Uning davosi qayda?
H ozircha dardning davosi hech qaerda yo‘q. Lekin u qidirilyapti. Virusga qarshi vaktsina yaratish borasida tadqiqotlar davom etmoqda.
Tibbiyot tarixiga ko‘ra, chechak, qizamiq, bezgak kabi insonlar joniga qiron keltirgan epidemik kasalliklar ham dastlab bedavo dard sifatida insonlarni ojiz qoldirgan. Emlash dorilari kashf etilguncha, ular epidemiya qo‘zg‘alganida butun-butun shahar-qishloqlarga yoppasiga qiron keltirgan. Tadqiqotlar natijasida ularga qarshi vaktsinalar yaratilgach, bu dardlar deyarli qaytib kelmas bo‘lib tibbiyot tarixi sahifalariga kirdi. XXI asr tibbiyoti OITS virusini yuqtirgan odamga umrini uzaytiradigan darmondori bersa-da, uning hayotdan ko‘z yumishini jim kuzatib o‘tirishdan boshqa chora topolmayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |