1. Deviant xulq-atvor qiidalari tushinchalari


Sotsiologik yondashuv shaxsning sotsial-tipik jihati



Download 87,09 Kb.
bet5/8
Sana28.03.2022
Hajmi87,09 Kb.
#514082
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bolalarda deviant xulqning nomoyon bo\'lish shakllari

Sotsiologik yondashuv shaxsning sotsial-tipik jihati
Sotsiologik yondashuv shaxsning sotsial-tipik jihatini ajratadi. Shaxs sotsiologik nazariyasining asosiy masalasi shaxsning shakllanish jarayoni va uning ehtiyojlarini qondirish, sotsial birlikda rivojlanishi va amal qilishi, jamiyat bilan shaxs aloqalari, shaxs va guruhlar, shaxsning sotsial fe’l-atvorini, tartibga solish qonuniyatlarini o‘rganish bilan chambarchas bog‘langan.
Bu yerda, sotsiologiyada shaxsni o‘rganishga ayrim umumiy tamoyilar nuqtai-nazaridan yondashuv ifodalangan.
Sotsiologiya shaxsga oid ko‘pgina nazariyalarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular bir-birlaridan qat’iy metodologik ko‘rsatmalar orqali farq qiladilar.
Insonning qaysi jihati shaxs tushunchasida nomoyon bo‘ladi? Insonning 2 xil ehtiyoji mavjud: tabiiy va ijtimoiy. Tabiiy - bu barcha biologik ehtiyojlar: Ijtimoiy - mehnat faoliyati, ijtimoiy faollik, ma’naviyat va boshqalar.
Shaxs bu insonning jismoniy tabiati emas, balki uning ijtimoiy sifatidir. Shaxs ehtiyojlari uning manfaatlari orqali nomoyon bo‘ladi. Manfaatlar esa uni maqsadli faoliyatga yo‘llaydi. Kishilarning ijtimoiy munosabatlari ularning xulqlarida, eng avvalo, manfaatlar tarzida nomoyon bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida shaxs faoliyatining maqsadini, mazmunini va mohiyatini ifodalaydi. Manfaatlarning maqsadga aylanishi shaxs faoliyati motivining oliy darajasidir.
Sotsiologiya tarixida o‘zining metodologik qurilmasi jihatidan farq qiluvchi shaxs to‘g‘risidagi nazariyalar ishlab chiqilgan.Karl Marks va F. Engels tomonidan asos solingan shaxs ijtimoiy faoliyat va munosabat sub’ekti va ob’ekti to‘g‘risidagi nazariyasi, Ch.Kuli, R.Darendorf, R.Milton, R.Mertonlarning shaxs roli nazariyasi va boshqa shu kabilar.
1. Shaxs ijtimoiy faoliyat, munosabat sub’ekti va ob’ekti to‘g‘risidagi marksistik nazariyada asosiy e’tibor shaxs va jamiyatning o‘zaro munosabatiga qaratilgan. Marksistik sotsiologiyada shaxsning moddiy faoliyati jarayonida yuzaga keluvchi va ongining muayyan xususiyatlarini aks ettiruvchi sub’ektiv jihatlari ko‘proq tadqiq qilingan.

2. Amerika sotsiologlari: T.Znaneskiy va Ch.Tomaslar asos solgan shaxs ijtimoiy hulqini o‘z-o‘zini boshqarishining dispozision nazariyasida shaxs hayotidagi dunyoqarashlik va qadryatli - normativ omillarga ko‘proq ahamiyat beriladi. Bu nazariyaga ko‘ra, shaxs ongi uning hayotiy o‘rnini belgilaydi. Shaxs dunyoqarashi, ijtimoiy qadriyati, g‘oyaviy va ma’naviy normalar uning faoliyatini belgilovchi asosiy omillardir. Ko‘rinib turibdiki, shaxs to‘g‘risidagi bu nazariyada shaxsning sotsiologik va ijtimoiy psixologik xususiyatlari bir qilib olingan.


3. Sotsiologiyada Amerikalik D.J.Mid va G.R.Mintonlar tomonidan asos solingan shaxsning roli nazariyasi ham diqqatga sazovordir. Keyinchalik bu nazariya G.Merton va T.Parsons, G‘arbiy Olmoniya sotsiologi G.Darendorflar tomonidan yanada rivojlantirilgan. Bu nazariya ikki asosiy tushunchalar: shaxsning ijtimoiy mavqei va ijtimoiy roli orqali tushuntiriladi. Unga ko‘ra, har bir inson muayyan ijtimoiy tizimda bir necha o‘rinni egallashi mumkin. Har bir egallangan o‘rin ijtimoiy mavqe deb ataladi. Shaxs o‘z hayoti davomida bir necha ijtimoiy mavqega ega bo‘lishi mumkin. Binobarin, bu o‘rinlardan qaysi biridir uning asosiy ijtimoiy mavqeini belgilaydi. Bosh mavqe shaxsning egallab turgan mansabi (masalan, direktor, rais, professor kabi) bilan belgilanadi.
Shaxs ijtimoiy mavqei uning tashqi xulqida, tashqi qiyofasida, yurish turishida va hatto muomalasida ham o‘z ifodasini topadi.
Shaxsning ijtimoiy roli nazariyasida belgilangan va erishilgan ijtimoiy mavqelari o‘zaro farqlanadi. Belgilangan mavqe - bu shaxs xizmati va xatti-harakatidan qat’iy nazar, jamiyat tomonidan belgilab qo‘yiladi. Shaxsning etnik kelib chiqishi, tug‘ilgan joyi, oilasi, jinsi va boshqalar shular jumlasidandir. Erishilgan mavqe deganda, shaxsning o‘z xatti-harakati, qabiliyati bilan erishgan mavqei tushuniladi. Masalan, yozuvchi, firma boshlig‘i, direktor, professor va shu kabilar. Bulardan tashqari, yana shaxsning tabiiy va kasbiy lavozim mavqei ham o‘rganiladi. Shaxsning erkak va ayol, bolalik, o‘smirlik, yoshlik, o‘rta yosh, keksalik davrlarini bildirsa, kasbiy lavozim mavqei shaxsning ijtimoiy - iqtisodiy va ishlab chiqarish - texnik holati (muhandis, temirchi, haydovchi va boshqalar)ni bildiradi.Ijtimoiy mavqe shaxsning muayyan ijtimoiy tizimida egallagan konkret o‘rnini ifodalaydi. Ijtimoiy rol esa shaxsning ijtimoiy tizimida egallagan mavqe bilan bajaradigan faoliyati majmuini ifodalaydi. Masalan, ma’muriy - buyruqbozlikka asoslangan Sobiq sovet tizimi buyruqboz shaxslar tipini shakllantirib qo‘ydi. Bunday shaxs tipiga «yuqori»ga ko‘r-ko‘rona, so‘zsiz bo‘ysunish, dunyoqarashi tor, bir tomonlama, o‘z mansabini saqlab qolish va yuqori mansablarga erishish yo‘lida har qanday qabihlikdan qaytmaydigan, munofiqlik kabi xususiyatlarga ega bo‘lganlar kiritildi. Bunday kishilarning shaxs xususiyatlari ular bajaradigan vazifasiga o‘z o‘rnini bo‘shatib beradi. Shaxs tipining bunday ko‘rinishi hozirda ham ba’zan jamiyat hayotini yangi sharoitda erkin rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda.Shaxs faoliyati deganda, uning ichki va tashqi tendensiyalarining ijtimoiy hayotda namoyon bo‘lishi xususiyatlariga aytiladi. Ijtimoiy faollik inson shaxs sifatidagi darajasining asosiy ifodasi bo‘lib uning yuksak qadriyatli ehtiyojlarini qondirishlari va sifat ko‘rsatkichdir. Demak, ijtimoiy faollik shaxsning muhim sifatidir.Shaxs faolligi deb, uning hayotini boshqarish bilan, bog‘liq bo‘lgan va qadriyatlarining nomoyon bo‘lish xususiyatlariga aytiladi. Ijtimoiy faollik inson shaxsi sifati darajasining asosiy ifodasi bo‘lib, uning yuksak qadriyadagi ehtiyojlarini qondirish usuli va sifat ko‘rsatkichidir. Shu jihatdan shaxs faoliyati sotsiologiyada keng va kichik (tor) ijtimoiy darajalarda o‘rganiladi. Shaxsning bunday darajalarda o‘rganilishi metodologik ahamiyat kasb etadi.
Shu boisdan ham shaxs sotsiologiyasini o‘rganish Vatan, xalq farzandi, haqiqiy chin insonga xos bo‘lgan shaxs darajasiga yetishini anglab olishimizga yordam beradi. Vatanni sevish, Vatan farzandi bo‘lish g‘ururini o‘stiradi. Vatan uchun, xalqi uchun kerak bo‘lsa jonini fido qilishga shay turish – buyuk insoniy (fazilatdir. Shaxs sotsiologiyasi ana shunday yetuk shaxslarni yetishtirib berishga xizmat qiladi.
«Shaxs» - odamning ijtymoiy xususiyatlarining yaxlit majmui bo‘lib, ijtimoiy taraqqiyot va individning faol xatti-harakati hamda muomalasi vositasida ijtimoiy munosabatlar tizimiga qo‘shilishining mahsuli hisoblanadi. Shaxs tushunchasi ijtimoiy munosabatlar va ongli faoliyat sub’ekti sifatidagi individni ham ifodalaydi.
«Shaxs» tushunchasida uning atrof-muhitga munosabatni bildiradigan ijtimoiy-ruhiy sifatlarining ichki muayyan yaxlitligi ifodalanadi. Shaxs bo‘lish degani, birinchi navbatda, o‘zining ichki qadriyatlar dunyosini shakllantirishni, tevarak-atrofga, eng avvalo, ijtimoiy hodisalarni anglash, uning mohiyatini tushunish orqali qadriyatiy-tanqidiy munosabatga ega bo‘lishni bildiradi.
Insonning shaxs sifatidagi qadriyati uning o‘zligidan,fiziologik mavjudligidan ajratib olingan tarzda mavjugd emas. Shu bilan birga, aytish mumkinki, istagan inson shaxs bo‘lolmaydi, lekin har qanday shaxls- insondir. U tashqi muhitga faqat biologik moslashuv natijasi sifatida shakllana olmaydi. Balki sotsiumda, aniqrog‘i, uning turli darajalarida qaror topadi va unga ma’lum darajada bog‘liq bo‘ladi.Ya’ni shaxsning kelib chiqishi va uning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqishi kishilik jamiyati tomonidan ta’minlanadi. Demak, shaxsda insonning jamiyatda tutgan o‘rni va bajaradigan vazifalari ifodalanadi. Shunga ko‘ra, sotsiumning turli darajalarini o‘rganadigan barcha fanlar doirasiga shaxs masalasi ham kiradi.Xususan,inson tanasi tuzilishi va faoliyatini o‘rganadigan biologiya va boshqa fanlardan farqli o‘laroq,jamiyatshunoslik, ruhshunoslik, ta’limshunoslik kabi qator fanlar shaxs masalasini o‘rganishga ehtiyoj sezadi.Muayyan ma’noda shaxs yaxlit sotsiumning ajralmas bo‘lagidir.Unda dastavval kishilar o‘rtasidagi mavjud munosabatlar jamuljam bo‘ladi.Lekin bu o‘inda shaxs bilan sotsium aynanligi to‘g‘risida gapirishga asos yo‘q. Ibtidoiy tuzumning sodda jamoachiligi inqirozga yuz tutishi tufayli kishilar bir-biridan «ichki» dunyosi va manfaatlari bilan o‘zaro farqlanib, shaxs bosqichiga ko‘tarilib boradilar.Buning natijasida esa shaxs bilan sotsium manfaatlari nisbati masalasi kun tartibiga qo‘yiladi.Shaxsning sotsium bilan munosabatlari o‘ziga xos jihatlarga ega.Shaxsning o‘zligi, dastavval, uning muayyan darajadagi mustaqilligidir. U shu holati bilan sotsium hayotining barcha sohalarida ishtirok etadi. Albatta, gap bu borada ko‘proqetuk shaxs to‘g‘risida boradi. Lekin Yangi tug‘ilgan insonning shaxs bo‘lish imkoniyati faqat sotsiumda vujudga keladi. Demak, shaxsni sotsiumning turli darajalaridagi tashkiliy sifatlari voyaga yetkazadi.4Inson bilan sotsium aloqadorligi jihatidan uning shaxs sifatlari shakllanishini aniqlab olish muhim.Shaxs shakllanishiga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatadi va konkret shaxs boshqa oddiy insondan nimasi bilan farqlandi,- degan savol qo‘yilsa, unga javob berish xiyla qiyin. Negaki,shaxs shakllanishida juda ko‘p omillar ishtirok etadi.Ularning ichida ijtimoiy muhit katta mavqega ega.



Download 87,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish