4. Mavzuni mustahkamlash:
Darsni mustahkamlash va predmetlararo aloqani yo'lga qo'yish uchun magnit va u bilan bog'liq hodisalar aks etdirilgan badiiy asar va kinolardan parcha aytib beriladi. Bunday parchani Beruniy asarlaridan olish mumkin. Ular haqida darslikning shu bobga kirish suhbatida aytib o'tilgan. Bunga qo'shimcha ravishda Jyul Vernning «O'n besh yoshli kapitan» asarida oshpaz Negoroning kema kompasi yoniga temir bo'lagini tiqib qo'yganligi, natijada uning strelkasi burilib, boshqa tomonga qarab qolganligi, natijada kemaning Afrikaga borib qolganligini aytib berish mumkin. Unga qiziqqan o'quvchilar romanni o'qib, Dik Send qanchalik dovyurak, mard bo'lmasin, lekin bilimi yetishmasligi oqibatida shunday aldanib qolganligini tushunib yetadilar. Bundan yoshlarni chuqur bilimlar olishga intilish hissi kuchaytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |