31. Qonuniy vakillik nima?
Qonuniy vakillar - muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatli boʻlsa-da, jismoniy (qariligi, kasalligi va boshqalar) holati tufayli shaxsan oʻz huquqlarini amalga oshira olmaydigan va burchlarini bajara olmaydigan fuqarolarning shaxsiy va mulkiy huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini hamma muassasalarda, jumladan, sudda alohida vakolatsiz, qonunga binoan himoya qiluvchi shaxslar. Qonuniy vakillar qonunda belgilangan huquq doirasida oʻzlari vakolatini olganlar nomidan ular manfaatini koʻzlab bitim tuzadi hamda ularning huquq va manfaatlarini boshqa shaxslar tomonidan sui-isteʼmol qilinishidan himoya etadi.
32. Fuqarolik huquqi predmetini aniqlang
Fuqarolik huquqi oʻzining predmeti hisoblangan mulkiy va shaxsiy munosabatlarni tartibga solishda ishtirokchilarining tengligini eʼtirof etishga, mulkning daxilsizligiga, shartnomaning erkinligiga, xususiy ishlarga bironbir kishining oʻzboshimchalik bilan aralashishiga yoʻl qoʻyilmasligiga, fuqarolik huquqlari toʻsqinliksiz amalga oshirilishini, buzilgan hukuqlar tiklanishini, ularning sud orqali himoya qilinishini taʼminlash zarurligiga asoslanadi. Fuqarolik huquqida mulkiy munosabatlar asosiy oʻrinni egallaydi
33.Konstitutsiya nechta bobdan iborat?
Uzb.Res. Konstitutsiyasi 6 bo`lim 26 bob 128 moddadan iborat
35. Amnistiya va avfni farqini aytib bering
Shaxsiy omillarning ahamiyati bo‘yicha
Amnistiya va afv o‘rtasida yana bir kichikroq farq bu shaxsiy omillarning ta'sirida ko‘rinadi. Ya'ni afvni qo‘llashda mahkumning qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymonligiga, mahkumning shaxsini tavsiflovchi ma'lumotlarga, uning yoshi, sog‘ligining holati, oilaviy ahvoliga (qaramog‘ida voyaga yetmagan Shaxsning xohishi bo‘yicha
Afvni qo‘llash uchun odatda jinoyat sodir etgan shaxslarning iltimosnomasi asos bo‘ladi. Amnistiya aktini qo‘llashda esa bunday iltimosnoma talab etilmaydi.farzandlar, mehnatga qobiliyatsiz er (xotin) va (yoki) keksa yoshdagi ota-onasi mavjudligiga) albatta e'tibor qaratiladi.E'lon qiluvchi sub'yektlar bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga binoan, afv faqat Prezident tomonidan e'lon qilinadi.
Amnistiya akti esa Prezident taqdimnomasiga binoan Oliy Majlisining Senati tomonidan e'lon qilinadi.Qo‘llaniladigan shaxslar holati bo‘yicha
Afv faqat sud hukmi bilan jazo tayinlangan mahkumlarga e'lon qilinadi. Amnistiya esa jinoyat protsessining istalgan bosqichida - dastlabki tergov, surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv va hattoki jinoyat ishini qo‘zg‘atishgacha bo‘lgan bosqichda ham qo‘llanilishi mumkin.
Qo‘llanadigan shaxslar toifasi bo‘yicha
Afv – bu muayyan shaxslar uchun, ularning shaxsini tavsiflovchi ma'lumotlarni (yoshi, sog‘ligining holati, oilaviy ahvoli) inobatga olib jazodan ozod qilish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |