1. Davlat kreditining iqtisodiy mazmuni va ahamiyati



Download 70 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2022
Hajmi70 Kb.
#678201
  1   2   3
Bog'liq
Davlat krediti.


Davlat krediti.


Reja:
1. Davlat kreditining iqtisodiy mazmuni va ahamiyati.
2. Davlat krediti munosabatlarining turlari va uni tasniflanishi.


1. Davlat kreditining iqtisodiy mazmuni va ahamiyati.
Haqikatda ham davlat krediti munosabatlarida ham bush turgan pul kapitallariga ega bulgan subyektlar sifatida aholi, korxona va tashkilotlar hisoblansa unga nisbatan davlat ehtiyojlarining mavjudligi davlat krediti munosabatlarining asosini tashkil qilishi ma’lumdir. Bu yerda shuni ta’kidlash joizki bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning turli sohalaridan faoliyat yurituvchi iqtisodiy sbyektlar bilan birgalikda davlat ham uziga xos iqtisodiy subyekt sifatida iqtisodiy munosabatlarda ishtirok etadi. Iqtisodchi, A.Ulmasov( davlatning kimmatbaho kogozlar chiqarishi va uni joylashtirish vositasidagi operatsiyalari, iqtisodiyotdagi kredit kulamiga tasir ko‘rsatish bilan bog‘liq bulgan siyosatini uziga xos davlat tadbirkorligi sifatida baholaydi. Albatta bu urinda biz davlatning bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotdagi pul muomalasi va yalpi kredit kulamini tartibga solishning ma’muriy mexanizmlaridan voz kechishi va egri iqtisodiy usullaridan foydalanish jarayonini kurishimiz mumkin.
Kredit munosabatlari xilma xil shakllarga ega bulib, ular xujalik xayotining barcha sohalariga keng kirib bormokda. Kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi subyektlar sifatida quyidagi 4 subyektlarni ajratishimiz mumkin: davlat, korxona va tashkilotlar, aholi va xalqaro moliyaviy institutlar.
Kredit munosabatlarida davlat faol ishtirok etuvchi subyekt hisoblanib, bunday kredit munosabatlarini davlat krediti munosabatlari sifatida kurib o‘tiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoiti davrida jamiyatining uzluksiz ravishdagi xar xil ijtimoiy iqtisodiy ehtiyojlarini moliyaviy ta’minlashi bilan bog‘liq bulgan xarajatlarini koplash maqsadida davlat xujalik strukturalari, aholi va xorijiy subyektlarning bush turgan moliyaviy resurslarini jalb qilishi mumkin. Jamiyatning bunday bush turgan pul mablag‘larini jalb qilishning asosiy usullaridan biri sifatida hozirgi sharoitda davlat krediti munosabatlari uziga xos muhim ahamiyatga egadir. Mamlakat ichkarisida davlat krediti munosabatlarini amalga oshirishda odatda davlat karzdor subyekt sifatida qatnashadi kreditorlar esa aholi, korxona va tashkilotlar ishtirok etadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida esa davlat ham kreditor hamda karzdor sifatida ishtirok etadi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida davlat krediti moliya va kredit kabi ikki turdagi pul munosabatlarining o‘rtasida kolgan bulib, bir vaktning uzida kredit munosabatlariga xos sifat belgilariga ega va moliyaviy munosabatlarga xos sifat belgilariga ega. Moliya tizimining bug‘ini sifatida davlat krediti davlatning markazlashtirilgan pul fondlarini ya’ni davlat budjeti va budjetdan tashqari fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishga xizmat kiladi.
Davlat krediti kredit munosabatlarining bir turi sifatida kator xususiyatlarga egaki, bu xususiyatlar vositasida klassik moliyaviy kategoriyalar, masalan, soliqdan farklanadi. Soliqdan farkli ravishda ¤ ixtiyoriy xarakter kasb etadi. Bu xususiyati bilan imperativ pul munosabatlari katoriga kirmasligini ko‘rsatib beradi. Ammo shuni ta’kidlash joizki, budjet munosabatlarini tashkil qilish
Davlat kreditining xususiyati uning qaytaruvchanligi, muddatliligi va tulovchanligi bilan belgilanadi. Biroq bu munosabatlarni bank krediti yoki kreditning boshqa turlari bilan aralashtirmaslk lozimdir. Taniqi iqtisodchi V.M. Rodionova( xujalik subyektlari uchun bank kreditlarining davlat kreditidan asosiy farkli jihati, undan xujalik subyektlarining kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksizligini ta’minlash uchun foydalanilishi ya’ni ishlab chiqarish maqsadlarida foydalnilishi bilan belgilanishini hamda davlat krediti esa kredit resurslari asosan budjetning defitsitini moliyalashtirish uchun foydalanilishi, unda siyosiy ustkurtmalar va jamiyatning moliyaviy munosabatlarini bir qismini aks ettiruvchi budjet mablag‘lari xarakati bilan belgilanishini va uni qaytarishning asosiy moliyaviy manbai budjet daromadlari yoki mablag‘lari bulishini ta’kidlaydi.
Iqtisodchi Sh. Z. Abldullayeva esa, «Davlat kreditining xarakteli xususiyati shundaki, davlat tomonidan olingan karz mablag‘lar ishlab chiqarish fondlari aylanshida yoki moddiy boyliklar yaratishda ishtirok kilmaydi. Bu mablag‘lar davlat karzlarini koplash uchun ishlatiladi»- degan fikrni bildiradi.
Xar ikkala iqtisodchilarning fikri umuman olganda bir birini tuldirib keladi va ularni umumlashtirgan holda fikrimizcha, davlat kreditlari davlatning ijtimoiy iqtisodi va siyosiy vazifalarini bajarishi uchun zaruriy bulgan budjet xarajatlari natijasidagi budjet defitsitlarini moliyalashtirish va davlat karzlarini koplash uchun ishlatiladigan pul munosabatlaridir.
Yuqoridagi ikki iqtisodchining fikrlariga asoslangan holda quyidagicha davlat krediti va bank kreditlarining asosi farklanishini umumiy muloxaza sifatida keltirmokchimiz.
chizma.

Download 70 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish