(S. Turdiyev),
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
(M. Xodjimatov)
20.
|
Keksalarning bo‘sh vaqtini mazmunli va foydali o‘tkazishini ta’minlash, uzoq umr ko‘rishlariga yanada keng sharoit va imkoniyatlar yaratish, boy tajribalarini yoshlarga o‘rnak qilib ko‘rsatish, o‘rgatish maqsadida ularning uylarida:
turli ilmiy, ijodiy va texnik to‘garaklarni tashkil etish;
kasb-hunar o‘rgatishga qaratilgan faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
Ushbu yo‘nalishda tashabbuskor keksalarni muntazam ravishda rag‘batlantirib borish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2022-yil iyul
|
“Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘lari
|
Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi,
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi
(S. Turdiyev),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(N. Xusanov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
21.
|
Mahallalarda keksalar ishtirokida oilalar birdamligini mustahkamlash, oilada avlodlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani saqlash va q�llab-quvvatlashga qaratilgan an’analarni rivojlantirishga bag‘ishlangan “Milliy qadriyatlar, urf-odatlar, oila va yoshlar” mavzusida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli ravishda tashkil etish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
Aprel — dekabr
|
-
|
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi
(S. Turdiyev),
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
(M. Xodjimatov),
Yoshlar ishlari agentligi
(A. Sa’dullayev)
|
22.
|
Sport sohasida respublika va xalqaro maydonlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan faxriy chempionlar, sportchi-polvonlar ishtirokida mahallalarda yoshlar uchun “Unutilmas chempionlar”, “Faxriy polvonlar” mavzularida uchrashuvlar hamda musobaqalarni tashkil etish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2022-yil sentyabr
|
-
|
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi
(S. Turdiyev),
Sportni rivojlantirish vazirligi
(A. Ikramov),
Yoshlar ishlari agentligi
(A. Sa’dullayev),
MTRK
(A. Xadjayev),
O‘zA
(A. Ko‘chimov)
|
23.
|
Keksalikning har bir yosh toifasi bo‘yicha �o‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga qaratilgan bukletlar hamda boshqa tarqatma materiallarni tayyorlash va xonadonlarga yetkazilishini tashkil etish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2022-yil aprel — dekabr
|
“Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘lari
|
Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(B. Musayev)
|
24.
|
Xalqaro tajribadan kelib chiqib mamlakatimizda faol qarish Indeksini joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2022-yil noyabr
|
-
|
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi
(S. Turdiyev),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
(I. Norqulov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(B. Musayev),
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)
|