1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar



Download 28,98 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi28,98 Kb.
#209168



[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.21.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar. Faxriy yorliqlar]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

“Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, xalq ta’limi sohasida barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida fidokorona mehnat qilgan hamda soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan fuqarolarni rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



1. “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni ta’sis etilsin.

2. Quyidagilar:

“Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

“Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasining tavsiflari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

3. “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining buyurtmasiga asosan “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasining belgilangan tartibda tayyorlanishini ta’minlasin.

4. “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni, uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2018-yil 8-dekabr,

998-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi 998-son qaroriga


1-ILOVA

“Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi

NIZOM

1. Ushbu Nizom “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni (keyingi o‘rinlarda ko‘krak nishoni deb ataladi) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.



2. Ko‘krak nishoni bilan xalq ta’limi sohasida barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida fidokorona mehnat qilgan hamda soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan fuqarolar taqdirlanadi.

Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

3. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tartibi ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

4. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasiga har yili 10-iyulga qadar taqdim etadi.

5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (keyingi o‘rinlarda vazirlik deb ataladi) tasarrufidagi respublika tashkilotlari va muassasalari ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi hamda har yili 1-avgustga qadar vazirlikka taqdim etadi.

Ko‘krak nishoni bilan boshqa vazirliklar va idoralar tasarrufidagi ta’lim muassasalarining pedagog va xodimlari ham yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda erishgan muvaffaqiyatlari uchun ushbu vazirliklar va idoralar rahbarlari takliflariga asosan taqdirlanish mumkin.

6. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri tomonidan ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha Komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tashkil etiladi.

Komissiya yig‘ilishida nomzodlar bo‘yicha hujjatlar o‘rganilib, har yili 10-sentabrgacha eng munosib nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.

7. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi buyrug‘i har yili 20-sentabrgacha chiqariladi.

8. Ko‘krak nishoni har yili O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami arafasida O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri (yoki uning topshirig‘iga binoan boshqa mas’ul shaxslar) tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

9. Ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladi.

(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)

Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.

10. Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.

11. Ko‘krak nishoni davlat mukofotlaridan keyin ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.

12. Vazirlik ushbu Nizomga muvofiq ko‘krak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlari xolis ko‘rib chiqilishi uchun bevosita mas’uldir.

“Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomga


ILOVA

“Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha hujjatlarni taqdim etish va ko‘rib chiqish

SXEMASI

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi 998-son qaroriga
2-ILOVA

“Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishonining

TAVSIFI

“Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishonining diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘lib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.



Ko‘krak nishonining old tomoni pastki qismida ochiq holatdagi kitob oq rangda, undan yuqori qismida quyosh nurlari zarhal rangda tasvirlangan.

Ko‘krak nishonining yuqori qismida aylana bo‘ylab “XALQ TA’LIMI FIDOYISI” degan so‘zlar yozilgan. Yozuv zarhal rangda bo‘lib, harflarning balandligi 6 millimetrni tashkil etadi.

Medalning pastki qismida aylana bo‘ylab ikkita zaytun novdasi joylashgan. So‘zlar va zaytun novdalari orasida bo‘rtma shakldagi uchta nuqta joylashgan.

Ko‘krak nishonining orqa tomoni markazida to‘rt qatorda “XALQ TA’LIMI”, “TIZIMI SOHASI RIVOJIGA”, “QO‘SHGAN”, “HISSASI UCHUN” so‘zlari yozilgan. Harflarning balandligi 4 millimetr.

Ko‘krak nishonining qalinligi 2,2 millimetr.

Tasvirlar va yozuvlar qavariqdir.

Ko‘krak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan o‘ralgan.

Ko‘krak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi qadag‘ichga ulangan.

Esdalik nishoni ilgakchalar va halqacha yordamida to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi qadag‘ich bilan tutashtirilgan. Qadag‘ich O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi, eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan.

Qadag‘ichning bo‘yi — 17 millimetr, eni — 26 millimetr.

Qadag‘ichning orqa tomoniga esdalik nishonini kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nog‘ich ko‘rinishidagi moslama o‘rnatilgan.

“Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni



“Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi 998-son qaroriga


3-ILOVA

“Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni guvohnomasining

TAVSIFI

“Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishonining guvohnomasi 160x110 millimetr o‘lchamdagi kitobcha shaklida bo‘lib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qog‘ozdan tayyorlanadi.



Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va to‘rtinchi betlari) yashil rangda bo‘lib, plyonka bilan qoplangan.

Guvohnomaning ikkinchi va uchinchi beti eni 4,5 millimetrli, ichki burchaklari to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida.

Guvohnoma tashqi tomonining (birinchi beti) yuqori chekkasidan 30 millimetr pastda, 3 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Matnda katta harflarda birinchi satrda “XALQ TA’LIMI FIDOYISI” va ikkinchi satrda “KO‘KRAK NISHONI” so‘zlari yozilgan. Undan 20 millimetr pastda 5 millimetrli bir satrdan iborat “GUVOHNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman” shrifti, 20 kegl) so‘zi yozilgan. Yozuvlar zarhal rangda aks ettirilgan.

Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och yashil rangda bo‘lib, ofset usulida chop etilgan.

Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda, ko‘krak nishonining asliga teng o‘lchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.

Guvohnomaning ichki o‘ng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 9 millimetr pastda, markazda “GUVOHNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman” shrifti, 13-kegl) so‘zi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.

“GUVOHNOMA” so‘zidan 9 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oralig‘i 7,5 millimetrli uchta chiziq tortilgan.

Pastki chiziqdan 4 millimetr quyida, markazda, oralig‘i 3 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “XALQ TA’LIMI”, ikkinchi satrda “FIDOYISI” (“Times new Roman” shrifti, 17 kegl) so‘zlari yozilgan.

Undan 5 millimetr pastda oralig‘i 3 millimetr bo‘lgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “KO‘KRAK NISHONI”, ikkinchi satrda “BILAN MUKOFOTLANDI” (“Times new Roman” shrifti, 8-kegl) so‘zlari yozilgan.

Undan 14 millimetr pastda, chap tomonda “VAZIR” (bosh harfda, “Times new Roman” shrifti, 8-kegl) so‘zi hamda 48 millimetrli chiziq joylashgan.

So‘nggi so‘zdan 9 millimetr pastda, chap tomonda “BUYRUQ” (bosh harflarda, “Times new Roman” shrifti, 8-kegl) so‘zi hamda buyruq tartib raqami uchun “№” belgisi va 42 millimetrli chiziq joylashgan.

“Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni
GUVOHNOMASI


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/998/2290-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)

Download 28,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish