1. Davlat ta’lim standartlarining mazmuni



Download 30,17 Kb.
bet1/6
Sana01.07.2022
Hajmi30,17 Kb.
#724602
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
DTS Azizova N


1. Davlat ta’lim standartlarining mazmuni.
Davlat ta’lim standarti umumiy о‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim uchun alohida-alohida ishlab chiqarildi.
Umumiy о‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti о‘quvchilar umumta’lim tayyorgarligi saviyasiga qо‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab berdi. О‘z navbatida kasb-hunar ta’limi, davlat ta’lim standarti о‘quvchilar kasb-hunar tayyorgarligiga, saviyasiga qо‘yadigan (oliy ta’lim DTS talablar mutaxassislik tayyorgarligiga, saviyasiga qо‘yiladigan) majburiy minimal darajani belgilaydi.
DTS (davlat ta’lim standarti) ta’lim mazmuni shakllari vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining о‘zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat kо‘rsatayotgan turli ta’lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. DTS о‘z mohiyatiga kо‘ra о‘quv dasturlari, darsliklar, qо‘llanmalar, nizomlar о‘quv rejasi va boshqa mayoriy hujjatlarni yaratish uchu nasos bо‘lib xizmat qiladi.
Umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning DTS о‘zining tuzilishi va mazmuniga kо‘ra davlat, hudud ta’lim muassasalari manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi hamda eng muhimi о‘quvchi shaxsi, uning intilishlari qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqadi.
Davlat ta’lim standarti. Ta’lim mazmunining rivojlanishida kо‘zga tashlanayotgan zamonaviy tendensiyalaridan biri uni standartlashtirish (davlat miqyosida yagona qoidalar va talablar о‘rnatilishi) hisoblanadi. 
Standartlashtirishda quyidagi ikki omil muhim ahamiyatga ega:
1) turli ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning umumiy о‘rta, о‘rta maxsus, kasb-hunar bilimlar hajmining bir xillik darajasini ta’minlovchi mamlakatda yagona pedagogik muhitni yaratish zarurligi;
2) О‘zbekistonning jahon hamjamiyati tizimiga kirishi natijasida xalqaro ta’lim amaliyotida umumiy о‘rta va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmunini rivojlanishi tendensiyalarining hisobga olinishi.
Davlat ta’lim standarti:
1) ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar bitiruvchilar erishishlari kerak bо‘lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat;
2) о‘quv fani bо‘yicha yakuniy ta’limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat;
3) ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, о‘quvchilar tomonidan bajariladigan о‘quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga qо‘yiluvchi talablarni belgilaydi.
О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni bilan bir qatorda ta’lim standarti asosiy meyoriy hujjat hisoblanadi. «Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda «meyor», «namuna», «andoza», «model» ma’nolarini anglatadi. Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli ta’lim muassasalarida ta’limning barqarorlik darajasini ta’minlashga erishiladi, о‘quv ishlari normativlari moslashtiriladi, о‘quvchilarning bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. О‘quvchi davlat tomonidan belgilangan ta’lim standarti bilan cheklanishlari mumkin, yoki bilimlarni yanada chuqurroq egallab olish maqsadida mustaqil shug‘ullanish imkoniyatiga ega. Uning uchun qiyin bо‘lgan yoki qiziqarli bо‘lmagan fanni о‘rganishda о‘quvchiga standartga kiritilgan normativ minimum bilan cheklanish imkoniyati beriladi.
Ushbu holatda, о‘quvchi о‘ziga mos keladigan ta’lim yо‘lini anglagan holda va mustaqil tanlab, о‘z qiziqishlari, istagi, qobiliyatlari va intilishlarini amalga oshirishga imkoniyatga ega bо‘ladi. Shakli va mazmuni bо‘yicha tushunarli ifoda etilgan standart talablari oldindan о‘quvchilarga va ularning ota-onalariga yetkaziladi.
Ta’limni standartlashtirish dunyoning rivojlangan mamlakatlarida, mukammal ravishda о‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, ta’limning ma’lum darajasini belgilash bilan amalga oshiriladi. Ammo “standart” termini о‘zi ta’limga nisbatan yaqin davrlardan qо‘llanila boshlangan. Davlat ta’lim standartlari ta’lim sifatini oshirishga imkon beradi. Ular ta’lim mazmuni minimal hajmini qayd etish va ta’lim darajasining quyi chegarasini belgilab beradi.
Ta’lim standartini kiritishdan avval bunday majburiy qoidalar mavjud emas edi. О‘zlashtirishning aniq belgilangan chegaralari yо‘qligi XX asrning 80-yillarida kо‘pchilik bitiruvchilarining haqiqiy bilim darajalari juda past bо‘lishiga olib keldi.
Davlat ta’lim standartlarini yaratish bо‘yicha ishlar О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni (1992 yil) qabul qilingandan keyin boshlandi. Mazkur hujjatning 6-bandida jahon ta’limi amaliyoti meyorlariga mos keluvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish zarurligi ta’kidlab о‘tiladi. О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IX sessiyasida (1997 yil) О‘zbekiston Respublikasining yangi tahriridagi “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingandan sо‘ng ta’lim dasturlari yangi avlodi yaratildi. Jahon amaliyoti tajribasi asosida yaratilgan ta’lim standartlari har bir fan bо‘yicha о‘zlashtirilishi zarur bо‘lgan bilimlarning minimal darajasini belgilashga imkon berdi.
Davlat ta’lim standartlari tarkibiy tuzilishiga kо‘ra quyidagilardan iboratdir:



  1. Download 30,17 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish