5.Resurslarni qayta taqsimlash.
Mamlakat xududlari va iqtisodiyot tarmoqlari o`rtasida umumdavlat manfaatlarini xisobga olgan xolda resurslarni qayta taqsimlash davlatning muxim funktsiyalaridan biridir.
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, ijtimoiy axamiyatli, ammo foyda ko`rib ishlamaydigan tarmok yoki korxonalarni ko`llab kuvvatlash maksadlari davlat byudjeti orkali daromadlar va resurslarni tamoklar orasida kayta taksimlash zaruriyatini tugdiradi.
Bu vazifa barcha tarmoklardan olingan solik tushumlari xisobiga moliyalashtiriladigan markazlashgan investitsiya mablaglarini ustivor tarmoklarga yo`naltirish, shu tarmoklarga solik imtiyozlari, subsidiyalar, imtiyozli kreditlar ajratish orkali amalga oshiriladi.
Kommunal xo`jalik, shu jumladan jamoat transporti kabi soxalar iktisodiyot tarmoklarining samarali ishlashi, normal xayotiy faoliyatni yo`lga ko`yish uchun zarur xizmatlarni ko`rsatgani xolda rentabelli soxalar bo`lmagani uchun xam davlat byudjetidan dotatsiya oladilar.
Mamlakat xududlarining resurs saloxiyati bir xil emasligi, axoli zichligi, sanoat tarmoklarining rivojlanishi darajalaridagi farklar tufayli axoli jon boshiga to`gri keladigan YAIM, sanoat maxsuloti, pullik xizmatlar, pullik daromadlar kabi ko`rsatkichlar xududlararo fark kiladi. Bu farklarning ukurlashuvi, o`z navbatida milliy iktisodiyot samaradorligiga salbiy ta`sir ko`rsatadi, shunday xam rivojlanish darojasi past xududlardan kapital kochishi xolatlari ro`y berishi mumkin. Bu esa turli xududlar o`rtasidagi iktisodiy rivojlanish darajalarida mavjud bo`lgan farkni yanada chukurlashtiradi.
Davlat byudjet-solik va pul kredit siyosati vositalaridan foydalangan xolda iktisodiy ko`rsatkichlar darajasidagi xududiy tengsizlik darajasini yumshatish uchun resurslarni kayta taksimlaydi. Resurslarga boy, sanoati rivojlangan xududlarning davlat byudjeti daromadlaridagi ulushi yukori bo`lgani xolda byudjet mablaglari xududlar o`rtasida ijtimoiy extiyojlarni xisobga olgan xolda, kam rivojlangan xududlar riojlanishi darajasini jadallashtirish maksadlarini ko`zlab taksimlanadi.
Markazlashgan byudjetga kelib tushadigan umumdavlat soliklarining xududlar ixtiyorida koldiriladigan ulushini ko`paytirish, ayrim xududlarga kiritiladigan investitsiyalar xisobiga ishlaydigan korxonalarga solik imtiyozlarini berish, ularni imtiyozli kreditlar bilan ta`minlash, erkin iktisodiy zonalar tashkil etish davlat xududiy iktisodiy siyosatining muxim elimentlaridan biridir.
Xozirgi zamon iktisodiyotidagi davlatning muxim funktsiyalaridan biri barkarorlashtirish siyosatini yuritishdir. Davlatning bu funktsiyasi boshka funktsiyalar bilan chambarchas boglik bo`lgani xolda iktisodiy o`sishni, inflyatsiya sur`atlarini cheklashni, ishsizlik darajasini me`yor darajasida ushlab turishni, davlat byudjeti va to`lov balansi mutanosibligini xamda milliy valyuta almashinuv kursi barkarorligini ta`minlash kabilarni o`z ichiga oladi. Bu masalalar o`kuv ko`llanmamizning tegishli mavzularida atroflicha ko`rib chikilishi tufayli bu savolda ularga to`xtalmaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |