134. Dasturiy vositalarni hujjatlashtirish va attestasiyalash. Tayanch iboralar:dastur uchun xujjatlar yaratish va yuritish.
Tizimni attestatsiyalash tizimning axborot resurslarining ximoyalanish talablariga mosligini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda xam tashkiliy, xam texnik jixatdan talablar to‘plami rasmiy tekshiriladi, xavfsizlik vositalarining amalga oshirilishining to‘liqligi va yetarliligi ko‘riladi.
Axborot xavfsizligi tizimini vakolatli idora tomonidan attestatsiyalash uning funksional to‘liqligini va korporativ axborot tizimi ximoyasining talab qilingan darajasi ta'minlan-ganligini tasdiqlashga imkon beradi. Tizimning attestatsiyasi xavfsizlik auditining bir kurinishi xisoblanadi va ishlatiluvchi choralar kompleksi va ximoya vositalarining xavfsizlik darajasi talablariga mosligini baxrlash maksadida ximoyalanuvchi korxonani ishlatishning real sharoitlarida kompleks tekshirishni ko‘zda tutadi.
Attestatsiya natijasida xisobot xujjati tayyorlanadi va moslik attestati beriladi. Bu attestat konfidentsial axborot bilan attestatda ko‘rsatilgan vaqt mobaynida
ishlash xuquqini beradi.
Dasturiy vosita ishlovining bosqichi tashqi tuzilishining, dasturiy vosita qurilishining bosqichi, dasturiy vositani kodlash bosqichi (tor ma‘nodagi dasturlash) va dasturiy vositani attestatsiyalash bosqichidan iborat. Bu bosqichlarning barchasiga dasturiy vositani hujjatlashtirish va boshqarish
jarayonlari hamroh bo’ladi.
Dasturiy vositani attestatsiyalash bosqichida dasturiy vosita sifatini baholanishi ishlab chiqiladi. Agar bu baholash dasturiy vositadan amaliy foydalanishga qulay bo’lsa, dasturiy vosita ishlovi tugatilgan deb hisoblanadi. Bu odatda dasturiy vositaning attestatsiyasini o’tkazadigan komissiyaning qarorini
belgilovchi hujjat sifatida rasmiylashtiriladi.
Dasturiy mahsulot – ishlab chiqilgan dasturiy vositaning ekzempyari yoki nusxasi. Dasturiy mahsulotni tayyorlash – bu belgilangan qoida bo’yicha ishlatish uchun foydalanuvchilarga sotish maqsadida dasturiy vositaning dasturlari va dasturiy hujjatlarini generatsiya qilish va qayta ishlab chiqish jarayoni. Dasturiy mahsulotni ishlab chiqarish – bu belgilangan muddatlarda dasturiy mahsulotlarni kerakli miqdordagi dasturiy mahsulotlarni tayyorlashni ta‘minlash bo’yicha olib boriladigan ishlar majmuasi.
135. Dasturiy ta’minotining hayotiy sikli.
Tayanch iboralar:dasturni rejalashtirish, dastur tuzish,qo’llab quvatlash
Dasturiy ta’minotning hayotiy sikli deb, ayrim dasturiy ta’minotni yaratish g’oyasi boshlangan vaqtdan uning ishlab chiquvchi – firma yoki kuzatuvchi vazipredmeti bajaruvchi firma tomonidan qo’llab – quvvatlash tugagan vaqtgacha bo’lgan davrga aytiladi. Hayotiy sikl jarayonining tarkibi xalqaro standart ISO / IEC 12207:1995 “Information Technologe – Software Life Cycle Processes” (“Axborot texnologiyalari – dasturiy ta’minot hayotiy siklining jarayoni”) bilan tartibga solinadi. ISO – International Organization for Standardization - Standartlashtirish xalqaro tashkiloti. IEC – International Electro technical Commission – Elektrotexnika bo’yicha xalqaro komissiya. Ushbu standart dasturiy ta’minot hayotiy siklining tuzilmasini va uning jarayonini tavsiflaydi. Hayotiy sikl jarayoni ayrim kirish ma’lumotlarining chiqish ma’lumotlariga o’zgaruvchi o’zaro bog’lik bo’lgan amallar majmui kabi aniqlanadi. 1.9 – rasmda standartbo’yicha hayotiy sikl jarayonlari ko’rsatilgan. Har bir jarayon aniq vazifalar va usullarningxulosalari, shuningdek, dastlabki ma’lumotlari va natijalari bilan xarakterlanadi.
Ishlab chiqish jarayoni (Development process) standartiga muvofiq ishlab chiquvchi
tomonidan bajarilayotgan amallar va vazifalarni ko’zda tutadi, hamda, berilgan talablargamuvofiq dasturiy ta’minot va uning komponentlarni yaratish bo’yicha ishlarni jumladan,loyiha va ekspluatatsion hujjatlarni rasmiylashtirishni, shuningdek, ishlash qobiliyatini vaxodimlarni o’qitish uchun zarur bo’lgan dasturiy ta’minot materiallar sifatigamuvofiqligini tekshirish uchun zarur materiallar tayyorlashini qamrab oladi.
Standart bo’yicha ishlab chiqish jarayoni quyidagi amallarni o’z ichiga oladi: tayyorgarlik ishi – standartlar, usullar va ishlab chiqish vositalari hayotiy siklining modelini tanlash, shuningdek, ishlar rejasini tuzish; tizimga qo’yiladigan talablarni tahlil qilish – uning funksional imkoniyatlarini, ishonchlilik va xavfsizlikka qo’yiladigan talablar, tashqi interfeyslarga qo’yiladigan talablar va hokazo aniqlash; tizim arxitekturasini loyihalashtirish - zarur uskuna, dasturiy ta’minot tarkibi va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar tomonidan bajariladigan amallarni aniqlash; dasturiy ta’minotga qo’yiladigan talablarni tahlil qilish – funksional imkoniyatlarni jumladan, ishlab chiqarish tavsifi, komponentlar, tashqi interfeyslarning ishlash muhitini, ishonchlilik va xavfsizlik talablarni foydalaniladigan ma’lumotlarga, o’rnatishga, qabul qilishga, foydalanish uchun hujjatlarga, ekspluatatsiya qilishga va kuzatishga qo’yiladigan talablarni aniqlash.
136. Dasturiy ta’minotining arxitekturasi.
Tayanch iboralar:dasturiy ta’minot,uning turlari,arxitektura tushunchasi
Do'stlaringiz bilan baham: |