IV. Inson huquqlari sohasida huquqiy savodxonlikni oshirish, jumladan bu borada axborot tarqatish, ta’lim berish faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar
64.
|
Jamiyatda huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Bunda:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini tizimli o‘rganishning samarali mexanizmlarini joriy qilish;
inson huquq va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatuvchi va resurs markazlari vazifasini bajaruvchi “inson huquqlari masalalari bo‘yicha ma’rifat uylari”ni tashkil etish;
inson huquqlari bo‘yicha maqsadli mavzularni maktabgacha, umumiy o‘rta va oliy ta’lim muassasalarining tegishli o‘quv dasturlariga, shuningdek, malaka oshirish kurslarining dasturlariga kiritish nazarda tutiladi.
|
Chora-tadbirlar majmui
|
2020-yildan boshlab
|
Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
Jamiyatda huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat va inson huquqlari madaniyatini yuksaltiriladi
|
65.
|
Bola huquqlarini ta’minlash va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish sohasida chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish.
Bunda:
ta’limning barcha darajalarida bola huquqlari sohasidagi o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish;
bolaning huquq va manfaatlarini himoya qilish usullari va shakllarinitakomillashtirishnazarda tutiladi.
|
Amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil 1-iyuldan boshlab
|
Bola huquqlari bo‘yicha vakil, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Adliya vazirligi, IIV
|
Ta’lim muassasalarida bola huquqlarini o‘qitish tartibi joriy etiladi
|
66.
|
Xalqaro hamkorlar ko‘magida TDYU, JIDU, Bosh prokuratura akademiyasida “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma magistratura yo‘nalishini (konsorsium) joriy qilish.
|
Ijrochilarning qo‘shma qarorlari
|
2021/
2022 o‘quv yilidan boshlab
|
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, TIV, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura
|
“Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura yo‘nalishi joriy etiladi
|
67.
|
Xalqaro inson huquqlari kuni topshiriladigan “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishonini ta’sis etish.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2020-yil 1-sentabr
|
Vazirlar Mahkamasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Moliya vazirligi
|
Inson huquqlarini ta’minlash sohasida faol ishtirok etayotgan shaxslarni rag‘batlantirishning huquqiy asoslari yaratiladi
|
68.
|
Davlat oliy ta’lim muassasalari, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga ixtisoslashtirilgan muassasalari (universitet, institut, markaz, fakultet, kurslar), shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari” va “Bola huquqlari”ga oid o‘quv kurslari (darsliklari)ni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
|
Chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil
1-oktabr
|
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, TDYU, JIDU, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
Inson huquqlariga bag‘ishlangan adabiyotlar chop etiladi
|
69.
|
Ilmiy faoliyat bo‘yicha davlat dasturlari doirasida inson huquqlarini himoya qilishga oid dolzarb tadqiqot mavzularga bag‘ishlangan ilmiy loyihalar va innovatsion ishlanmalar tanlovini o‘tkazish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.
Bunda:
inson huquqlari sohasida ilmiy tadqiqotlarni ixtisoslashtirish, salmog‘i va sifatini yaxshilash, inson huquqlari ixtisoslig? bo‘yicha ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash maqsadida alohida tarmoqlararo “Inson huquqlari” ixtisoslik shifrini kiritish;
inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini takomillashtirib, “Inson huquqlari” bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olish uchun ilmiy kengash faoliyatini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.
|
Chora-tadbirlar majmui
|
2020-yildan boshlab
|
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Innovatsion rivojlanish vazirligi, OAK
|
Inson huquqlari sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish tartibi takomillashtiriladi
|
70.
|
Fuqarolik va axborot jamiyati rivojlanishining eng muhim omillaridan biri sifatida ma’lumot olish imkoniyatlarini tizimlashtirish, axborot makonida inson huquqlarining erkinligini himoya qilish, kiberxavfsizlik, media madaniyat va onlayn gigiyenaga rioya qilishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Axborot kodeksi loyihasini ishlab chiqish.
|
Kodeks loyihasi
|
2022-yil 20-yanvar
|
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi, DXX, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
|
Mamlakatda axborot xavfsizligi, fuqarolarning ma’lumot olish huquqlariga oid qonunlar umumlashtiriladi
|
V. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar
|
71.
|
BMTning barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish masalasida xorijiy davlatlar, shuningdek inson huquqlari bo‘yicha BMT, Yevropa Ittifoqi, EXHT organlari va tuzilmalari bilan ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, ular bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum va bitimlar tuzish, bu sohada fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish.
|
Amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020 — 2025-yillar
|
Iqtisodiy taraqqiyotva kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, vazirlik va idoralar, Jamoatchilik palatasi
|
BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda xalqaro hamkorlik rivojlantiriladi
|
72.
|
Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalarga, shu jumladan, bolalar, ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, migrantlar va keksalar huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro shartnomalargaO‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish hamda inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish.
|
Amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020 — 2025-yillar
|
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, TIV, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy Majlisning
Inson huquqlari bo‘yicha vakili, Biznes ombudsman
|
Xalqaro shartnomalarga qo‘shilish orqali milliy qonunchiligimiz xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
|
73.
|
O‘zbekistonning inson huquqlarini ta’minlash bo‘yicha quyidagi xalqaro shartnomalarga qo‘shilishi masalasini ko‘rib chiqish:
Yevropa Kengashining Jinoiy faoliyatdan va terrorizmni moliyalashdan olingan daromadlarni aniqlash, olib qo‘yish, musodara qilish to‘g‘risidagi konvensiyasi (Varshava, 2005-yil 16-may);
Xalqaro Mehnat Tashkilotining 156-sonli “Erkak va ayol xodimlarga: oilaviy majburiyatlarga ega ishchilarga teng munosabat va teng imkoniyatlar to‘g‘risida”gi konvensiyasi;
Xalqaro Mehnat Tashkilotining 183-sonli “1952-yilga Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyani qayta ko‘rib chiqish haqida”gi konvensiyasi;
Xalqaro Mehnat Tashkilotining 17-sonli “Mehnatkashlarga ishlab chiqarish davomida baxtsiz holatlar uchun zararni qoplash to‘g‘risida”gi konvensiyasi;
Xalqaro Mehnat Tashkilotining 187-sonli “Mehnat xavfsizligi va gigiyenasini ta’minlash asoslari to‘g‘risida”gi konvensiyasi;
Xalqaro Mehnat Tashkilotining 97-sonli “Mehnatkash-migrantlar to‘g‘risida”gi konvensiyasi;
Xalqaro Mehnat Tashkilotining 132-sonli “Haq to‘lanadigan ta’tillar (1970-yilda qayta ko‘rib chiqilgan) to‘g‘risida”gi konvensiyasi.
|
Chora-tadbirlar majmui
|
2020 — 2025-yillar
|
Bosh prokuratura, TIV, Adliya vazirligi, IIV, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi
|
Xalqaro shartnomalar ratifikatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqiladi va milliy qonunchilik ular asosida takomillashtiriladi
|
74.
|
“Yoshlar huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya loyihasining BMT tomonidan qabul qilinishmasalasini xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ilgari surishga oid chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish.
|
Konvensiya loyihasi,
amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020 — 2025-yillar
|
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Vazirlar Mahkamasi, TIV, vazirlik va idoralar
|
“Yoshlar huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya loyihasi BMT doirasida muhokama qilinishi ta’minlanadi
|
75.
|
Inson huquqlari va erkinliklari masalasiga doir O‘zbekiston milliy ma’ruzalarini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha yakuniy mulohazalar va tavsiyalarni amalga oshirish uslublarini shartnomaviy organlar va Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi bilan muntazam maslahatlashib turish.
Bunda:
BMTning inson huquqlari bo‘yicha Kengashi maxsus ma’ruzachilari institutlari bilan maqsadli ishlarni tashkil etish;
inson huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish sohasida ilg‘or xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida impl�mentatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish amaliyotini kengaytirish nazarda tutiladi.
|
Amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil
1-iyuldan boshlab
|
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, TIV, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, Oliy Majlisning
Inson huquqlari bo‘yicha vakili, Advokatlar palatasi, fuqarolik jamiyati institutlari
|
Inson huquqlari va erkinliklari masalasiga doir ?av?iyalar?i amalga oshirish mexanizmlari yanada takomillashtiriladi
|
76.
|
Har ikki yilda bir marotaba Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumini yuqori tashkiliy darajada o‘tkazish.
|
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
|
2020-yildan boshlab doimiy asosda
|
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, TIV, Moliya vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi
|
Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik uchun yangi muzokara maydoni yaratiladi
|
77.
|
Barqaror rivojlanish maqsadlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha global hamkorlikni mustahkamlash va faollashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish uchun tashqi manbalardan qo‘shimcha moliyaviy resurslarni safarbar etish masalasini ko‘rib chiqish.
|
Amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020 — 2025-yillar
|
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
|
Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha xorijiy hamkorlarning moliyaviy resurslarni jalb qilish masalasi ko‘rib chiqiladi
|
78.
|
Inson huquqlarini himoya qilishga taalluqli sifat va miqdor ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plashga oid xalqaro talablarni hisobga olgan holda, davlat va nodavlat axborot yig‘ish statistik tizimini takomillashtirish.
Bunda:
ma’lumo?larni yig‘ish tizimini BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda hech kim chetda qolmasligiga alohida ahamiyat bergan holda ishlab chiqish va joriy qilish;
inson huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq sud statistikasini yanada takomillashtirish maqsadida bu borada yetarli amaliy tajriba hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lgan xorijiy ekspertlarni jalb qilib, sud statistikasi bilan shug‘ullanadigan xodimlarning malakasini oshirish nazarda tutiladi.
|
Amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020-2021-yillar
|
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Bosh prokuratura,Davlat statistika qo‘mitasi, Oliy sud, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Oliy Majlisning
Inson huquqlari bo‘yicha vakili
|
Xalqaro standartlarga muvofiq statistik ma’lumotlarni to‘plash tizimi takomillashtiriladi
|
Izohlar:
“Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar shakli zaruratga qarab o‘zgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga bo‘linishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida mas’ul vazirlik va idoralarning takliflari asosida “Yo‘l xaritasi”da belgilangan tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham nazarda tutilishi mumkin.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-45-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/45/1228-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-son Farmoniga
3-ILOVA
Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari xabarnomalari va qarorlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi o‘rinlarda — BMT) inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining xabarnomalari hamda qarorlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda inson huquqlari bo‘yicha quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
arizachi — BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organi yoki shartnomaviy qo‘mitasiga yakka tartibdagi xabarnomani taqdim qilgan shaxs yoki uning vakili;
BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari — inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalar bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan BMTning organlari;
BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining qarori — BMTning inson huquqlari bo‘yicha tuzilmasi hujjati bo‘lib, xabarnoma mazmuni bo‘yicha qaror yoki mulohaza ko‘rinishida qabul qilinadi;
xabarnoma (yakka tartibdagi shikoyat/ariza) — O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasi ostida bo‘lgan shaxsning BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalariga O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lgan xalqaro shartnomalar bilan kafolatlangan huquqning O‘zbekiston Respublikasi tomonidan buzilganligi to‘g‘risidagi yozma murojaati;
xabarnomaning maqbulligi — xabarnomaning BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organi yoki shartnomaviy qo‘mitasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘rib chiqish bo‘yicha rasmiy shartlar talablariga mosligi.
2-bob. BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — Tashqi ishlar vazirligi) kelib tushgan xabarnoma o‘n ish kuni ichida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — Adliya vazirligi) yuboriladi.
Umumiy muddat xabarnomaning Tashqi ishlar vazirligiga kelib tushgan kunidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasining rasmiy nuqtai nazari BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalariga yuborilishiga qadar ikki oydan oshmasligi lozim.
4. Markaz xabarnomaning mazmunidan kelib chiqib, besh ish kuni ichida tegishli davlat organlariga xabarnomani ko‘rib chiqish uchun ishchi guruhni shakllantirish maqsadida so‘rovnoma yuboradi.
Davlat organlari xabarnomalarni ko‘rib chiqishda Markaz bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash uchun mas’ul shaxslarni belgilaydi va uch ish kuni ichida ishchi guruhga kiritish uchun nomzodlarni taqdim etadi.
Markaz Adliya vazirligi bilan birgalikda besh ish kuni ichida xabarnomaning maqbullik mezonlariga muvofiq kelishi bo‘yicha o‘rganish uchun ishchi guruhni shakllantiradi va O‘zbekiston Respublikasining asoslangan javobini taqdim etish muddatini belgilaydi.
Ishchi guruh faoliyatining umumiy muvofiqlashtirish ishlari Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
5. Markaz tegishli davlat organlaridan xabarnomaning maqbullik mezonlari bo‘yicha qo‘shimcha zaruriy axborotni so‘rab olish huquqiga ega.
6. Tegishli davlat organlari Markaz tomonidan belgilangan muddatlarda (o‘n besh ish kunigacha) BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining tartib-taomillarida (protseduralarida) o‘rnatilgan mezonlarga ko‘ra tegishli xabarnomaning maqbul yoki maqbul emasligi bo‘yicha asoslangan javoblarini yuboradi.
BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari tartib-taomillarida (protseduralarida) o‘rnatilgan mezonlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) arizachi huquqiy himoyaning mavjud milliy vositalaridan, jumladan sud himoyasidan foydalanganligi;
b) arizachi tomonidan dalil qilib ko‘rsatilayotgan inson huquqlarining buzilishi holati tegishli xalqaro shartnoma O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirgandan keyin yuz bergan bo‘lishi;
v) xabarnoma anonim bo‘lmasligi, shuningdek, tegishli xalqaro shartnomalarning ishtirokchisi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasi ostidagi shaxslardan yuborilgan bo‘lishi;
g) shaxs tegishli xalqaro shartnoma buzilishi oqibatida jabrlanganligining yetarli darajada asoslanganligi (tasdiqlovchi dalillarning keltirilganligi, tegishli hujjatlarning ilova qilinganligi);
d) ayni bir ish bo‘yicha murojaat takroran amalga oshirilmagan bo‘lishi (agar avval BMTning inson huquqlari bo‘yicha shartnomaviy qo‘mitasi ayni shu murojaat yuzasidan inson huquqlari buzilishi holati mavjud emasligi to‘g‘risida qaror chiqargan bo‘lsa, shikoyat maqbul emas deb topiladi);
e) xabarnoma ishni hal qilishning boshqa xalqaro tartib-taomiliga muvofiq ko‘rib chiqilmasligi.
7. Ishchi guruh davlat organlaridan kelib tushgan ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasining asoslangan javobini tayyorlaydi.
8. Xabarnomaning maqbulligi to‘g‘risidagi javob Markaz tomonidan, o‘z navbatida, BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalariga taqdim etilishi uchun Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
Xabarnoma maqbul emasligi sababli rad etilgan taqdirda, uning asoslari tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda ko‘rsatiladi.
9. Agar BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari yoki shartnomaviy qo‘mitalari xabarnomaning maqbul emasligi to‘g‘risida qaror qabul qilsa, ishchi guruh faoliyati tugatiladi.
10. BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalaridan xabarnomalarning maqbulligi masalalari bo‘yicha qo‘shimcha hujjatlar va axborot taqdim qilish to‘g‘risida so‘rovnoma kelib tushgan taqdirda, ishchi guruh so‘rovnoma Tashqi ishlar vazirligiga kelib tushgan vaqtdan boshlab bir oy ichida javob taqdim etadi.
3-bob. Maqbul deb topilgan xabarnomalarning ko‘rib chiqilishida o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish tartibi
11. Maqbul deb topilgan xabarnomada bayon etilgan vajlar va asoslarga davlat axborotini taqdim etishning umumiy muddati olti oydan oshmasligi kerak, tegishli protsessual qonunchilik bilan boshqa muddatlar belgilangan holatlar bundan mustasno.
12. Markaz besh ish kuni ichida ko‘rib chiqish uchun maqbul deb topilgan xabarnomani tahlil qiladi va uning mazmunidan kelib chiqib, tegishli davlat organlari uchun savollarning asosiy ro‘yxatini belgilaydi va qo‘yilgan masalalar yuzasidan axborot taqdim qilish uchun so‘rovnomalar yuboradi.
13. Tegishli davlat organlari o‘n besh ish kuni ichida qo‘yilgan masalalar yuzasidan asoslangan dalillarni va tayyorlangan axborotni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga Markazga taqdim etadi.
14. Markaz zarurat tug‘ilganda (javoblar yetarli bo‘lmasa, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmasa), aniqlik kiritish maqsadida qo‘shimcha so‘rovnomalar yuboradi.
15. Markaz Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy ichida davlat organlaridan olingan axborotni umumlashtiradi, O‘zbekiston Respublikasining javobi loyihasini tayyorlaydi.
16. O‘zbekiston Respublikasining javobi Markaz tomonidan, o‘z navbatida BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalariga taqdim etilishi uchun Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
4-bob. BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining qarorlarini e’lon qilish va ularning hisobini yuritish
17. Markaz Tashqi ishlar vazirligi orqali BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organi yoki shartnomaviy qo‘mitasi tomonidan tegishli xabarnoma yuzasidan qabul qilingan qarorning to‘liq matnini oladi va uni o‘z rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
18. Markaz BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari qarorlari hisobini reyestr shaklida yuritadi.
5-bob. BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining qarorlarini ko‘rib chiqish
19. BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari tomonidan tegishli xabarnoma yuzasidan qabul qilingan qaror kelib tushgan vaqtidan boshlab o‘n kun ichida Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Markazga yuboriladi.
20. Markaz BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari tomonidan tegishli xabarnoma yuzasidan qabul qilingan qarorni sud tartibida ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga yuboradi.
21. Markaz tegishli davlat organlaridan BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari qarorlarini ko‘rib chiqish yuzasidan qabul qilingan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotni so‘rab olish huquqiga ega.
22. Qabul qilingan yoki rejalashtirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborot Markaz tomonidan, o‘z navbatida, BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalariga taqdim etilishi uchun Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
23. Qabul qilingan chora-tadbirlar to‘g‘risida davlat axborotini taqdim etishning umumiy muddati BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining tegishli xabarnoma yuzasidan qarori Tashqi ishlar vazirligiga kelib tushgan kundan boshlab besh oyni tashkil etadi.
6-bob. Zararning mos va mutanosib qoplanishi
24. BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organi yoki shartnomaviy qo‘mitasi qarorida belgilangan zararni qoplash uchun to‘lov (kompensatsiya) miqdori sud tartibida belgilanadi.
7-bob. BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari qarorlarining ijro etilishini monitoring qilish
25. Kelib tushgan xabarnomalar hamda BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari qarorlarining ijro etilishi ustidan monitoring Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-son Farmoniga
4-ILOVA
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
1. 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Markaz xodimlariga martaba darajalari uchun ustama to‘lash O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Markaz xodimlari uchun avvalgi ish joyida harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka toifalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun berilgan ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar saqlab qolinadi. Bunda, qonun hujjatlariga asosan xodimning oldingi ish joyi bo‘yicha mazkur Farmonda belgilangan miqdordan yuqoriroq ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar belgilangan taqdirda, ushbu to‘lovlarni to‘lash yuqoriroq miqdor bo‘yicha amalga oshiriladi.
Markazda ishlangan davr harbiy va maxsus unvonlarni (martaba darajalarini, malaka toifalarini, diplomatik darajalarni va boshqalarni) olish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi”.
2. 23-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markazda amalda bo‘lgan mehnat sharoitlari hisobga olingan hamda lavozim maoshi va boshqa to‘lovlar miqdorlari inobatga olingan holda avvalgi ish joyi bo‘yicha xodimlar uchun belgilangan barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy himoya choralari”.
3. Quyidagi mazmundagi 23
1 — 23
3-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“23
1. Markaz xodimlarining, shu jumladan yordamchi xodimlarning lavozim maoshiga rag‘batlantirish koeffitsiyenti hisobga olingan holda, davlat organlaridagi ko‘p yillik mehnati uchun 2 yildan 5 yilgacha — 0,1; 5 yildan 10 yilgacha — 0,2; 10 yildan 15 yilgacha — 0,3; 15 yildan 20 yilgacha — 0,4; 20 yildan ortiq — 0,5 koeffitsiyentlarda har oylik ustamalar to‘lanadi. Bunda, qonun hujjatlariga asosan xodimning oldingi ish joyi bo‘yicha mazkur Farmonda belgilangan miqdordan yuqoriroq ustama belgilangan taqdirda, ustama to‘lash yuqoriroq miqdor bo‘yicha amalga oshiriladi.
23
2. Markaz xodimlarining lavozim maoshiga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 30 foizigacha, fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 60 foizigacha qo‘shimcha haq to‘lanadi.
23
3. Mazkur Nizomning 23
1, 23
2 va 24-bandlarida nazarda tutilgan qoidalar “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyati xodimlariga nisbatan ham to‘liq qo‘llaniladi”.
4. 24-banddagi “1,7 baravar” so‘zlari “2 baravar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Izoh: mazkur ilovaning 4-bandi 2020-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2020-y., 06/20/6012/0953-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son, 30.12.2021-y., 06/21/45/1228-son)