Respublikada 1960-1970 yillarda necha gektar yerga paxta ekilgan?
A) 1500 ga B) 1386 ga C)1709 ga* D) 2306 ga
1919 yil yozidan Turkiston aholisi yalpi majburiy mehnatga tortiladi. O’shanda qanchagacha bo’lgan yosh cheklangan deb hisoblandi?
A) 11 yoshdan 45 yoshgacha B) 15 yoshdan 50 yoshgacha
C)20 yoshdan 60 yoshgacha D) 16 yoshdan 55 yoshgacha*
O’zbekiston qishloq xo’jaligida 1939 yilga kelib qanday o’zgarish yuz berdi?
A) MTS lar tugatildi.
B) Quloqlashtirish siyosatiga chek qo’yildi.
C)Yakka tartibdagi dehqon xo’jaliklari butunlay tugatildi.*
D) Dehqon xo’jaliklarining 75 foizga yaqin qismi umumiy sektorga birlashtirildi.
Qoraqalpog’iston nechanchi yilda O’zbekiston tarkibiga muxtor respublika maqomi bilan kiritilgan?
A) 1930 yilda B) 1932 yilda C)1934 yilda D) 1936 yilda*
Zarafshon shahri qachon paydo bo’lgan?
A) 1960 yilda B) 1963 yilda C)1970 yilda D) 1972 yilda*
Toshkent qishloq xo’jalik mashinasozligi zavodi qachon qurilgan?
A) 1931 yilda* B) 1933 yilda C)1935 yilda D) 1937 yilda
Turkiston davlat universiteti qachon tashkil etilgan?
A) 1917 yilda B) 1918 yilda* C)1919 yilda D) 1933 yilda
Buxoro-Ural gaz quvuri qachon ishga tushirilgan?
A) 1936 yilda B) 1939 yilda C)1958 yilda D) 1963 yilda*
Ikkinchi jahon urushi yillarida qurilgan GES ni ko’rsating?
A) Bo’zsuv GES I B) Farhod GES i*
C)Oqtepa GES I D) Oqqovoqdagi 1-GES
1941 yil noyabridan 1942 yil martigacha O’zbekistonda nechta milliy harbiy brigada tuzilgan?
A) 15 ta B) 12 ta C)14 ta* D) 20 ta
Urush yillarida nechta xalq va elat O’zbekistonga ko’chirib keltirilgan?
A) 10 ta B) 15 ta C)20 ta* D) 18 ta
Xorazm Xalq Nozirlar Kengashining birinchi raisi kim bo’lgan?
A) Bobo Oxun Salimov B) J.Sultonmurodov
C)P.Yusupov* D) M.Burxonov
Tajovuzkor kuchlar tomonidan Buxoro qachon egallandi?
A) 1920 yil avgust boshida B) 1920 yil 2 sentyabr kuni*
C)1920 yil bahorida D) 1920 yil 1 martda
"Farg’ona Muvaqqat Muxtoriyat hukumati" qachon va kim boshchiligida tuzilgan?
A) 1919 yilda Kichik Ergash boshchiligida
B) 1918 yil 16 oktyabrda Katta Ergash boshchiligida
C)1917 yilda M.Cho’qayev boshchiligida
D) 1919 yil 22 oktyabrda Madaminbek boshchiligida*
Butun Turkiston mintaqasidagi barcha istiqlolchilarga siyosiy jihatdan rahbarlik qiluvchi markaz vazifasini bajargan Turkiston Milliy Birligi tashkiloti qayerda tuzilgan?
A) Toshkentda B) Buxoroda* C)Farg’onada D) Qo’qonda
Turkiston Muxtoriyati e’lon qilingan kunni "Milliy laylatul-qadrimiz" deb kim aytgan?
A) M.Behbudiy B) M.Cho’qayev
C)A.Fitrat* D) M.Abdurashidxonov
Millatni uyg’otishga undovchi dastlabki darsliklardan bo’lgan "Adibi avval" ning muallifi kim?
A) Saidrasul Saidaziziy B) Ismoil G’aspirali
C)Munavvar qori* D) Abdulla Avloniy
Madaminbek boshchiligida Farg’ona muvaqqat muxtoriyat hukumatining tuzilishi qayerdagi anjumanda amalga oshdi?
A) Farg’ona vodiysidagi Qo’qon qishlog’ida
B) Eski Marg’ilon shahrida
C)Pomirning Ergashtom ovulida*
D) Farg’onaning So’zoq qishlog’ida
"Qabilasining ismi va yetti otasining otini bilmay turg’onlarni "qul marquq" derlar" so’zlari kim tomondan aytilgan?
A).Mahmudxo’ja Behbudiy*
B). Munavvar qori
C).Abdulla Avloniy
D).Ismoil Faspirali
1917 yilda Turkiston o’lkasida qancha paxta tozalash zavodi bo’lgan?
A).160 ta B).240 ta C).210 ta D).270 ta*
"Al-Izoh" jurnali quyidagi qaysi firqaning g’oyalarini ifodalagan?
A)."Ittifoqi Muslimin"
B)."Turk adami Markaziyat firqasi"
C)."Sho’roi Islomiya"
D)."Sho’roi Ulamo"*
Turkiston o’lka musulmonlarning favqulodda IV qurultoyi qaysi shaharda bo’lib o’tgan?
A).Toshkentda B).Samarqandda
C).Yangi Marg’ilonda D).Qo’qonda*
Quyidagi matbuot nashrlaridan qaysi biri Turkiston Muxtoriyati nashri hisoblanmaydi?
A)."El bayrog’i" B)."Birlik tug’i"
C)."Hurriyat"* D)."Izvestiya Vremennogo Pravitelstva Avtonomnogo Turkestana"
Turkiston o’lkasi ishchi, soldat va dehkon deputatlari Sovetlarining nechanchi qurultoyida Turkiston Xalq Komissarlari Soveti tuzilgan?
A).I qurultoyida B).II qurultoyida
C).III qurultoyida* D).IV qurultoyida
Quyidagi qaysi tashkilot Turkistondagi barcha istiqlolchi guruhlarga rahbarlik qiluvchi markaz vazifasini bajargan?
A).Turkiston Milliy birligi*
B).Turkiston muvaqqat hukumati
C)."Milliy ittihod"
D)."Milliy istiqlol"
Quyidagi qaysi shaharda 1924 yilda tropik kasalliklar instituti ochilgan?
A).Toshkentda B).Buxoroda*
C).Samarqandda D).Urganchda
O’zbekistonda yer-suv islohoti necha bosqichda o’tkazilgan?
A).1 bosqichda B).2 bosqichda
C).3 bosqichda* D).4 bosqichda
Toshkent metropolitenining birinchi navbati ishga tushgan yilni aniqlang.
A).1970 yil B).1972 yil C).1974 yil D).1977 yil*
Farg’onada istiqlolchilik harakati davrida rus dehqonlar armiyasiga kim qo’mondonlik qilgan?
A).Zaysev B).Poltaraskiy C).Monastrov* D).Abramov
"Tarix millatlarning o’tmishini, taraqqiyotini hamda tanazullining sabablarini o’rganaturg’on
ilmdir" degan so’zlar kimga tegishli?
A).Mahmudxo’ja Behbudiyga
B).Abdurauf Fitratga*
C).Abdulla Avloniyga
D).Munavvar qoriga
"Qasoskor" partizanlar brigadasi tarkibidagi Jonibek Otaboyev boshchilik qilgan bo’lim qaysi urushda faol ishtirok etgan?
A).Oryol yaqinidagi Zolotaryovka qishlog’i uchun bo’lgan jangda
B).Dnepr uchun bo’lgan qaqshatqich jangda
C).Kursk yonida bo’lgan og’ir janglarda
D).Gomel atrofidagi "temir yo’l urushi" da*
Dnepr uchun bo’lgan janglarda shuhrat qozongan 461-o’qchi diviziya qayerda tuzilgan?
A).Samarqand shahrida
B).Buxoro viloyatida
C).Farg’ona viloyatida
D).Toshkent viloyatida*
Qaysi shaharni ozod qilishdagi jasorati uchun Rem Afzalovga Qahramon unvoni berilgan?
A).Kiyevni B).Varshavani
C).Gdanskni D).Budapeshtni*
Quyidagi shaxslardan qaysi biri Buxoro Respublikasi noziri lavozimida ishlamagan?
A).Abdurauf Fitrat
B).Muhitdin Mansurov
C).Muxtor Saidjonov
D).Abdulqodir Muhitdinov*
1927 yilda qaysi viloyatda yer-suv islohoti o’tkazilganligini aniqlang.
A).Surxondaryo B).Qashqadaryo
C).Farg’ona D).Zarafshon*
Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekistonda qaysi ekin yetishtirish ancha kamayganligini aniqlang.
A).bug’doy B).paxta* C).sholi D).qand lavlagi
1977 yilda tashkil etilgan shaharni aniqlang.
A).Zarafshon B).Uchquduq C).Shirin D).Paxtakor*
Nechanchi yildan boshlab O’zbekistonda paxtani mashinada terish boshlangan?
A).1948 yildan* B).1953 yildan
C).1960 yildan D).1965 yildan
Samarqand superfosfat zavodi qachon ishga tushirildi?
A).1952 yil B).1953 yil C).1954 yil D).1955 yil*
Madaminbek qaysi qishloqda xoinona o’ldirilgan?
A).Garbobo B).Yakkatut C).Qorovul* D).Rabot