Masalalar yechish. Bob oxirida keltirilgan I bobni takrorlash uchun savol va masalalar»dagi savollarga o'quvchilar javob beradilar, javoblar o'qituvchi tomonidan to'ldirib boriladi. Har bir savolga javob berishda tahliliy fikr-mulohazalar yuritilishiga e'tibor beriladi. Keltirilgan masalalardan birinchi navbatda yechiladiganlarini o'qituvchi tanlaydi. Faol o'quvchilar mustaqil ravishda boshqa masalalarni ham yechishlari tavsiya etiladi.
1. Bir-biridan 5 sm masofada joylashgan sharchalarning biriga —810"8 C, ikkinchisiga esa 410"8 C zaryad berilgan. Zaryadlar qanday kuch bilan tortishishadi?
Biri ikkinchisidan 1 sm uzoqlikda joylashgan ikkala sharchaga bir xil 10"8 C dan zaryad berilgan. Zaryadlar qanday kuch bilan itarishishadi?
Bir-biridan 5 sm uzoqlikda joylashgan ikkita bir xil zaryadlangan sharchalar 210"4 N kuch bilan itarishishmoqda. Ular qanday miqdorda zaryadlangan?
Ikki sharchaga bir xil 510"8 C zaryad berilgan. Zaryadlar 310"4 N kuch bilan itarishishmoqda. Sharchalar orasidagi masofani toping.
Zaryadlardan biri 4 marta orttirilganda, ularning o'zaro ta'sir kuchlari awalgidek qolishi uchun oraliq masofani necha marta o'zgartirish lozim?
Ikkita elektron orasidagi elektr itarishish kuchi ularning bir-biriga gravitatsion tortishish kuchidan necha marta katta?
Ikkita bir xil sharcha bir-biridan 10 sm masofada turibdi. Ular bir xil miqdorda manfiy zaryadga ega bo'lib, 0,23 mN kuch bilan o'zaro ta'sirlashadi. Har qaysi sharchadagi «ortiqcha» elektronlar sonini toping.
Ikkita metall sharcha shunday zaryadlanganki, ulardan birining zaryadi ikkinchisinikidan 5 marta ortiq. Sharchalar bir-biriga tekkizilib, yana awalgi masofaga surib qo'yildi. Agar sharchalar bir xil ishorali zaryad bilan zaryadlangan bo'lsa, bunda o'zaro ta'sir kuchi (modul bo'yicha) necha marta o'zgargan?
Bir xil ishorali q va 4q zaryadlar bilan zaryadlangan ikkita bir xil metall sharcha bir- biridan r masofada turibdi. Sharchalar bir-biriga tekkiziladi. O'zaro ta'sir kuchi awalgidek qolishi uchun ularni qanday x masofaga surish lozim?
10 va 16 nC zaryadlar bir-biridan 7 mm masofada joylashgan. Kichik zaryaddan 3 mm va katta zaryaddan 4 mm masofada bo'lgan nuqtaga joylashtirilgan 2 nC zaryadga qancha kuch ta'sir qiladi?
90 va 10 nC zaryadlar bir-biridan 4 sm masofada joylashgan. Uchinchi zaryad muvozanatda turishi uchun uni qayerda joylashtirish lozim?
Bir nuqtaga mahkamlab qo'yilgan, uzunliklari bir xil ipga massalari 400 mg dan bo'lgan ikkita bir xil sharcha osilgan. Ular bir xil ishorali zaryadlar bilan zaryadlandi. Bunda sharchalar bir-biridan 15 smga qochib, iplar to'g'ri burchak hosil qildi. Har qaysi sharchaning zaryadini toping.