Tashkiliy qism. O'qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so'rash maqsadida foydalanadigan «Aqliy hujum» interfaol metodi uchun savollarni tayyorlab qo'yadi.
Uy vazifalarini tekshirish. «Aqliy hujum» interfaol metodini qo'llashda o'quvchilaiga quyidagi savollar beriladi:
Elektr kuchlanish deb nimaga aytiladi?
Elektr kuchlanish formulasi U = A/q dan A va q topish formulalari qanday ifodalanadi?
Kuchlanish birligi qilib nima qabul qilingan?
Kuchlanish qanday asbob yordamida o'lchanadi?
Voltmetr elektr zanjirdagi iste'molchiga qanday ulanadi?
Har bir savol uchun 1 minut vaqt ajratiladi. Savollar muhokamasidan so'ng, yangi mavzu bayon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |