhim bilimlar, malakalar va ko‘nikmalami tarkib toptirishni nazarda tutadi. 1- sinfda son, sanoq, qo‘shish va ayirish amallari haqidagi tasavvurlar tarkib topishi, sonlar qatori ongli o‘zlashtirilishi kerak (bolalar qatordagi har bir son qanday hosil bo‘1ishini o‘zlashtirishlari, sonlarni taqqoslashni rganib olishlari kerak). q shish va ayirish usullarini ongli o‘zlashtirishga alohida e'tibor berilishi kerak. Nihoyat, 1-sinfda qitishning natijasi 10 ichida sonlarni q shish jadvalini, shu sonlar tarkibining tegishli hollarini va ayirishni ongli va puxta o‘zlashtirishni hamda bu o‘zlashtirishni samarali eng yuqori darajasigacha yetkazishdan iborat bolishi kerak. Bolalar 3 + 6 = 9 ekanini, 9 bu 4 va 5 ekanini, 9-6 = 3, chunki 9 bu 3 va 6 ekanini о zaki bilishlari kerak. Talabalarda ushbu mavzu bo‘yicha bilim ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar: 1.Har bir talaba: 1) konsentirlar bo‘yicha «raqamlash» mavzusini mazmuni va vazifalarini bilishi; 2) o‘quvchilarni o‘zlashtirishni takomillashtiradigan umumlashma amashqlar tizimini ishlash jarayonini bilishi: a) fanlararo aloqadorlik va sonlarni xonalar bo‘yicha o‘zaro uzviyligiga bog‘liq metodlar: b) natural sonlar qatorining hosil qilish tamoyillari: d) Sonning o‘nli tarkibi to‘g‘risida: e) kontsentrlar bo‘yicha sonlarning o‘qilishi va joylashuvi: f) yangi sanoq birligining Hosil qilinishi: g) kontsentrlar bo‘yicha sonlarning joylashuv tarkibi: H) xona birliklari bo‘yicha munosabat: i) sonlar tarkibining o‘qilishi va yozilishini bilishi kerak. Mavzuni o‘rganish jarayonida ko‘rgazmalilikdan foydalanish. 2. Bilish kerak: – mavzu bo‘yicha dastur talablari asosida sonlarni xona qo‘shiluvchilari yig‘indisi shaklida tasvirlash; – darslik bo‘yicha ko‘rgazmalar asoisda suhbatlar olib borish: – o‘quv materialini o‘zlashtirishini mustaHkamlashga va kuchaytirishga oid didaktik o‘yinlar tanlash: – bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil bo‘lishi bo‘yicha turli metodlar va mashqlar, mustaqil ishlar tuza olish: – turli xil ko‘rinishdagi ko‘rgazmali vositalar asosida yangi materialni va o‘tilgan materiallarni mustahkamlash va bayon qila olish. Raqamlash metodikasi bosqichda o‘qituvchining vazifasi bolalarda sanash malakalarini shakllantirish va 1-10, 100 ichida, 1000 ichida va ko‘p xonali sonlarni sanay olishini, didaktik tamoyillar asosida natural qatorning tuzilishini ochib berish va bu asosda sonni natural ketma-ketlikning Hadi sifatida ta‘riflashdan iborat. Buning uchun o‘quvchilarning quyidagilarga erishishlarini ta‘minlash zarur: 1) O‘quvchilarning miqdor va raqamlar tartibi Haqidagi tushunchalari aniqlashadi: 2) Predmetlarni sanashni shakllantirish: 3) 1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligini yaxshi o‘zlashtirib olishlari kerak; 4) Narsalarni sanashni va sanash tartibi ko‘rsatilganda Har bir narsaning berilgan guruHdagi tartib raqamini aytib bera olishlari kerak; 5) Sonlarning 1 dan 10 gacha qatoridagi Har bir son qanday Hosil bo‘lishini ongli ravishda o‘zlashtirishlari kerak; 6) Raqamlarni o‘qib olishlari va Har bir raqamni narsalarning mos soni bilan mos qo‘ya olishlari kerak; 7) Sonlarni taqqoslashni bilishlari kerak; 8) 2,3,4,5 sonlarning ikkita qo‘shiluvchilardan iborat sonlar tarkibini barcha Hollarini mustahkamlab, o‘zlashtirib olishlari kerak; 9) 2+1, 4-1, 1+3, va Hokazo ko‘rinishdagi matematik yozuvlarni o‘qiy olishlari va bunday yozuvlarni aniq rasmlar bilan mos qo‘yishlarini bilishlari kerak. 10) Miqdorlar yordamida predmetlarni o‘zaro taqqoslash, «ko‘p», «kam», «ortiq», «baland», «past» kabi tushunchalarni taqqoslay olishi; Doira, kvadrat, uchburchakni bir-biridan farq qila bilishlari va nomini ayta olishlari Kerak. 2.Mavzuga doir didaktik topshiriqlar.  Birinchi o`nlikni raqamlashga o`rgatishning qulay usullarini ishlab chiqish.  Birinchi o`nlik yuzasidan misol va masalalar tuzish.


Download 26,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish