1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat gerbi. Davlat madhiyasi. Davlat bayrog‘i. Davlat tili. Poytaxt. Bayramlar. Xotira kunlari



Download 35,05 Kb.
Sana27.01.2022
Hajmi35,05 Kb.
#412352
Bog'liq
Sevinch, 9 mavzu tushunchalar tahlili , МАДХИЯ ҚОНУНИ, 0022146510383504, Макро прогноз мустақил иш, 2021 25-fevralda qabul qilingan Audit buyicha qonun, Амалий машҒулотларни бажариш торшириклари



[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat gerbi. Davlat madhiyasi. Davlat bayrog‘i. Davlat tili. Poytaxt. Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

BUXORO ShAHRINING 2500 YILLIGI YuBILEYIGA TAYYORGARLIK KO‘RISh VA UNI O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA

 LexUZ sharhi

Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.

Buxoro shahrining jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan alohida o‘rnini hisobga olgan holda, YUNESKO Bosh konferensiyasining 1995-yil oktyabr-noyabr oylarida Parijda o‘tgan 28-sessiyasi Buxoro shahrining 2500 yilligini dunyo miqyosida keng nishonlash haqidagi qarordan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. YUNESKO Bosh konferensiyasi 28-sessiyaning Buxoro shahrining 2500 yillik yubileyini 1997-yilda YUNESKO rahnamoligida jahon miqyosida o‘tkazish haqidagi qarori qo‘llab-quvvatlansin va asos uchun qabul qilinsin.

2. Mazkur tarixiy sana tadbirlarini tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Tashkiliy qo‘mita Buxoro shahri yubileyiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan asosiy tadbirlar rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi va “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi YUNESKO ekspert mutaxassislari bilan birgalikda bir oy muddatda Buxoro shahrining tarixiy markazida va asosiy turistik marshrutida joylashgan noyob tarixiy-madaniy obidalarini 1996—2000-yillarda ta’mirlash va obodonlashtirish dasturini ishlab chiqsinlar va Tashkiliy qo‘mita tasdig‘iga kiritsinlar.

Shu jumladan 1996-1997-yillarda bajariladigan ishlar alohida belgilab qo‘yilsin va tegishli mablag‘ ajratilsin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi Buxoro viloyati hokimligining buyurtmasiga muvofiq “O‘zsuvqurilish” konserni, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan birgalikda 1996-1997-yillarda shahar akvatoriyasida yer osti suvlari sathini belgilangan normativlarda bo‘lishini ta’minlovchi chora-tadbirlarni ishlab chiqib, amalga oshirsinlar.

5. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi Buxoro viloyati hokimligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Buxoro vohasida xorijiy va mahalliy turizm infrastrukturasini rivojlantirishga qaratilgan maxsus madaniy turizm dasturlarini ikki oy muddatda ishlab chiqib, bajarishga kirishsin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat Matbuot qo‘mitasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 1996-1997-yillarda Buxoro tarixiga oid nashrlarni tayyorlash va chop etishni nazarda tutsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda 1997-yilda Buxoro shahrida shaharning 2500 yilligi yubileyiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazsin.

8. Tashqi ishlar vazirligi YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi va Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda 1997-yilda Buxoro shahrining yubileyini YUNESKOning Parijdagi qarorgohida yuksak darajada nishonlash tadbirlari bo‘yicha takliflar kiritsin.

9. Buxoro viloyati hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 3 oy muddatda Buxoro shahrini obodonlashtirish, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, aloqa transporti, sog‘liqni saqlash va maishiy xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Buxoro shahrining yubileyini o‘tkazish uchun 1996-1997-yillardagi tayyorgarlik ishlarini bajarishga har yili belgilangan tartibda moliyaviy mablag‘ ajratsin, ushbu xarajatlarning 50 foizidan teng ulushlarda respublika budjeti hamda Buxoro viloyati mahalliy budjeti hamda tashkilotlar va korxonalarning ixtiyoriy badallari hisobiga qoplanishini nazarda tutsin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat teleradio kompaniyasi, “O‘zdavkinokompaniya” va ommaviy axborot vositalari Buxoro shahrining qadimiy tarixi va madaniyati, o‘ziga xos san’atini targ‘ib etuvchi video, telefilmlar yaratishni, ommabop materiallar berib borilishini ta’minlasinlar.

12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.

Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1996-yil 3-yanvar,

6-son

Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 3-yanvardagi 6-son qaroriga


ILOVA

Buxoro shahrining 2500 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazish Respublika tashkiliy qo‘mitasining

TARKIBI

I. Jo‘rabekov



O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, tashkiliy qo‘mita raisi

S. Saidqosimov



O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari

M. Rahmonov



Buxoro viloyati hokimi, tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari

K. Bakirxonov



Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar va madaniyat bo‘limi mudiri, tashkiliy qo‘mita kotibi

T. Alimov



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv bo‘yicha)

X. Jo‘rayev



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv bo‘yicha)

B. Hamidov



O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari— Moliya vaziri

T. Jo‘rayev



O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidenti

M. Abdullayev



Movarounnahr musulmonlari idorasi raisi

F. Ashrafiy



O‘zbekiston Me’morlar uyushmasi raisi

L. Axmetov



“O‘zavtotrans” korporatsiyasi raisi

S. Ahrorov



“O‘zdavkinokompaniya” raisining birinchi o‘rinbosari

R. Giniyatulin



O‘zbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xo‘jaligi vaziri

Jamol Kamol



O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi

E. Zikriyoyev



“O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi raisi

J. Yo‘ldoshev



O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri

V. Kamolov



“O‘zkolxozqurilish” raisi

K. Kamolov



Buxoro shahri hokimi

A. Komilov



O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri

V. Mixaylov



O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri

O. Oripov



“O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasi raisi

T. Rahimov



O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vaziri

G‘. Rafiqov



“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Bosh direktori

O. Salimov



O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

Z. Fayziyev



“O‘zbeksavdo” uyushmasi raisi

R. Shog‘ulomov



O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi raisi

N. Ermetov



“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi raisi

E. Hayitboyev



O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri

Z. Hakimov



“O‘zdavteleradio” kompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi

B. Husanboyev



“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisi

Download 35,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
O'zbekiston respublikasi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
saqlash vazirligi
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti