arxiv hujjatlari – fuqarolar, jamiyat va davlat uchun ahamiyati bois saqlanishi lozim bo‘lgan matnli, qo‘lyozma va mashinada o‘qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek boshqa moddiy jismlardagi yozuvlar;
ilmiy-ma’lumotnoma apparati – yagona ilmiy-uslubiy asosda tuziladigan arxiv hujjatlarining tarkibi va mazmuni to‘g‘risidagi o‘zaro bog‘liq va o‘zaro to‘ldiruvchan arxiv ma’lumotnomalari majmui;
elektron hujjat – elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot;
elektron arxiv – arxiv maqomiga ega bo‘lgan, tashkilot elektron hujjatlarini jamlovchi, hisobga oluvchi, saqlovchi va foydalanishni amalga oshiruvchi tashkilotning tarkibiy bo‘limi;
elektron arxiv axborot tizimi – elektron hujjatlarning saqlovini, konfidensialligini ta’minlovchi, hujjatlardan foydalanishni cheklovchi, foydalanish tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish imkonini beruvchi tezkor va qulay tarkibiy dasturiy tizim;
elektron arxivning axborot resursi – elektron arxivning axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi, shu jumladan tashqi axborot tashuvchilardagi elektron hujjatlar;
shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar – xodimning ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarini aks ettiruvchi arxiv hujjatlari.
II. Elektron arxivni tashkil qilish, elektron arxiv hujjatlarining tarkibi
3. Elektron arxiv tashkilot tomonidan, uning tarkibiy bo‘linmasi sifatida belgilangan tartibda tashkil etiladi va ushbu Namunaviy nizomning talablariga muvofiq, uning rahbari tomonidan tasdiqlanadigan tashkilotning elektron arxivi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ish faoliyatini olib boradi.
4. Tashkilotda idoraviy arxiv mavjud bo‘lgan hollarda, elektron arxiv idoraviy arxivning tarkibiy bo‘linmasi sifatida tashkil qilinadi.
5. Elektron arxiv boshlig‘i (arxiv uchun javobgar shaxs) tashkilot rahbari tomonidan tayinlanadi va ishdan bo‘shatiladi.
6. Elektron arxivning ishi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq tashkil etiladi.
7. Elektron arxiv tashkilotning rahbari yoki arxiv hujjatlari bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish uchun javobgar bo‘lgan tarkibiy bo‘linma rahbariga hisobot beradi.
8. Elektron arxiv boshlig‘i va xodimlarining xizmat doirasidagi majburiyatlari tashkilot rahbarlari tomonidan tasdiqlanadigan mansab yo‘riqnomalariga muvofiq belgilanadi.
9. Ushbu Namunaviy nizomga muvofiq tashkilot o‘zining elektron arxiv to‘g‘risidagi nizomini ishlab chiqadi va u O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining tegishli organi yoki muassasasi bilan kelishgan holda tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
10. Elektron arxivning elektron hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish faoliyati ustidan uslubiy rahbarlikni ushbu tashkilotni jamlash manbaiga kiritgan tegishli davlat arxivi amalga oshiradi.
11. Elektron arxiv hujjatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
tashkilot faoliyatida vujudga kelgan doimiy va vaqtincha saqlanadigan elektron hujjatlar;
shaxsiy tarkib bo‘yicha elektron hujjatlar;
voris hisoblanuvchi tashkilotlarning avvalgi tashkilotlari hamda unga bevosita bo‘ysunuvchi qayta tashkil etilgan tashkilotlarning doimiy saqlanadigan va shaxsiy tarkib hujjatlari axborot resurslarining elektron arxivi nusxalari;
xizmat va idoraviy elektron nashrlar;
ilmiy-ma’lumotnoma apparati.
12. Elektron arxivga topshirilgan elektron hujjatlarning saqlanish muddati, qog‘oz asosdagi hujjatlar uchun o‘rnatilgan muddatlardan kam bo‘lmasligi lozim.
III. Elektron arxivning asosiy vazifalari, funksiyalari
13. Elektron arxivning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
elektron arxivlarni elektron hujjatlar bilan jamlash, hisobga olish, ularni saqlash, shuningdek ulardan foydalanishni ta’minlash;
elektron arxivda saqlanayotgan elektron arxiv hujjatlaridan foydalanish uchun ilmiy-ma’lumotnoma apparatini tuzish;
elektron hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha tashkilotning tarkibiy bo‘linmalariga uslubiy yordam ko‘rsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
axborot resurslarining arxiv nusxalarini tayyorlash va ularni qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda davlat saqloviga topshirish;
(13-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
elektron arxivning axborot resursini axborot xavfsizligini ta’minlash.
14. Elektron arxiv o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
hujjatlari elektron arxivga topshiriladigan tarkibiy tuzilmalar va boshqa tashkilotlarning ro‘yxatini tuzish va ushbu ro‘yxatga har yili aniqlik kiritib borish hamda elektron hujjatlar bilan ishlash faoliyatini muvofiqlashtirish;
doimiy saqlanadigan tashkiliy, ma’lumot va boshqa boshqaruv hujjatlar, shu jumladan shaxsiy tarkib bo‘yicha elektron hujjatlarning ro‘yxatlarini tuzish va tashkilot Ekspert komissiyasi (Markaziy ekspert komissiyasi) hamda tegishli davlat arxivining Ekspert tekshirish komissiyasiga taqdim etish;
tashkilotning Ekspert komissiyasi (Markaziy ekspert komissiyasi) ishida ishtirok etib, elektron hujjatlar arxivida saqlanayotgan hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazishni tashkil etish va tarkibiy tuzilmalarning elektron hujjatlarini qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazishda uslubiy hamda amaliy yordam ko‘rsatish;
elektron hujjatlar nomenklaturasini tuzishda ish yuritish xizmatiga uslubiy yordam ko‘rsatish;
elektron hujjatlardan foydalanishni tashkillashtirish;
elektron arxiv hujjatlari tarkibi va mazmuni bilan tashkilot rahbarini xabardor qilish;
belgilangan tartibda elektron hujjatlarning nusxasini xizmatda va ilmiy maqsadda foydalanish uchun berish;
elektron arxiv xodimlarini tizimli ravishda malakasini oshirishni tashkil etish;
tegishli davlat arxiviga belgilangan shakldagi elektron hujjatlar tarkibi va hajmi to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish;
elektron arxivning axborot resurslarini jamlash, hisobga olish, saqlash va foydalanishda axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish;
elektron arxivning axborot resurslarini konfidensialligini va undan foydalanishni cheklash;
elektron arxiv hamda tashkilotning tegishli xodimlarini axborotdan foydalanish madaniyatini doimo oshirib borish.
IV. Elektron arxivning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
15. Elektron arxiv quyidagi huquqlarga ega:
tashkilot tarkibiy tuzilmalarida elektron hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha belgilangan qoidalarning bajarilishini nazorat qilish;
tashkilot tarkibiy tuzilmalaridan elektron arxiv faoliyati uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni so‘rab olish;
tashkilot rahbariyatiga hujjatli boshqaruv ta’minotining avtomatlashtirilgan tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
zarur hollarda tashkilotning tegishli mutaxassislarini ekspert va maslahatchi sifatida jalb qilish;
elektron arxivning axborot resurslarini to‘liqligini hamda berilayotgan arxiv ma’lumotlarining haqqoniyligini, shu bilan birga, ularning saqlovini ta’minlash bo‘yicha boshqa tashkiliy va dasturiy-texnik choralarini ko‘rish.
16. Elektron arxiv quyidagi majburiyatlarga ega:
ish yuritishda tugallangan doimiy, vaqtincha saqlanadigan, shuningdek shaxsiy tarkib elektron hujjatlarini idoraviy saqlovga qabul qilish;
elektron arxivdagi elektron hujjatlarni tizimli ravishda hisobini olib borish va to‘laqonli saqlovini ta’minlash;
arxivda saqlanayotgan elektron hujjatlarga ilmiy-ma’lumotnoma apparatini to‘ldirib borish va takomillashtirish;
elektron arxivning axborot resurslarini ichki, tashqi va tabiiy-texnogen ta’sirlardan saqlash;
elektron arxivning axborot resurslaridan, shu jumladan alohida elektron hujjatlardan foydalanish tarixini kuzatish.
17. Elektron arxiv tarkibiy tuzilmalarda elektron hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha belgilangan qoidalarning bajarilishi va elektron hujjatlarning saqlanishini ta’minlash uchun javobgardir.
V. Yakuniy qoidalar
18. Mazkur Namunaviy nizom O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan kelishilgan.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori H. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2011-yil 22-dekabr,
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 3-4-son, 33-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |